|
Qishloq aholi manzilgohlarini o`lchami bo`yicha tavsiflash. 28.08.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi
|
bet | 37/39 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 170,12 Kb. | | #137107 |
Bog'liq Hududlarni rivojlantirish nazariyalariQishloq aholi manzilgohlarini o`lchami bo`yicha tavsiflash. 28.08.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi O‘RQ-635-son Qonuni.
Ushbu Hujjat 24 yil oldin qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi Qonunning yangi, yanada to‘liq, batafsil yoritib berilgan tahriridan iborat.
YAngi qonunning farqli jihatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, alohida moddada asosiy tushunchalar shakllantirilgan, unda mamlakatning ma’muriy-hududiy birliklari tizimi (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aks ettirilgan:
a) shaharlar:
respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar – strategik ahamiyatga, yirik sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari;
viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar – aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 30 ming kishi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyatga, rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari;
tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar – aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 7 ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan aholi punktlari;
b) tumanlar – viloyatlar yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo‘lgan ma’muriy hududiy birliklar. SHaharlardagi tumanlar – shaharlar hududida joylashgan, aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 20 ming kishi bo‘lgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan qismi;
v) shaharchalar – aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 2 ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qishloq aholi manzilgohlarini o`lchami bo`yicha tavsiflash. 28.08.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi
|