|
-Mavzu. Hududlarda shahar va qishloq manzilgohlarining joylashuvi.(2soat)
|
bet | 34/39 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 170,12 Kb. | | #137107 |
Bog'liq Hududlarni rivojlantirish nazariyalari12-Mavzu. Hududlarda shahar va qishloq manzilgohlarining joylashuvi.(2soat)
Reja.
Shahar aholi manzilgohlari va ularning xududlarda joylashuvi. Aglomyeratsiyalar va megalopolislar.
Qishloq aholi manzilgohlari joylanishi va ixtisoslashishi.
Qishloq aholi manzilgohlarini o`lchami bo`yicha tavsiflash. «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi O‘RQ-635-son Qonuni.
1. Shahar aholi manzilgohlari va ularning xududlarda joylashuvi. Aglomyeratsiyalar va megalopolislar.
Shaharlar yirik aholi manzilgohlari bo`lib, unda yashaydigan kishilar qishloq xo`jaligi bilan band bo`lmasdan, boshqa ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy sohalarda shug‘ullanishadi. Shaharlar turli makon va zamonlarda iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqaruv markazi rolini o`ynagan. Shahar aholi manzilgohlari o`lchami jihatidan yirik va unda yashovchi aholi, qishloq aholi manzilgohlaridagiga nisbatan ko`p sonliligi hamda zichligi bilan tavsiflidir. Shaharlarning qudrati ularda mujassamlangan iqtisodiy, intellektual va demografik salohiyat bilan belgilanadi.
Dunyo miqyosidagi shaharlarni aholiyligiga ko`ra maqom berishda aniq chegaralangan bir xil miqdordagi senz mavjud emas. Har bir davlatdagi shaharlar bajaradigan funksiyasi va aholi manzilgohlarining roli va aholi soniga qarab ajratiladi. Masalan, Daniya va Islandiyada aholisi 200 kishi va undan ko`p bo`lgan aholi manzilgohlari shahar, deb ataladi. Bundan tashqari Yaponiyada–30 mingdan oshiq, Nidyerlandiyada 20 ming, Turkiyada – 10 ming, Hindiston va Pokistonda – 5 ming, Meksikada – 2,5 ming, Fransiyada 2 ming, AQSHda 2,5 ming, Xitoyda 3 ming, Germaniyada 5 ming kishi va undan ko`p aholi yashaydigan aholi manzilgohlari shahar qatoriga kiritiladi. Rossiyada – 12 ming, O`zbekistonda esa 7 ming aholisi bor punktlap shahar hisoblanadi. Ammo, dunyoda shunday aholi manzilgohlari borki, ular faqat ma‘muriy markaz bo`lganligi bois shahar, deb nomlanadi. Chunonchi, ayrim mamlakatlardagi barcha aholi manzilgohlarining ma‘muriy markazlari, poytaxtlari shaharlar sirasiga kiritiladi. Masalan, Jazoir, ekvador shular jumlasidandir.
Aholi manzilgohlari shaharga aylanishida ularning iqtisodiy salohiyati, funksiyasi ham muhim mezonlardan biri. Shahar aholi manzilgohlarida yashovchilar qishloq xo`jaligi tarmoqlarida band bo`lmasligi yoki juda kam sonlini tashkil etishi kerak. Masalan, Rossiya shaharlaridagi aholining atigi 15 foizga yaqini qishloq xo`jaligida band bo`lishi mumkin. Hindistonda esa mehnatga layoqatli erkaklarning 3/4 qismi qishloq xo`jaligida band bo`lmagan aholi manzilgohlarida yashasa bunday punktlar shaharlar sifatida qabul qilinadi.
O`zbekistonda ishchi, xizmatchi va ularning oila a‘zolari shahar aholisining 2/3 qismidan ko`prog`ini tashkil etishi hamda bunday aholi manzilgohlarida sanoat korxonalari (og`ir industrial), kommunal xo`jalik tashkilotlari, davlat uy-joy fondi, o`quv yurtlari, madaniy-ma‘rifiy, tibbiy, savdo va maishiy xizmat ko`rsatish muassasalari mavjud bo`lishi lozim. Bu mezon ham barcha davlatlarda bir xil emas.
Sobiq SSSR davrida aholi manzilgohlariga shahar maqomini berish bo`yicha bir qator qonun-qoidalar qabul qilingan. Bunday qonun-qoidalar ayrim respublikalarda o`zaro farq qilar edi. Masalan, Ukrainada aholi soni shaharlar uchun 10000, shahar tipidagi posyolkalar (SHTP) uchun 3000 kishi qilib belgilangan. O`zbekistonda esa bu ko`rsatkich tegishlicha 7000 va 2000 kishini tashkil etadi.
Aholi punktida istiqomat qiluvchilarning ko`pchilik qismi mehnatning qanday turi bilan bandligi darajasi ham shaharcha maqomini berishda muhim belgilaridan hisoblanadi. Chunonchi, Gruziyada ham, Turkmanistonda ham aholi punkti shahar maqomini olishi uchun, u yerda 5000 kishidan kam bo`lmagan aholi istiqomat qilishi kerak. Lekin, Gruziyada aholining 75% dan ortig`i ishchi, xizmatchi va ularning oila a‘zolaridan iborat bo`lishi talab etilsa, Turkmanistonda buning uchun 66 % aholi kifoya.
Shahar aholi manzilgohlarining shahar, deb nomlanishida unda yashovchilar miqdori ham muhim ko`rsatkichlardan biridir. Mamlakatlar, mintaqalar aholisining hududiy tarkibida shahar aholisining va shaharlarning o`sib borishi – urbanizatsiya jarayonining rivojlanishiga olib keladi.
|
| |