Mavzu: Gravitatsiya usulda boyitish sxemalari.
Reja:
1.Gravitatsiya usulda boyitishning texnologik sxemasini tanlash.
2.Gravitatsiya usulida boyitishning zanjirli sxemasi.
3.Gravitatsiya usulida boyitish sxemalarining miqdor sxemasini hisoblash.
Gravitatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash.
Gravitatsiya usulida boyitish ruda bo‘laklarining zichligi va yirikligiga
asoslangan. Minerallar zichligiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi:
1)og‘ir – zichligi 4000 kg/m3
2)o‘rta – zichligi 2700-4000 kg/m3;
3)engil – zichligi 2700 kg/m3 gacha.
Gravitatsiya usulida ajratib olish natijasida olingan mineral zarrachalar guruhi
fraktsiya deyiladi. Yuzaga qalqib chiqqan zarrachalar yengil fraksiya, cho‘kkanlari
og‘ir fraksiya, muallaq holdagisi esa qiyin fraksiya deyiladi.
Gravitatsiya usulida boyitish – foydali qazilmalarni boyitish usullaridan biri
bo‘lib, mineral zarrachalar zichligi orasidagi farq hisobiga amalga oshiriladi.
Gravitatsiya usulida boyitish asosan cho‘ktirish mashinalari yordamida
konsentratsion stollarda, shlyuzlar, vintli va purkovichli seperatorlar yordamida
boyitiladi.
Gravitatsion usulning mohiyati mineral zarrachalarning og‘irlik uchi yoki
muhitning qarshilik kuchi ta’sirida tushish tezligidagi farqiga asoslangan.
Gravitatsiya usulida boyitish har xil muhitlarda olib boriladi.
Mineral zarrachalarning ajralishini amalga oshiruvchi muhit sifatida suv,havo,
og‘ir suspenziyalar va og‘ir suyuqliklar ishlatilishi mumkin.
Fraksiya – bo‘lak, guruh, sinf – aralashmaning o‘rtacha xossalridan farq
qiluvchi xossaga ega bo‘lgan va undan ajratib olingan qismiga aytiladi.
Fraksion analiz – zichliklari har xil bo‘lgan fraksiyalar.
Cho‘ktirish ruda tarkibidagi mineral zarrachalarni zichligi va solishtirma
og‘irliklarining farqi hisobiga ularni bir-biridan ajratish jarayonidir.
Gravitatsiya usulida boyitish sxemalarini tanlashni o‘rganish
Gravitatsiya usulida asosan qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa
zichligi og‘ir rudalarni boyitiladi. Gravitatsiya usulida boyitishda qalayli rudalarni
ko‘rib chiqaylik.
Qalayli tub konlar rudalari va qumlari faqat gravitatsiya usullari cho‘ktirish,
kontsentratsion stolda, og‘ir suspenziyalar, shlyuzlarda va vintli separatorlarda
boyitiladi.
Qalay saqlovchi sochma konlar rudalari nisbatan sodda gravitatsiya sxemalari
bo‘yicha boyitiladi. Bunday sxemalar odatda qumlarni dezintegratsiyalash va yuvish
hamda ularni cho‘ktirish mshinalari, kontsentratsion stol va vintli separatorlarda
boyitishni o‘z ichiga oladi. Birlamchi boyitish cho‘ktirish mashinalarida amalga
oshirilib, homaki boyitma olinadi va uni qayta tozalash konsentratsion stollarda
bajariladi.
Qalayli tub konlar rudalari murakkabroq sxema bo‘yicha boyitiladi(jadvalda
keltirilgan). Ikki bosqichda maydalangan ruda elash orqali uchta sinfga ajratiladi.
Yirik sinflar (II va III) cho‘ktirish mashinasiga tushadi va boyitma oraliq mahsulot va
tashlab yuboriladigan chiqindi olinadi. Mayda sinf (I) gidravlik klassifikatsiyaga
tushadi.
Oraliq mahsulotlar o‘simtalar yuzasini ochish uchun qayta yanchiladi va ular ham
gidravlik klassifikatsiyaga tushadi. Gidravlik klassifikatsiyaning har qaysi
sinfi alohida-alohida konsentratsion stollarda boyitiladi. Konsentratsion stollarning
oraliq maxsulotlari tozalanadi. Barcha stollar tayyor maxsulot (boyitma) va chiqindi
beradi. Tozalash stollarining chiqindilari qayta yanchishdan so‘ng avtomatik
konsentratsion shlyuzlarga tushadi va ular ham tayyor boyitma va shlamlarni beradi.
Shlamlar otvalga jo‘natiladi yoki qaytadan boyitiladi. Bunday sxemalar bo‘yicha
olinadigan qalayli boyitmalar ular tarkibidagi qalayning miqdorini oshirish uchun
qayta tozalanadi.
Qalayli boyitmalarni qayta tozalash usullari ularning moddiy va granulometrik
tarkibi bilan aniqlanadi. Qayta tozalashda boyitmadan zararli qo‘shimchalar
chetlashtiriladi, natijada qalayning miqdori belgilangan chegaragacha ko‘tariladi.
|