4. K o‘p hujayrali organizrrming faolligi uning hujayralari faol-
ligi va o‘zaro bir-biri bilan munosabatda bo‘lishi orqali ta’minlanadi.
Bunga asosan, organizm - hujayralar to 4dasi emas balki o‘zaro mu-
loqotda bo‘Igan hujayralar yig‘indisi y a ’ni tizimidir. Unda har bir
hujayraning faolligi qo‘shni hujayralar faoliyatiga bog'liqdir. M a
salan, eritrotsitlar organizmdagi barcha hujayralarni kislorod bilan
ta’minlaydi. Neyronlar nerv zanjirini hosil qiladi, sekret bezlari hu
jayralari gormon ishlab chiqaradi.
Hujayralarda yuzaga keladigan bunday differensiatsiyalar
negizida
genlardagi faollik katta ahamiyatga ega. Zigotadagi hosil bo‘layotgan
hujayralar barchasi bir xil tabiatlidir. Lekin organogenez bosqichida
ulaming difterensiatsiyasi boshlanadi. DNK da joylashgan genlar o‘zlarida
turli ma’lumotlarani tutadilar: nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish,
eshitish. Embrionda hujayralar hosil bo‘layotganda qaysi gen qismi faol
bo‘lsa shu vazifani bajarishga moslashgan hujayra yuzaga keladi.
5. Hujayraviy tuzilish irsiy axborotning saqlanishi, ko‘payishi,
uzatilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi.
XX - asming boshlari sitologiya fanining rivojlanishida uyg‘onish
davri bo‘ldi. 1876 - yilda Eduard Van Beneden bo‘linayotgan jinsiy
hujayralarda hujayra markazini aniqlaydi.
1890 - yilda Rixard Altman mitoxondriyalami ta’riflab,
ulami
bioblastlar deb ataydi.
13
1898 yilda Kamillo Golji hujayralarda to‘rsimon tuzilma - dik-
tiosomalami aniqlaydi bu tuzilma keyinchalik uning nomi bilan Golji
kompleksi deb atalgan.
1898 - yilda Karl Benda xromosomalarni ta ’riflaydi.
XX asming 1932 yilida Maks Knoll va Ernst Ruskalar tomoni
dan elektron mikroskop yaratalishi sitologik tadqiqotlarning keng
k o ‘lamda olib borilishiga imkon berdi.
1950 - yillarga kelib xromosomaning mikroskopik tuzilishi, m i
toz va meyoz boMinishlarning xususiyatlari o ‘rganildi. Ana shu asos-
da hujayra molekulyar jihatdan o ‘rganila boshlandi.
1953 - yilda Jeyms Uotson va Frensis
Kriklar tomonidan jahon
fanida mashhur bo‘lgan kashfiyot - DNK ning tuzilish modeli yaratildi.
1956 - 1960 yillarda odam hujayrasidagi xromosomalarning
o‘rganilishi va bir qator sitologik usullarining takomillashi bu fan
ning taraqqiyoti uchun katta manba bo‘ldi.
0 ‘zbekistonlik olimlar ham sitologiya fanining rivojlanishiga
o‘zlarining munosib hissalarini qo'shdilar. Akademik J.X. Xami-
dov rahbarligida endokrin bezlar va neyronlarga radiatsiya ta’sirida
bo'ladigan morfofiziologik o ‘zgarishlarini zamonaviy ilmiy usullar
yordamida o ‘rganilgan. Akademik B.O. Toshmuxamedov hujayra
membranasining tuzilishi va funksiyalariga
doir tadqiqot ishlarini
olib borib, bir qator yangi m a’lumotlami qo‘ga kiritdi.
G ‘o ‘za genetikasi va sitologiyasi sohasining rivojlanishi uchun
o‘z hissasini qo ‘shgan 0 ‘zbekiston olimlaridan akademiklar A.A.
Abdullayev, D.A. Musayev, professor S.M. Rizayeva va biologiya
fanlari nomzodi V.R Klyatlar 2011 yilda I - daragali Davlat muko-
fotiga sazovor bo‘ldilar.
Keyingi yillarda hayvon genlarinini boshqa urugMangan tuxum
hujayraga m ikroin’eksiya usuli bilan o ‘tkazish, irsiyat omilaridan foy-
dalanib irsiy kasalliklami y o‘qotish va hayvon
zotlarini tanlash ham-
da hujayra injeneriyasiga oid ilmiy tadqiqotlar sohasini o ‘rganishga
doir tadqiqotlar olib borilmoqda.
XXI asrda sitologiya molekulyar biologiya usullari asosda rivo-
jlanib, biologiya fanlarining yangi tarmoqlari: genomika, proteomika,
bioinformatika kabilami taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda.
Fanda to ‘plangan m a’lumotlarga asoslangan holda hozirgi kunda-
gi