UO‘K 253.562.8
КВК 652.9
H.U.Halbekova, I.A.Abdulov.
Hujayra biologiyasi. Darslik.
-Т.: “Universitet” nashriyoti, 2 0 1 9 .-2 1 6 b.
Ushbu darslik Biologiya yo'nalishi bo‘yicha 5141000-
Biologiya
ta’lim yo'nalishida tahsil oluvchi bakalavrlar uchun m o‘ljallangan.
Shuningdek, bu darslikda Genetika mutaxassisligi bo‘yicha ta ’lim
olayotgan magistr va tadqiqotchi-izlanuvchilar ham foydalanishlari
mumkin.
M as’ul muharrir:
akademik
J.S.Sattarov
Taqrizchi:
0 ‘zRFA “0 ‘simlik va hayvonot olami genofondi” instituti, b.f.d.
Duschanova G.M.
Darslikda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta-maxsus ta’lim
vazirligining 2017-yil 24-avgustdagi 603-sonli buyrugliga asosan
nashrga tavsiya etilgan.
©VNESHINVESTPROM, 2019
2
S O ‘Z B O S f f l
“Hujayra biologiyasi” fani organizmning asosiy tarkibiy qis
mi -hujayralaming mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishini
o ‘rganishga bag‘ishlanadi. Talabalar bu fanni o ‘rganish bilan pro-
kariot va eukariot hujayralaming tuzilishi asoslari va xususiyatlari,
hujayraning bo‘linishi,
hujayra evolyutsiyasi, bir-biriga bog‘lagan
holda tasvirlab berishi mumkin. Shunday qilib, hujayra biologiyasi
fani malakali biologlar umumbiologik tayyorgarligidagi asosiy poy-
devorlardan biri hisoblanadi.
“Hujayra biologiyasi” fanini o ‘qitishdan ko‘zlangan maqsad tala-
balarga organizmning asosiy tarkibiy qismi - hujayra to ‘g ‘risida har
tomonlama va chuqur bilim berishdan iborat. Ushbu fan talabalami
prokariot va eukariot hujayralaming tuzilishi asoslari, hujayralam
ing tuzilishi va xususiyatlari, hujayra evolyutsiyasi bilan tanishtiradi.
Bulardan tashqari eukariot hujayralaming
kompartmentaliz jarayon-
lari, ularning yuzaga kelishi va o ‘zaro bog‘liq!igi, hujayralaming turli
-tumanligi, tuzilishi bilan faoliyati o ‘rtasidagi bog‘liqlik singari bil
im lami umumlashtirishni ko‘zda tutadi.
“Hujayra biologiyasi” fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanadi.
Chunki hamma tirik mavjudotlaming tuzilish birligi bo‘lgan hu
jayraning tuzilishini o ‘rganmay turib, boshqa biologiya sohasidagi
fanlami egallab bo'lmaydi. Shuning uchun bu fan o ‘quv rejasida
rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, informatika
va axborot texnologiyalari, biometriya, fizika,
anorganik va analitik
kimyo, organik kimyo, fizik va kolloid kimyo), umumkasbiy (zo-
ologiya, botanika, gistologiya, genetika, individual rivojlanish bi
ologiyasi, biokimyo, mikrobiologiya, o ‘simliklar, odam va hayvonlar
fiziologiyasi,
biofizika, biotexnologiya, evolyustion ta’limot) va ixti-
soslik (gidrokimyo, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va marketing
xizmati, baliqlar kasalliklari) fanlarini o ‘zlashtirishda bu fandan yet-
arli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
“Hujayra biologiyasi” fani yutuqlarining tibbiyot sohasida
qo‘llanishini ta ’min etish, jumladan, odamda uchraydigan kasal-
liklami hujayra miqyosida o‘rganish,
ulaming hujayralarda kelib
chiqish sabablarini bilish muhira ahamiyat kasb etadi. Stitologik va
gistologik tahlil usullari yordamida tibbiyot oldida turgan muhim
3
muammo saraton kassaligining kelib chiqish sabablari va uning old
ini olish yo‘llarini ishlab chiqish lozim. Bu esa inson salomatligini
saqlash va iqtisodiy yordam uchun muhim tadbirlardan biri hiso
blanadi. Talabalami “Hujayra biologiyasi” fanini o ‘zlashtirishlari
uchun o ‘qitishning ilg‘or va za-monaviy usullaridan foydalanish,
yangi informastion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim
ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o ‘quv va uslubiy
qo41anmalar, m a’ruza matniari,
tarqatma material lar, elektron mate-
riallardan foydalaniladi. Fanning o ‘qitish turlari dasturda ko‘rsatilgan
mavzular m a’ruza, amaliy mashg'ulotlar shaklida olib boriladi. Shun
ingdek atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga
mustaqil ish mavzulari ham beriladi. M a’lumotlar koTgazmali o ‘quv
qurollari, multimedia, mikroskop, total va kesmali preparatlar yor
damida olib boriladi. M a’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos
ravishda fanning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanilgan holda olib
boriladi: “Aqliy xujum”, “Klaster”, “FSM U”, “Diskussiya” usullari
qo‘llaniladi.
Talabalar
hujayra va uning tuzilishi, hujayra stitoplazmasin-
ing tarkibi, submikroskopik tuzilishi, hujayra organellalari, ularn
ing tuzilishi va vszifalarini, xromosoma va uning hujayra b o ‘linishi
jarayonida morfologik o ‘zgarishlar hosil bo‘lishi, yadroning vazi
fasi, boMinishi, interfaza va ishchi holatlari, hujayraning oddiy va
murakkab bo‘Iinishlari, hujayraning qayta
tikJanishi kabi stitologiya
fanining muhim qismlarini bilishlari lozim. Bulardan tashqari, ular
mikroskopning tuzilishi, mikrotexnika usullarini, mikropreparatlar
tayyorlash, ulami bo‘yash, rasmini chizish, mikrofotografiya texni-
kasi kabi ishlar bo‘yicha kocnikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Talaba
lar tomonidan “Hujayra biologiyasi” fanini chuqur o‘rganish, o ‘quv
dasturidagi nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtira olishlari ker
ak. Bu kursni o‘zlashtirish uchun talabalar fizika, kimyo,
evolyutsion
ta’limot va o ‘rta maktab hajmidagi umumiy biologiyadan bilimlarga
ega b o‘Iishlari zarur.
4