Mavzu: Gravitatsion mashinalarning ish unumdorligi




Download 4,83 Mb.
bet222/241
Sana25.01.2024
Hajmi4,83 Mb.
#145433
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   241
Bog'liq
UMK FQB amaliyot

Mavzu: Gravitatsion mashinalarning ish unumdorligi
Reja:
1. Gravitatsion mashinalarning turlari
2. Cho’ktirish mashinalarining ishlab chiqarish unumdorligi
3.Konsentratsion stollarning ishlab chiqarish unumdorligi

Gravitatsiya usulida boyitish ruda bo‘laklarining zichligi va yirikligiga asoslangan. Minerallar zichligiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi:


1)og‘ir – zichligi 4000 kg/m
2)o‘rta – zichligi 2700-4000 kg/m
3)engil – zichligi 2700 kg/mgacha.
Gravitatsiya usulida ajratib olish natijasida olingan mineral zarrachalar guruhi
fraktsiya deyiladi. Yuzaga qalqib chiqqan zarrachalar yengil fraksiya, cho‘kkanlari
og‘ir fraksiya, muallaq holdagisi esa qiyin fraksiya deyiladi.
Gravitatsiya usulida boyitish – foydali qazilmalarni boyitish usullaridan biri
bo‘lib, mineral zarrachalar zichligi orasidagi farq hisobiga amalga oshiriladi.
Gravitatsiya usulida boyitish asosan cho‘ktirish mashinalari yordamida
konsentratsion stollarda, shlyuzlar, vintli va purkovichli seperatorlar yordamida
boyitiladi.
Gravitatsion usulning mohiyati mineral zarrachalarning og‘irlik uchi yoki
muhitning qarshilik kuchi ta’sirida tushish tezligidagi farqiga asoslangan.
Gravitatsiya usulida boyitish har xil muhitlarda olib boriladi.
Mineral zarrachalarning ajralishini amalga oshiruvchi muhit sifatida suv,havo, og‘ir suspenziyalar va og‘ir suyuqliklar ishlatilishi mumkin.
Fraksiya – bo‘lak, guruh, sinf – aralashmaning o‘rtacha xossalridan farq
qiluvchi xossaga ega bo‘lgan va undan ajratib olingan qismiga aytiladi.
Fraksion analiz – zichliklari har xil bo‘lgan fraksiyalar.
Cho‘ktirish ruda tarkibidagi mineral zarrachalarni zichligi va solishtirma
og‘irliklarining farqi hisobiga ularni bir-biridan ajratish jarayonidir.
Cho‘ktirish - mineral zarrachalarning vertikal suv oqimi yuordamida
harakatlanish tezligidagi farqiga qarab boyitish usulidir. Ajratilishi lozim b o‘lgan mahsulot cho‘ktirish mashinasining panjarasiga beriladi va bu panjara orqali goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimi harakatlanadi. Bunday suv oqimlarining muntazam harakati tufayli mahsulot turli zichlikdagi qatlamlarga ajraladi. Pastki qatlamda katta zichlikka ega, yuqori qatlamlarda esa kichik zichlikka ega mahsulot yig‘iladi. Cho‘ktirishda qo‘llaniladigan dastgohlar cho‘ktirish mashinalari deyiladi.
Ularning porshenli, diafragmali, porshensiz va harakatlanuvchi panjarali turlari
mavjud.
Og‘ir muhitlarda boyitish mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajralishiga asoslangan. Agar boyitilayotgan mahsulotni zichligi ajraladigan minerallar
zichligining orasidagi muhitga (suyuqlikka) solinsa, zichligi muhitning zichligidan kichik minerallar suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi, zichligi muhitning zichligidan katta minerallar pastga cho‘kadi.
Og‘ir muhit sifatida organik suyuqliklar, tuzlarning eritmalari va suspenziyalar ishlatiladi.
Konsentratsion stolda boyitish - mineral zarrachalarning zichligi va
o‘lchamidagi farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab harakatlanayotgan suv oqimi yordamida ajratishga asoslangan.
Konsentratsion stolda boyitish - mayda donachali mahsulotni gravitatsion usulda boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Konsentratsion stollar qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa rudalarni boyitishda keng qo‘llaniladi.
Shlyuzlar - to‘g‘ri burchak shakldagi qiya tarnovchadan iborat bo‘lib, uning tubiga trafaret yoki juni o‘siq mato (kigiz, tuki o‘siq movut, g‘adir-budir rezina va h.k.) to‘shaladi.
Trafaret sifatida yog‘och g‘o‘lalar, to‘rtburchak yoki dumaloq g‘o‘lalardan
ko‘ndalang kesilgan yog‘ochlar ishlatilib, ma’lum oraliqda ko‘ndalang qatorlar bo‘ylab o‘rnatiladi. Shuningdek, metall trafaretlar ham ishlatiladi.Ular suvning uyurma oqimini hosil qiladi, g‘adir-budir materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyuzning tubi bo‘ylab harakatlanayotgan zarrachalarning qarshiligini oshiradi va quyi qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi.
Trafaret va qoplamalar shlyuzlar ishining sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Sochma kon oltinli rudalarini, volfram, qalay va kamyob metallar rudalarini boyitishda shlyuzlarda boyitish keng qo‘llaniladi.
Vintli separatorlarda boyitishda og‘irlik kuchi va markazdan qochuvchi kuch yordamida mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajralishiga asoslangan.
Shuning uchun mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajralishi tezroq ketadi
va dastgohning o‘lchamini sezilarli darajada kichraytirish mumkin.
Vintli separator vertikal o‘qqa ega qo‘zgalmas vintsimon burama tarnovchadan iborat. Bunday dastgohlar kamyob, nodir metallar tub konlari va sochma konlari rudalarini boyitishda, fosforitli, xromitli rudalarni boyitishda ishlatiladi.
Gravitatsiya usulida asosan qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa zichligi og‘ir rudalarni boyitiladi. Gravitatsiya usulida boyitishda qalayli rudalarni ko‘rib chiqaylik.
Qalayli tub konlar rudalari va qumlari faqat gravitatsiya usullari cho‘ktirish, kontsentratsion stolda, og‘ir suspenziyalar, shlyuzlarda va vintli separatorlarda boyitiladi.
Qalay saqlovchi sochma konlar rudalari nisbatan sodda gravitatsiya sxemalari bo‘yicha boyitiladi. Bunday sxemalar odatda qumlarni dezintegratsiyalash va yuvish hamda ularni cho‘ktirish mshinalari, kontsentratsion stol va vintli separatorlarda boyitishni o‘z ichiga oladi. Birlamchi boyitish cho‘ktirish mashinalarida amalga oshirilib, homaki boyitma olinadi va uni qayta tozalash konsentratsion stollarda bajariladi.
Qalayli tub konlar rudalari murakkabroq sxema bo‘yicha boyitiladi(jadvalda
keltirilgan). Ikki bosqichda maydalangan ruda elash orqali uchta sinfga ajratiladi.
Yirik sinflar (II va III) cho‘ktirish mashinasiga tushadi va boyitma oraliq mahsulot va tashlab yuboriladigan chiqindi olinadi. Mayda sinf (I) gidravlik klassifikatsiyaga tushadi.
Oraliq mahsulotlar o‘simtalar yuzasini ochish uchun qayta yanchiladi va ular ham gidravlik klassifikatsiyaga tushadi. Gidravlik klassifikatsiyaning har qaysi sinfi alohida-alohida konsentratsion stollarda boyitiladi. Konsentratsion stollarning oraliq maxsulotlari tozalanadi. Barcha stollar tayyor maxsulot (boyitma) va chiqindi beradi. Tozalash stollarining chiqindilari qayta yanchishdan so‘ng avtomatik konsentratsion shlyuzlarga tushadi va ular ham tayyor boyitma va shlamlarni beradi.
Shlamlar otvalga jo‘natiladi yoki qaytadan boyitiladi. Bunday sxemalar bo‘yicha olinadigan qalayli boyitmalar ular tarkibidagi qalayning miqdorini oshirish uchun qayta tozalanadi.
Qalayli boyitmalarni qayta tozalash usullari ularning moddiy va granulometrik tarkibi bilan aniqlanadi. Qayta tozalashda boyitmadan zararli qo‘shimchalar chetlashtiriladi, natijada qalayning miqdori belgilangan chegaragacha ko‘tariladi


Download 4,83 Mb.
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   241




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Gravitatsion mashinalarning ish unumdorligi

Download 4,83 Mb.