I – kimyodan asosiy tushunchalar




Download 0.92 Mb.
bet19/31
Sana20.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#42965
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
1-kitobcha
6 Mavzu, Hozirgi vaqtda viruslarni yo, Scan 05 fev 23 18·22·46, 63a15003dce33, Rangni tasvirlovchi modellar, 9-May Xotira va qadrlash kuni ssenari, 0cebfd74-7700-4866-a0b6-19ddde94e95d (1), УЧЕНИЕ О РАЗВИТИИ, 5- sinf I variant, 1701399, mustaqil talim 2, 1.Yuzi, fishka
Avogadro qonuni. Gazlar.

1. (96-5-3). Avogadro qonuni qanday ta’riflanadi?


A) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalar massasiga hamma vaqt teng bo’ladi
B) har qanday murakkab moddaning tarki­bi, qaysi usul bilan olinishidan qat’iy nazar, bir xil bo’ladi
C) reaksiya uchun, olingan gazlarning va hosil bo’lgan gazlarning hajmlari o’zaro butun sonlar nisbati kabi bo’ladi
D) 1 mol har qanday gaz normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi
E) bir xil sharoitida turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi

2. (99-6-38). Avogadro qonunining to’g’ri ta’rifini ko’rsating.


A) Har qanday gazning 1 mol miqdori ayni sharoitda bir xil hajmni egallaydi.
B) Normal sharoitda gazning molyar hajmi 22,4 ga teng.
C) Bir xil sharoitda gazlarning zichligi ularning molyar massalari nisbati kabi bo’ladi.
D) Bir xil sharoitda bir xil hajmdagi gazlarning molekulalar soni bir xil bo’ladi.

3. (96-5-4). N.sh. da quyida keltirilgan gazlardan qaysi biri 5,6 litr hajmini egallaydi?


A) 16 g SO2 B) 17 g NH3 C) 35,5 g Cl2
D) 32 g O2 E) 14 g CO

4. (97-3-2). N.sh. da o’lchangan 1,12 l ammiakning massasi necha grammga teng?


A) 0,85 B) 0,95 C) 1,05 D) 1,25 E) 1,5

5. (97-3-7). Ammiakning 3,4 grammi n.sh.da qanday hajmni (litr) egallaydi?


A) 4,48 B) 6,72 C) 5,6 D) 2,8 E) 6

6. (99-10-1). Quyida keltirilgan moddalarning qaysilari-da molekulalar soni bir xil?


1) 1 g azot bilan 1 l uglerod (IV) oksid;
2) 1 mol azot bilan 1 mol uglerod(IV) oksid;
3) 2 l azot bilan 1 l uglerod (IV) oksid;
4) 28 g azot bilan 44 g uglerod(IV) oksid
A) 2 va 4 B) faqat 2 C) 1 va 4
D) 3 va 4 E) 1 va 3

7. (99-10-9). Ballonga 0,5 kg siqilgan vodorod sig’adi. Shuncha vodorodning n.sh. dagi hajmini (m3) aniqlang.


A) 56 B) 3,6 C) 4,6 D) 5,6 E) 0,56

8. (97-11-108). Molekulalar soni o’zaro bir-biriga teng bo’lgan moddalar qatorini aniqlang.


A) 1g azot, 1g uglerod(IV) oksid, 1g kislorod
B) 1g kislorod, 1g yrlepod(IV) oksid, 1 l azot
C) 1 l azot, 1 mol uglerod(IV) oksid, 1g kislorod
D) 1 l azot, 1 l uglerod(IV) oksid, 1 l kislorod
E) 1 mol azot, 1 l uglerod(IV) oksid, 1g kislorod

9. (96-1-1). Bir xil sharoitda bir xil hajmli idish-larda vodorod, xlor, azot, kislorod va uglerod (IV)-oksid berilgan. Qaysi gazli idishning og’irligi eng yuqori?


A) vodorod B) xlor C) azot D) kislorod

10. (96-15-3). Gazning molyar hajmi deb nimaga aytiladi?


1) bir xil sharoitda turli gazning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi;
2) har qanday gazning bir moli normal sharoitda 22,4 litr hajmni egallaydi;
3) reaksiya uchun olingan gazlarning hamda reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlarning hajmlari o’zaro butun sonlar nisbati kabi bo’ladi;
4) har qanday gazning bir mol miqdorida 6∙1023 ta moleku­la bo’ladi;
5) har qanday murakkab moddaning tarkibi qaysi
usul bilan olinishidan qat’iy nazar bir xil bo’ladi.
A) 3 B) 1 C) 4 D) 5 E) 2
11. (96-15-4). N.sh. da quyida keltirilgan gazlardan qaysi biri 11,2 litr hajmni egallaydi?
A) 32 g C2H6 B) 30 g CH4 C) 20 g SO3
D) 17 g H2S E) 7g N2

12. (97-11-198). 11,2 l NH3 necha (g) og’irlikka ega?


A) 8,0 B) 8,8 C) 8,5 D) 8,3 E) 9

13. (96-13-2). Tartib nomeri 1 dan 5 gacha bo’l-gan idishlarda quyidagi gazlar (tartib nomerlari-ga mos holda) CO2, O2, NO, H2 va Cl2 to’ldiril-gan. Idishlar hajmi va sharoit bir xil bo’lsa qaysi idishdagi gazning massasi kichikroq?


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 5

14. (97-2-35). Normal sharoitda 1 l gaz 1,25 g massaga ega bo’lsa, uning molyar massasini (g) toping.


A) 22,4 B) 25 C) 28 D) 14 E) 12,5

15. (99-3-35). N. sh. da har qanday gazning 1 m3 da mollar soni qancha bo’ladi?


A) 44,9 B) 41,7 C) 45,3 D) 43,5 E) 44,6

16. (97-11-151). 250 ml gaz (n.sh.) 0,715 g kela-di. Shu gazning molekulyar massasini toping.


A) 62 B) 60 C) 65 D) 64 E) 66

17. (97-11-153). Qaysi gazlarning aralashmasi 5,6 l (n.sh.) hajmni egallaydi?


1) 0,2 mol kislorod 2) 0,1 mol vodorod
3) 0,3 mol azot 4) 0,3 mol vodorod
5) 0,05 mol kislorod 6) 0,22 mol azot
7) 0,1 mol azot
A) 1,2 B) 3,5 C) 4,6 D) 1,5 E) 5,7

18. (96-8-1). N.sh. da 2,8 g azot necha litr hajmni egallaydi?


A) 2,8 B) 2,24 C) 4,48 D) 0,24 E) 5,6

19. (03-12-2). Normal sharoitda 1 l azotning va 1 l ammiakning massasini (g) toping.


A) 1,25; 0,76 B) 1,25; 1,78 C) 1; 1 D) 2,25; 2,775 E) 28; 17

20. (96-10-3). Normal sharoitda 1 litr havodagi molekulalar soni nechta?


A) 0,27·1023 B) 0,54 ·1023 C) 1,08 ·1023
D) 1,5 ·1023 E) 3,01 ·1023

21. (01-11-18). Bir xil sharoitda hajmlari teng bo’lgan argon va ozonning massa nisbatlarini toping.


A) 1:1,6 B) 1:1,2 C) 1:4,8 D) 1:3,2 E) 1:0,8
22. (99-2-29). Tarkibida 2,4 ·1023 ta ftor atomi bo’lgan gazning hajmini (l) aniqlang.
A) 2,24 B) 4,48 C) 6,72 D) 8,96 E) 11,2

23. (99-2-30). Gazning 0,448 l hajmi (n.sh) 0,88 g keladi. Bu qaysi gaz bo’lishi mumkin?


1) kislorod 2) azot 3) etan 4) propan
5) argon 6) propin 7) uglerod (IV) oksid
A) 1 B) 2 va 3 C) 4 va 7 D) 7 E) 5 va 6

24. (96-3-6). 12,04 ·1024 ta kislorod atomlari (n.sh.) da qanday hajmni(l) egallaydi?


A) 112 B) 134,4 C) 224 D) 448 E) 672

25. (97-10-2). 1,5 mol, 96 g, 6,02 ·1023 atom va 1,2 ·1024 molekula kislorodga to’g’ri keladigan va normal sharoitda o’lchangan hajmlar (l) keltirilgan qatorni ko’rsating:


A) 22,4; 67,2; 22,4; 44,8
B) 33,6; 67,2; 11,2; 44,8
C) 33,6; 67,2; 22,4; 44,8
D) 44,8; 22,4; 11,2; 44,8
E) 33,6; 67,2; 22,4; 11,2

26. (01-12-2). 2,7 ·1022 ta gaz molekulalari (n.sh.da) qanday hajmni (l) egallaydi?


A) 5 B) 3 C) 1 D) 7 E) 10

27. (01-6-17). Odatdagi sharoitda quyidagi moddalardan qaysi birining 1 l da eng ko’p sondagi molekula bo’ladi?


A) vodorod B) kislorod C) suv bug’i
D) ammiak E) vodorod xlorid

28. (01-5-34). Bir xil sharoitda olingan ikki gaz azot (IV) oksid va neondan har qaysisining hajmi 672 l bo’lsa, berilgan hajmdagi bir gazning atomlar soni ikkinchi gazning atomlar sonidan necha marta ko’p?


A) 2 B) 3 C) 1,5 D) 2,5 E) 4

29. (02-8-16). Massasi berilgan quyidagi gazlarning qaysilari bir xil sharoitda teng hajmni egallaydi?


1) 8 g O2 2) 8,5 g NH3 3) 11g CO2
4) 1g He 5) 22 g CO2 6) 5,6 l NH3 7) 0,25 g H2 8) 7 g N2
A) 1,3,4,7,8 B) 1,3,5,6,8 C) 2,4,6,7,8
D) 1,3,5,7,8 E) 1,3,4,6,8

30. (02-8-36). Bir xil sharoit va bir xil massada olingan qaysi gazning hajmi eng katta bo’ladi?


A) sulfit angidrid B) vodorod sulfid
C) kislorod D) karbonat angidrid
E) xlor
31. (98-10-3). Qaysi gazning diffuziya tezligi (bir xil temperatura va bosimda) sekinroq bo’ladi?
A) vodorod B) geliy C) azot
D) kislorod E) karbonat angidrid

32. (99-10-7). Vodoroddan 14 marta og’ir bo’lgan gazlarni aniqlang.


A) kislorod va azot B) azot va etilen
C) asetilen va azot D) havo va etilen
E) etilen va etan

33. (99-10-8). Havodan yengil gazlar qatorini aniqlang.


A) vodorod, azot, etilen, ftor
B) vodorod, etilen, ammiak, etan
C) vodorod, is gazi, ammiak, asetilen
D) azot, is gazi, vodorod, azot(II) oksid
E) vodorod, uglepod (IV) oksid, is gazi, ammiak

34. (99-10-10). Geliyning zichligi (n.sh.da) 0,178 g/l. Shunga asoslanib, 2 mol geliyning massasini aniqlang.


A) 10 B) 2 C) 4 D) 6 E) 8

35. (99-10-11). Kisloroddan ikki marta og’ir va ikki marta yengil gazlarni aniqlang.


A) sulfit angidrid; metan
B) sulfat angidrid va metan
C) oltingugurt(IV) oksid va etan
D) vodorod sulfid; sulfit angidrid
E) vodorod sulfid; metan

36. (99-10-12). n-butanning – C4H10 havoga nisbatan zichligini aniqlang.


A) 1,5 B) 2 C) 3 D) 2,5 E) 4

37. (97-11-106). Moddaning vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng, uning tarkibidagi elementlar: azot 63,63%, kislorod 36,37% miqdordadir. Shu moddaning molekulyar formulasini aniqlang.


A) azot(II)oksid B) azot(IV)oksid
C) azot(III)oksid D) azot(I)oksid
E) azot(V)oksid

38. (00-3-2). Noma’lum gazning xlorga nisbatan zichligi 3,127 ga teng. Shu gazning neonga nisbatan zichligi qanday?


A) 11,1 B) 12,8 C) 9,9 D) 10,3 E) 13,4

39. (97-11-186). Vodorod va uglerod atomlari-dan tashkil topgan moddaning ammiakka nisba-tan zichligi 1,65. Gazning formulasini aniqlang.


A) C8H10 B) C2H4 C) C2H6
D) C4H8 E) C3H6
40. (96-13-3). Massasi 5,5 g bo’lgan gazning havoga nisbatan zichligi 1,52 bo’lsa, uning hajmini toping.
A) 4,0 B) 4,5 C) 5,5 D) 3,5 E) 2,8

41. (96-5-6). 9,2 g modda havoda yonishi natijasida 8,96 l CO2 va 10,8 g suv hosil bo’ladi. Agarda modda bug’i havoga nisbatan 1,59 marta og’ir bo’lsa, moddaning formulasini aniqlang.


A) C2H6 B) C2H5OH C) C3H6
D) C3H8 E) CH3COOH

42. (97-11-150). Geliyga nisbatan zichligi 7 va 8 bo’lgan moddalarni kursating.


1) uglerod (II) oksid 2) azot(II) oksid
3) azot 4) ammiak 5) uglerod(IV) oksid
6) azot (IV) oksid 7) kislorod
A) 1,3,7 B) 3,5,7 C) 2,4,6
D) 1,3,5 E) 3,4,5

43. (96-8-2). Gazlarning qaysilari havodan yengil?


1) ammiak 2) vodorod 3) neon
4) metan 5) etan 6) uglerod(IV)oksid
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,5 C) 2,3,4,6
D) 3,4,5,6 E) 1,3,5,6

44. (99-3-23). Havoga nisbatan bug’ining zichligi 7,587 ga teng bo’lgan fosfor oksidlarining biridagi fosforning massa ulushi 56,4% ni tashkil etadi. Shu oksidning molekulyar formulasini aniqlang.


A) P2O3 B) P2O5 C) P­4O6
D) P4O10 E) P3O4

45. (97-11-133). Vodorod yodidning vodorod xloridga nisbatan zichligi necha marta katta?


A) 2,5 B) 2,7 C) 3 D) 3,5 E) 3,8

46. (97-1-38). Uglerod (IV) oksidning ksenonga nisbatan zichligi qanday?


[Ar(C) = 12; Ar(Xe) = 131]
A) 1,8 B) 0,34 C) 1,2 D) 1 E) 0,46

47. (97-1-39). Havoga nisbatan zichligi 1,52 bo’lgan gazning 5,5 g miqdori n.sh.da qanday hajmni (l) egallaydi?


A) 2,2 B) 2,5 C) 2,8 D) 3,2 E) 3,6

48. (02-3-8). Zichligi 0,0893 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasi tarkibiga kiruvchi bitta atomning massasi qanday bo’ladi?


A) 1,33 ·10-24 B) 3,32 ·1024 C) 1,66 ·10-24
D) 3,66 ·10-24 E) 1,55 ·10-24

49. (02-3-33). Qaysi gazni bir idishdan havo bilan band bo’lgan ikkinchi idishga suv quygandek quyish mumkin?


A) asetilen B) is gazi C) etilen
D) azot E) uglerod (IV) oksid

50. (02-3-46). Zichligi 2,857 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasining massasi (g) ni toping.


A) 1,08 ·10-23 B) 1,06 ·10-22 C) 1,12 ·10-24
D) 1,06 ·10-24 E) 1,12 ·10-24

51. (02-3-47). Zichligi 1,964 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasining massasi (g) ni toping.


A) 5,31 ·10-22 B) 5,31 ·10-23 C) 7,31 ·10-23
D) 0,73 ·10-21 E) 7,3 ·10-22

52. (02-3-48). Oddiy modda zichligi 1,25 g/l (n.sh.) bo’lsa uning bitta atomining massasi qancha (g) bo’ladi?


A) 2,3 ·10-23 B) 1,9 ·10-23 C) 5,2 ·10-23
D) 4,6 ·10-23 E) 2,8 ·10-23

53. (02-6-21). Gazning havoga nisbatan zichligi 2,562 ga teng bo’lsa, 1 l gazning n.sh. dagi massasini aniqlang.


A) 3,32 B) 0,74 C) 1,13 D) 2,9 E) 4,24

54. (02-8-14). Havoga nisbatan zichligi 1,52 ga teng bo’lgan gazning geliyga nisbatan zichligini aniqlang.


A) 9 B) 10 C) 11 D) 12 E) 13

55. (00-3-3). N.sh.da o’lchangan 56 l uglerod (IV) oksiddagi kislorod atomlarining sonini hisoblab toping.


A) 30 ·1023 B) 45,2 ·1023 C) 15,1 ·1023
D) 37,6 ·1023 E) 22,6 ·1023

56. (02-6-21). Gazning havoga nisbatan zichligi 2,565 ga teng bo’lsa, 1 litr gazning n.sh. dagi massasini aniqlang.


A) 3,32 B) 0,74 C) 1,13 D) 2,9 E) 1,98

57. (96-13-77). Oltingugurt bug’ining havoga nisbatan zichligi 8,83 ga teng. Oltingugurt molekulasi nechta atomdan iborat?


1) 1 2) 2 3) 4 4) 6 5) 8
A) 5 B) 1 C) 3 D) 2 E) 4

58. (01-10-10). Odam o’pkasidagi havo pufakchalari (alveolalar) ning 700 millioniga 3 l havo sig’adi. Bitta alveolaga sig’adigan havodagi molekulalar sonini hisoblang.


A) 1,4 ·1013 B) 1,5 ·1015 C) 1,2 ·1016
D) 1,5 ·1014 E) 1,2 ·1014
59. (01-6-44). Gaz holatdagi (n.sh.) 5,6 l ftorda necha dona ftor atomi bo’ladi?
A) 3,01·1023 B) 1,5 ·1023 C) 4,2 ·1022
D) 6,02 ·1023 E) 8,1 ·1023

60. (97-11-146). Vodorod sulfidga nisbatan zichligi 1,294 va 1,353 bo’lgan gazlarning molekulyar og’irligini hisoblab, ularning nomlarini aniqlang.


A) azot(II) oksid, uglerod(II) oksid
B) uglerod(II) oksid, etan – C2H6
C) uglerod(IV) oksid, azot(IV) oksid
D) asetilen – C2H2, etilen – C2H4
E) propilen – C3H6, siklopropan – C3H6

61. (00-10-3). Vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng bo’lgan azot oksidni ko’rsating.


A) azot(I)oksid B) azot(II) oksid
C) azot(III) oksid D) azot(IV) oksid
E) azot(V) oksid

62. (02-2-38). Hajmi 56 litr kislorod massasiga teng miqdor-dagi azotning hajmi kislorodnikidan necha litrga farq qiladi?


A) 9 B) 8 C) 5 D) 6 E) 7

63. (02-11-42). Qaysi element birikmasining bug’lari havodan yengil bo’la olmaydi?


A) kislorod B) oltingugurt C) azot
D) uglerod E) ftor

64. (02-11-48). Quyidagi moddalardan qaysila-rining zichligini (n.sh.) ma’lumotnomalardan izlab o’tirmay aniqlash mumkin?


1) geksan – C6H14 2) metilamin – CH3NH2 3) butan – C4H10 4) oltingugurt(VI)-oksid 5) methanol 6) sirka kislota
A) 3,4 B) 1,5 C) 4,6 D) 1,4 E) 2,3

65. (02-11-57). Vodorod muhitida bir hajm palladiy (p = 12,02 g/sm3) 900 hajm (n.sh.) vodorodni yutadi. 1 mol Pd qancha miqdor vodorodni yutishini hisoblang.


A) 0,39 B) 0,54 C) 0,35 D) 0,26 E) 0,47

66. (03-4-5). Oltingugurt bug’ining 900°C da geliyga nisbatan zichligi 16 ga teng. Shu temperaturada oltingugurt molekulasi necha atomdan iborat?


A) 4 B) 2 C) 6 D) 8 E) 10

67. (03-7-56). Ozonning necha gramida 2,71·1024 dona kislorod atomlari bo’ladi?


A) 72 B) 60,2 C) 48 D) 64 E) 80

68. (03-8-48). Noma’lum modda atomlarining 6,05 ·1022 tasi 0,75 l hajmni (n.sh.da) egallasa, moddaning nomini aniqlang.


A) vodorod B) xlor C) azot
D) kislorod E) karbonat angidrid

69. (97-7-61). Havoning qanday hajmida (l) 15 mol kislorod bo’ladi? (kislorodning hajmiy ulushi 0,21).


A) 100 B) 1200 C) 700 D) 950 E) 1600

70. (99-7-41). Tarkibida 10 g kislorod bo’lgan havo (n.sh.) hajmi necha litr bo’ladi? (kislorodning massa ulushi 0,23).


A) 5,6 B) 7 C) 11,2 D) 22,4 E) 33,6

71. (01-12-3). Havodagi uglerod (IV) oksidning hajmiy miqdori 0,03% ga teng bo’lsa, 1 l havodagi uglerod (IV) oksidning molekulalari sonini aniqlang.


A) 4,5·1021 B) 4·1018 C) 6·1017
D) 1,5·1018 E) 8,1·1018



Download 0.92 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Download 0.92 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I – kimyodan asosiy tushunchalar

Download 0.92 Mb.