-Mavzu: Raqamli iqtisodiyot tushunchasi




Download 152,49 Kb.
bet2/16
Sana15.01.2024
Hajmi152,49 Kb.
#138152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
I BOB ракамли экон

1-Mavzu: Raqamli iqtisodiyot tushunchasi.

    1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning ahamiyati.

    2. Raqamli iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari.

    3. Raqamli iqtisodiyotda tadqiqotlarning uslubiy jihatlari.

    4. Turli mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturlari.

    5. "Raqamli O‘zbekiston” dasturi asosida qilinayotgan ishlar.

    6. Raqamli iqtisodiyotning modeli va asosiy vazifalari.

Raqamli iqtisodiyot - xo’jalik yuritishning yangi zamonaviy shakli bo’lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish shakllriga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni, masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida maxsulot yetishtirishni va uni yetkasib berishni, turli xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
Raqamli iqtisodiyotga o’tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha qilib javob berish mumkin:
 Raqamli iqtisodiyotga o’tish deganda komp’uyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz;
 Raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko’rsatish mumkin.
 Yuqorida ko’rsatib o’tilgan texnologiyalar birgalikda “aqlli” ob’ekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog’liqni saqlash, transport ba tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyotning asosiy tamolillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsata olamiz:
1. Vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati
2. Turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati
3. Ko’ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model)
4. Global ekosistema orqali savdo qila olish imkoniyati
Raqamli iqtisodiyot, elektron bizneshamda elektron tijorat uchun zaruriy bo’lgan resurslar jumlasiga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
 Hisoblash-kommunikatsion infratuzilmalar
 Turli xildagi raqamli texnologiyalar
 Tezkor Internet tizimi
 IP bloklar
 Raqamli iqtisod sohasida tayyorgarlik ko’rgan inson resurslari
 Biznes modellar
 Intellektual on-line ishlab chiqarish
 Moliyaviy ta’minot
 Kraudsorsing va kraudfunding tashkil qilish imkoniyatlari
Raqamli iqtisodiyot risklari va muammolari
Yangi risklar va muammolarraqamli texnologiyalarni rivojlantirish va keng joriy qilish bilan bog‘liqdir va bizning fikrimizcha,ularning orasida esaquyidagilar asosiy bo’lib hisoblanadi:
 mamlakatning «raqamlisuvereniteti»ga tahdid;
 davlatning raqamli iqtisodiyotning transchegaraviy rolini qayta ko‘rib chiqish;
 xususiy hayotga daxl qilinishi/fuqarolarnipotensialkuzatish imkoniyati;
 ma’lumotlar havfsizlik darajasining pasayishi;
 past va o‘rta malakali ish o‘rinlari sonining kamayishi;
 biznes-modellar va o‘zaro aloqa sxemalari murakkablik darajasining ortishi;
 iqtisodiyotning barcha sohalarida raqobatning keskin kuchayishi;
 ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar xulq-atvor modellaridagi o‘zgarishlar;
 ma’muriy va soliq kodekslarini qayta ko‘rib chiqish zarurati.


Download 152,49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 152,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Raqamli iqtisodiyot tushunchasi

Download 152,49 Kb.