• 1. Fanning qonuniyatlari yaratilishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar.
  • I- modul. Nazariy elektrotexnika faniga kirish. Fanning predmeti vauslublari




    Download 227,06 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana05.12.2023
    Hajmi227,06 Kb.
    #111692
      1   2
    Bog'liq
    1-maruza



    I- MODUL. NAZARIY ELEKTROTEXNIKA FANIGA KIRISH. FANNING 
    PREDMETI VAUSLUBLARI 
    1-ma`ruza. Nazariy elektrotexnika faniga kirish. Fanning predmeti vauslublari. 
    Reja: 
    1. Fanning qonuniyatlari yaratilishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar. 
    2. Fanning elektrotexnika umumiy ta’lim tarmog‘ida tutgan o‘rni. 
    3. Fanning boshqa fanlar bilan bog`liqligi. 
    1. Fanning qonuniyatlari yaratilishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar. 
    Inson o'z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. 
    Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib 
    turadi: 
    a) 
    boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom) energiya turlaridan 
    olinishi nihoyatda sodda; 
    b) 
    uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK) bilan uzatish va 
    yuklamalarga oson taqsimlash mumkin; 
    v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin; 
    g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin; 
    d) 
    turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o'zgartirish sodda; 
    e) 
    signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, 
    telegrafiya, radioaloqa). 
    Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat 
    elektroenergetikaning asosiy masalalarini, balki noelektr texnikalarni yangi sifat 
    darajaga ko'tarishga imkon berdi. Elektrotexnika fanining zamirida elektrotexnik, 
    radiotexnik, elektromexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash 
    texnikasi tez sur'atlar bilan rivojlandi. 
    Elektrotexnikaning yuzaga kelishi o'zgarmas tok manbaining yaratilishi va 
    elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog'liq. 
    Qadim o'tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog' 
    rudalarining parchalari temir jismlarni tortish xususiyatini payqadilar va bu 
    hodisani magnetizm deb atadilar. 
    Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII-VII asrlardanoq qahrabo ishqalanish 
    natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon paydo bo'lishini ta'kidlagan. Elektr 
    va magnit hodisalar qadim dunyodan ma'lum, lekin bu hodisalar to'g'risidagi fan 
    1600 yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit hodisalar to'g'risida 
    tadqiqotlarini e'lon qilgandan keyin boshlandi. Elektr to'g'risidagi fanni rivojlanish 
    bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o'rganishga bag'ishlangan M.V. 
    Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlarning amaliy tadqiqotlari 
    muhim ahamiyat kasb etdi. 
    Elektr va magnit hodisalarni o'zaro bog'langanligini rus olimi F. Epinus 1758 
    yilda o'z ma'ruzasida aytib o'tgan. 
    1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o'z nomi bilan atalgan qonunni kashf etdi. 
    U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 


    1794 yilda A. Volta tomonidan kiritilgan. 
    Volt ustuni esa 1800 yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda 
    elektroximiya bo'yicha birinchi tadqiqotlarini o'tkazgan va u elektroximiyaning 
    asoschisi hisoblanadi. 
    Magnit strelkaga tokning ta'siri X. Ersted tomonidan 1819 yilda, toklarning 
    o'zaro ta'siri esa A. Amper tomonidan 1820 yilda o'rganilgan. Amper birinchi 
    bo'lib elektr toki, tok kuchi, elektr kuchlanish atamalarini kiritgan. Magnit 
    maydonining dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o'tkazilgan va 
    Laplas tomonidan matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio - Savar - Laplas 
    qonuni). 
    Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalarni fransuz matematigi S. Puasson 
    tadqiq etgan. Elektromagnit maydonning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi 
    M. Faradey tomonidan rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq 
    etish uchun kuch va ekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan. 
    1782 y. Laplas o'z nomi bilan ataladigan tenglamalarni og'irlik nazariyasiga 
    tegishli asarlarida qo'llagan. Elektromagnit induksiya qonunini 1831 yilda ingliz 
    fizigi M. Faradey tajriba yo'li bilan kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini 
    birinchi bor o'rgangan. Elektromagnitli telegraflar rus injeneri P.Shilling 
    tomonidan 1832 yili yaratilgan. Rus akademigi B. Yakobi 1838 yili suv kemasi 
    uchun elektr mashina yaratgan. Elektr zanjiriga oid Om qonuni 1826 yilda nemis 
    olimi G. Om tomonidan kashf etilgan. 
    Elektromagnit o'lchash birligi absolyut tizimini nemis olimlari K.F. Gauss va 
    T. Veber 1831- 1833 yillari yaratdilar. 
    Tokning issiqlik ta'siri - Joul-Lens qonunini ingliz fizigi D. Joul 1841 yili va 
    rus akademigi E. Lens 1842 yilda ta'riflab berishgan. 
    1844 
    yil E. Lens elektromagnit inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis olimi G. 
    Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga oid ikkita muhim qonunga ta'rif bergan. 
    Vektor potensiali, induktivlik va o'zaro induktivlikni birinchi bor 
    1845 
    yil nemis olimi F. Neyman ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D. Maksvell 
    1873 yili siljish toklari tushunchasini kiritdi, hamda hozirda uni nomi bilan 
    ataladigan o'zgaruvchan elektromagnit maydon tenglamalarini tuzdi. Bundan faqat 
    25 yildan keyingina elektromagnit maydon mustaqil tarzdagi materiya deb isbot 
    etildi. 
    Elastik muhitda energiya harakati rus olimi N.Umov tomonidan 1874 yilda 
    nazariy jihatdan tadqiq qilingan. 
    Rus injeneri F. Pirotskiy 1875 yilda quvvati 4,4 kVt o'zgarmas tokni 1 km 
    masofaga uzatish tajribasini o'tkazgan. 
    Cho'g'lanish lampasi 1875 yil A. Lodigin tomonidan kashf etilgan. 
    1884 yil ingliz olimi D. Poyting elektromagnit maydon energiyasini uzatishni 
    nazariy jihatdan tadqiq etgan. 
    1889-91 yillarda rus injeneri M.O. Dolivo-Dobrovolskiy elektr energiyaning 
    uch fazali tizimi qism(generator, transformator, motor) larini ishlab chiqqan va 
    kuchlanishi 15 kV, quvvati 150 kVA bo'lgan elektr energiyani 175 km masofaga 
    uzatishni amalga oshirgan. 
    1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan. Dunyoda 
    birinchi bo'lib A. Popov radio aloqani amalga oshirgan. 


    1887-88 yillarda nemis olimi G. Gers elektromagnit to'lqinlarni mavjudligini 
    eksprimental ravishda isbot etdi. 
    Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905-1908 yillarda G. Lorens 
    va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog'liq. 
    O'ta o'tkazuvchanlik hodisasi nemis olimi G. Kamerling Onessom tomonidan 
    1911 yilda kashf etilgan. 
    "Nazariy elektrotexnika" faniga bevosita aloqasi bo'lgan matematik va 
    umumnazariy ishlar to'g'risida quyidagi ma'lumotlarni berish mumkin. 
    Fransuz matematigi J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi akademiklari 
    L. Eyler va D. Bernullilar bilan birgalikda to'lqin tenglamalari nazariyasini hamda 
    matematik fizika asoslarini yaratishdi. 
    Laplasning to'g'ri o'zgartirish formulasi 1782 yilda taklif etilgan. Hajm 
    integralini sirt integraliga o'zgartirish formulasini M.V. Ostrogradskiy 1828 yilda 
    bergan. 
    Differensial tenglamalarni operator usulida integrallashni rus matematigi M. 
    Vashenko-Zaxarchenko taklif etgan. 
    O'rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. Chebishev tomonidan 1867 yil, 
    Dyuamel integrali esa 1883 yil berilgan. Ma'lum harakatning turg'unlik 
    nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon etgan. Operator usuli elektrotexnika 
    faniga O. Xevisayd tomonidan 1892-1912 yillarda tadbiq etilgan. 
    Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash usulini amerika 
    olimi Ch. Shteynmets 1894 yilda taklif etgan. Garmonik balans usulida nochiziq 
    elektr zanjirlarni hisoblash usulini fransuz olimi M. Joli 1911 yil joriy etgan. Sekin 
    o'zgaradigan amplitudalar usulini 1927 yil golland olimi B. Vander-Pol taklif 
    etgan. Kichik parametrlar usulini esa 1928 yil fransuz olimi G. Puankare taklif 
    etgan. 
    Nochiziq tebranishlar nazariyasidagi fundamental ishlarni akademiklar L. 
    Mandelshtamm, N. Papaleksi va A. Andronov 1937 yil amalga oshirdilar. 
    Nochiziq zanjirlarni chastotaviy usulda tahlil etishni rus olimlari N.M. Krilov 
    va N.N. Bogolyubov birinchi bo'lib taklif etdilar. Elektr zanjirlar sintezini birinchi 
    bor nemis olimlari I.O. Sobel (1924 y.), amerika olimi R. Foster (1924 y.) rus 
    olimlari S. Yevlanov (1937 y) hamda B.V. Bulgakov (1949 y.) nazariy jihatdan 
    asosladilar. 
    Elektr zanjirlarni signal graflar bilan tahlil qilishni rus olimi B.N. Petrov 
    (1945 y.) va amerika olimi S. Mezon (1953 y.) taklif etishgan. 
    Maydon nazariyasi masalalarini yechishda integral tenglamalarni qo'llashni 
    rus olimlari G.A. Granberg, V.M. Alexin, O.V. Tozoni, E.V. Kotel nikovlar (1948 
    y.) taklif etdilar. 
    1904 yilda Peterburg politexnika institutida professor V.F. Mitkevich "Elektr 
    va magnit xossalari" fanidan, 1915 yilda Moskva Bauman oliy texnika o'quv 
    yurtida professor K.A. Krug "O'zgaruvchan toklar nazariyasi" fanidan ma'ruzalar 
    o'qidi. 

    Download 227,06 Kb.
      1   2




    Download 227,06 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I- modul. Nazariy elektrotexnika faniga kirish. Fanning predmeti vauslublari

    Download 227,06 Kb.
    Pdf ko'rish