|
- uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining butunligini, shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini nazorat qilish
|
bet | 83/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
- uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining butunligini, shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini nazorat qilish;
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining yuridik jihatdan ahamiyatli elektron identifikatsiyalash tizimini yaratish;
- tizim sub’ektlarining axborot o‘zaro ishlashida xavfsizlik va foydalana olishning ajratilishini ta’minlash;
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining elektron raqamli imzo kalitlarini boshqarish tizimini yaratish.
Elektron to’lov tizimi – bu umumiy to’lov tizimlarining bir ko’rinishi bo’lib, elektron to’lovlarni tarmoq yoki chip orqali tranzaktsiya (ingl – transaction, lot. transactio – kelishuv, shartnoma) operatsiyasini amalga oshiradi.
Elektron pullar – elektron to’lovlarning asosi sifatida pul, tovar va xizmatlar muamolasini faollashtirilishiga katta ta’sir o’tkazadi.
1980 yillarda- muamolaga ilk bor magnit va debet kartalar kiritilib, fiat (naqd) pullar elektron tizimga o’tkazila boshlandi.1990-yillardan boshlab elektron to’lov umumiy to’lov tizimining jiddiy elementiga aylanib, pul miqdorini o’zida saqlovchi smart-kartalarmuomalaga kiritildi. Magnit va smart-kartalar naqd pullarni to’liq almashtirmagan bo’lsada, kartalardagi pul miqdori sezilarli darajada ko’paya boshladi.Elektor to’lovlar pul muamolasidagi xarajatlarni kamaytirishda, kartalar egalariga tezkorlik, qulaylik va anonimlikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etdi.
Elеktron pul birliklari.
WMY – O’zbеkiston zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun UZSning Y-hamyondagi ekvivalеnti.
WMR – rubl zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun RURning R-hamyondagi ekvivalеnti, WMR opеratsiyalarining kafili bo’lib WebMoney Transfer ning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MChJ xizmat qiladi.
WMZ – AQSh dollarida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyondagi ekvivalеnti.
WME – ЕVRO da opеratsiyalarni amalga oshirish uchun EURning E-hamyondagi ekvivalеnti, WMZ va WME opеratsiyalarining kafili bo’lib Amstar Holdings Limited, S.A. xizmat qiladi.
WMU – Ukraina zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun UAHning U-hamyondagi ekvivalеnti, WMU opеratsiyalarining kafili bo’lib “Ukrainskoе Garantiynoе Agеntstvo” MChJ xizmat qiladi.
WMB – Bеllorusiya zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun BYRning V-hamyondagi ekvivalеnti.
WMG – 1 gramm oltinning G-hamyondagi ekvivalеnti.
WBC va WMD – WMZningn S va D hamyonlardagi krеdit opеratsiyalari uchun ekvivalеnti.
Dasturiy ta’minot o‘z ichiga Sertifikatlashtirish markazi va ma’muriy boshqaruvni oladi. Sertifikatlashtirish markazining serveri ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi funksiyalarining kompleksini ta’minlaydi va ERI ochiq kalitlari sertifikatlarining muhofazalangan saqlash joyidan iborat. Ma’muriy boshqaruvning dasturiy ta’minoti o‘z funksiyalarini bajarishlari uchun Kalitlarni ro‘yxatga olish markazini uzoqdan turib boshqarilishini ta’minlaydi. 2000-yillarga kelib elektron pullar elektron tijoratda eng asosiy rolni bajarishni boshladi. AQSH Federal Rezerv bankining Maslahat Kengashi elektron pulga “elektron shaklga o’tkaziladigan pullar” deb tushuncha berdi. Elektron pullar standart bank hisob-raqami shaklidagi bank yoki moliya institutining kafolatiga ega bo’ldi. Aynan shu davrda dasturiy paketlar shakllangan. 2010-yillarda yangi Bitcoin nomli piring (ingl. peer-to-peer, P2P – tengma-teng) pul tizimi yaratildi. Bunda R2R texnologiyasi qo’lliniladigan, nazoratchi organ, markaziy bank yoki pressing markazlar aralashmagan, tranzaktsiya va pul emissiyasi tarmoq ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan jamoaviy harakat sodir etiladi. Bu kriptovalyutaning odatiy elektron puldan yana bir farqli jihati shundaki, u birorta ham mamlakat valyuta tizimiga bog’lanmagan. Hozirgi kunda elektron pul tizimlari naqdsiz pulni muomala qilishning eng ommabop turiga aylandi. Yirik davlatlar butun dunyoga tarqalgan va ommaviy tusga ega bo’lgan elektron pul muamolasi bilan bog’liq bank kartalarni chiqarishgan. Dunyodagi eng mashhur, kredit va debet bank kartalari bilan ishlaydigan tizimlar bu: VISA, MasterCard, VISA Electron va Maestrodir.
VISA kartalari bo’yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSH dollarni tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinadi. Dunyoda to’lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% ni tashkil qiladi.MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to’lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning Nyu-York shahrida joylashgan.
Еlektron to’lov tizimlarni boshqacha qilib fiatsiz elektron pullar deb ham atashadi. Bular qatoriga yana quyidagi tizimlarni kiritish mumkin: EasyPay, OKPAY, RBK Money, Dengi@Mail.Ru (QIWI- 100% sotib olgan), SKRILL, Kripto valyutalar, Bitcoin, Litecoin, Eleksnet, PayQR, Perfect Money, PayPal, Moneybookers va boshqalar.
O’zbekistonda elektron pulni tranzaktsiyasi bilan shug’ullanadigan, aholi o’rtasida keng tarqalgan tizim bu Click.uz dir (Paynet va Uzcarddan tashqari). Undagi to’lovlar uyali telefon tarmog’i orqali amalga oshiriladi. Shunday tizimlardan yana biri UPAY to’lov tizimidir. Bu to’lov tizimi 2010 yilda O’zbekiston Savdo-sanoat Palatasi, ATB “Mikrokreditbank” va «Beeline» uyali telefon operatori hamkorligida yaratilgan va boshida «SMS-TO’LOV» degan nom olgan edi. Ishlash prinsipi Click.uz tizimiga o’xshash. Ushbu to’lov tizimlari orqali hozirgi kunda telefon, kommunal, internet xizmatlari, soliq, sug’urta to’lovlari, temir yo’l va avia-chiptalariga buyurtmalar berish operatsiyalarini amalga oshirish mumkin. Mamlakat hududida nnternet banking operatsiyalarini amalga oshiradigan yangi tizimlardan bitta bu WEBSUM.UZ tizimidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
- uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining butunligini, shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini nazorat qilish
|