|
§1.4.TIBBIY MUASSASALARDA MA’LUMOTLAR BAZASI VA BANKI TUSHUNCHASI
|
bet | 22/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
§1.4.TIBBIY MUASSASALARDA MA’LUMOTLAR BAZASI VA BANKI TUSHUNCHASI
Dasturchilar tilida Microsoft Access - Ma'lumotlar Bazasi (MB), axborotlarini saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va to‘ldirib turuvchi hamda so‘rovlar, tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur vosita va usullarga ega bo‘lgan dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. Ma'lumotlar bazasi tuzilmasi, bu jadvallar maydonlaridan, maydonlarning turlari va xossalaridan iborat tuzilma.
MB maydonlarining xossalari.
MBning maydonlari baza tuzilmasini belgilashi bilan bir qatorda, muayyan maydonga tegishli katakchalarga yozilib boruvchi ma'lumotlar uchun umumiy bo‘lgan xossani ham aniqlab beradi.
Maydon xossasi tushunchasi MBga oid iboralar ichida yetakchi o‘rin tutadi.
Shu boisdan, maydon xossalarining asosiylarini qisqacha ko’rib o‘tamiz:
1- Maydon nomi (imya polya)
Maydon nomlari jadval ustunlarining sarlavhalari sifatida ishlatiladi.
Bu baza bilan avtomatik amallar bajarilayotgan paytda mazkur maydonning ma'lumotlariga qay tarzda murojaat etish kerakligini ta'minlovchi xossa.
2 - Maydon turi (tip polya) - berilgan maydon tarkibidagi ma'lumotlarning turini bildiradi.
3 - Maydon o‘lchami (razmer polya)- berilgan maydon katakchalariga sig’ishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarning maksimal uzunligini belgilovchi xossa.
4 - Maydon formati (format polya) - maydonga tegishli katakchalaridagi ma'lumotlarni formatlash usulini aniqlab beradi.
5 - Ma'lumot kiritish niqobi (maska vvoda) – bu xossa ma'lumotlarni kiritishning avtomatlashtirish vositasi bo‘lib, maydonga kiritiladigan ma'lumotlarni qanday shakl orqali bajarilishini aniqlaydi.
6 – Imzo (podpis) - bu jadvalda maydonga mos ustunning sarlavhasini aniqlovchi xossa.
Agar imzo alohida ko‘rsatilmasa, uning o‘rnini “maydon nomi” egallaydi.
MB MAYDONLARINING TURLARI.
Maydon turlari deganda odatda baza jadvalining maydonlariga kiritiladigan ma'lumotlar turlari tushuniladi.
Maydon turi bu alohida bayon etishni talab etuvchi maydon xossasi bo‘lib, uning ko‘rinishlari quyidagilardan iboratdir:
1- Matnli maydon (tekstovoe pole) Chegaralangan, ko‘pi bilan 255 ta belgiga teng o‘lchamdagi biror qolipga solinmagan matnlarni saqlashga mo‘ljallanmagan maydon.
2 - Sonli maydon (chislovoe pole),
haqiqiy sonlarni saqlashga mo‘ljallangan.
3 – Sana vaqt maydoni
(pole “data vremya”) - kalendar, sana va joriy vaqtni saqlovchi maydon.
4 - Pulli maydon (denejnoe pole),
pul mablag‘larning sonlardagi qiymati saqlanadigan maydon.
5 - Hisobchi maydon (schetchik),
kiritilayotganlarni tartib bilan raqamlash uchun ishlatiladigan sonlar maydoni.
6 - Gipermurojaat maydoni (pole“giperssiylka”),
Internet Web – obyektlarining URL manzillarini saqlashga mo‘ljallangan maxsus maydon. Undagi qayd qilinganlar gipermurojaatlardan iborat.
MBBT - Ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimiga murojaat etuvchilarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin:
- foydalanuvchilar guruhi
- loyihalovchilar guruhi.
Loyihalovchilar - MBdan foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan holda MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yaxshilash ustida ishlaydi.
Foydalanuvchilar - MBBTga murojaat etuvchilar vakillari loyihalanib bo‘lgan MBni to‘ldirish va ma'lumotlarga kirish huquqiga egadirlar xolos.
(Foydalanuvchilar MB tuzilmasini boshqarishga, o‘zgartirishga haqli emaslar)
MBBTning asosiy obyektlari.
Obyekt deganda, qo’llanilishi nuqtayi nazaridan o’zi bilan bir butunlikni ifoda etuvchi mavjudlik tushuniladi.
Microsoft Access MB fayli doirasida quyidagi “obyekt”lardan foydalaniladi:
«obyekt»
1 - “Tablitsa - jadvallar”;
2 - “Zapros - so‘rovlar”;
3 - “Forma - shakllar”;
4 - “Otchet - hisobotlar”;
5 - “Stranitsa - ma'lumotlarga kirish sahifalari”.
1 - Tablitsa (Jadvallar). - MB sidagi barcha ma'lumotlar jadvallarda saqlanadi.
2 – Zapros (So‘rovlar). - Kerakli ma'lumotlarni, MB si jadvallaridan foydalanuvchiga qulay tarzda tanlab beruvchi vositadir.
3 – Forma (Shakllar). - MBga yangi ma'lumotlarni kiritish, hamda mavjudlarini ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan vositadir.
4 – Otchet (Hisobotlar). - Hisobotlar, bazadagi ma'lumotlarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiladi.
5- Stranitsi (Ma'lumotlarga kirish saxifalari).- Bu obyekt, Web – saxifada joylashadi va u bilan birga foydalanuvchiga uzatiladi.
Microsoft Access dasturi bilan ishlash
Microsoft Accessning ixtiyoriy obyekti bilan ishlash, <
|
| |