anglash mumkin emas. Elektr energiyasining murakkab qirralaridan uning ko‘zga
ko‘rinmasligi, rang va xidi yo‘qligi, eng asosiysi inson tanasi bilan tokli
o‘tkazgichga tegishi natijasida sezishi hisoblanadi. Ko‘p hollarda insonning tok
ta’siriga tushib qolishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Zanjirdan tok yurishi uchun
uchta asosiy shartning bajarilishi har bir elektr energetikasi qurilmasiga tegishli.
Bo‘larga:
1) o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tok
manbasining mavjudligi;
2) o‘tkazgich va iste’molchining mavjudligi;
3) 1 va 2 dagi shartlar o‘zaro kontur hosil qilishi hamda ushbu konturning
berk bo‘lishi kiradi.
Berk konturlardagi elektromagnit energiyasining zanjirning asosiy elementlari
hisoblangan aktiv qarshilik (r), induktiv qarshilik (L) va sig‘im qarshiligi (S) da
o‘zgartirilishi, bu jarayonlardagi qonuniyatlar tahlili mazkur to‘plamda qaraladi.
Nazariy bilimlarni puxta egallash talabalarni boshqa
mutaxassislik fanlaridan
sifatli bilim olishi uchun asos bo‘ladi. Shu sababli «Nazariy elektrotexnika»
fanining umumiy ta’lim tarmog‘ida tutgan o‘rni beqiyosdir.
3. «ETNA» fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
«Nazariy elektrotexnika» fani umum texnika fanlari ichida Elektroenergetika,
Elekrotexnika, Elektromexanika, Avtomatika, Telemexanika, Informasion o‘lchash
va hisoblash texnikasi mutaxassisliklariga kadrlarni tayyorlashda asosiy o‘rinni
egallaydi.
Xususan, «Elektroenergetika» yo‘nalishida o‘qitilayotgan «Elektrotexnika
materiallari», «Elektronika asoslari», «Elektromexanika», «Elektr energiyasini
ishlab
chiqarish, o‘zatish va taqsimlash», «O‘tish jarayonlari» kabi fanlar bilan
o‘zviy bog‘langan. Sanab o‘tilgan fanlardan nazariy bilimlarni «Nazariy
elektrotexnika» fanidagi dastlabki bilimlarsiz egallab bo‘lmaydi. Ammo «ETNA»
kursini ham «Fizika», «Oliy matematika» kurslaridagi
tegishli nazariy
ma’lumotlarni tushunmasdan to‘liq urganib bo‘lmaydi. Fanni chuko‘r o‘rganish
uchun laboratoriya ishlarining ahamiyati beqiyosdir. Aniq bajarilgan tajriba ishlari
talabaning fikrlashiga katta ijobiy ta’sir kursatadi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi
ishtirokida va mustaqil topshirik sifatida olingan hisob-grafika ishlarini bajarish
talabaning dunyo qarashini hamda mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi.
Nazorat savollari:
1. Elektr toki haqidagi dastlabki qonuniyatlar qachon yaratilgan?
2. Kulon qonunining fizik mohiyatini tushuntiring.
3. Elektr va magnit maydonlari borligini isbotlovchi
tajriba kim tomonidan va
qachon amalga oshirilgan?
4. «ETNA» fanini boshqayo‘nalish fanlari bilan bog‘liqligini tushuntiring.
5. Fanning elektrotexnika umumiy ta’lim tarmog‘ida tutgan o‘rnini ayting.