Axborot xavfsizligi siyosati




Download 175.97 Kb.
bet4/6
Sana22.02.2023
Hajmi175.97 Kb.
#43220
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu
kimyoning-asosiy-qonunlari-, Amirova N 3, 11-amaliy topshiriq, 403 guruh 2-mustaqil ish mavzulari (1), 2-mavzu, 7 лаб, drtyjhkj, elektronika, Boshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiya, HTML, O‘ q u V – uslubiymajmu a ў Қ у в – у с л у б и й м-hozir.org, Sahna ma\'ruza 3 (1), Dori vositalarini ishlab chiqarish Validatsiya Q A Ubaydullaev Toshkent, 1731255168336226

Axborot xavfsizligi siyosati


Axborot xavfsizligi siyosati –tashkilot oʻz faoliyatida rioya qiladigan axborot xavfsizligi sohasidagi hujjatlangan qoidalar, muolajalar, amaliy usullar yoki amal qilinadigan prinsiplar majmui sanalib, u asosida tashkilotda axborot xavfsizligi ta‘minlanadi.
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob‘ekt va uning vazifalari aniqlanadi. Soʻngra dushmanning bu ob‘ektga qiziqishi darajasi, hujumning ehtimolli turlari va koʻriladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta‘sir vositalari yetarli himoyani ta‘minlamaydigan ob‘ektning zaif joylari aniqlanadi.
Samarali himoya uchun har bir ob‘ekt mumkin boʻlgan tahdidlar va hujum turlari, maxsus instrumentlar, qurollar va portlovchi moddalarning ishlatilishi ehtimolligi nuqtai nazaridan baholanishi zarur. Ta‘kidlash lozimki, niyati buzuq odam uchun eng qimmatli ob‘ekt uning e‘tiborini tortadi va ehtimolli nishon boʻlib xizmat qiladi va unga qarshi asosiy kuchlar ishlatiladi. Bunda, xavfsizlik siyosatining ishlab chiqilishida yechimi berilgan ob‘ektning real himoyasini ta‘minlovchi masalalar hisobga olinishi lozim.
Qarshi ta‘sir vositalari himoyaning toʻliq va eshelonlangan konsepsiyasiga mos kelishi shart. Bu degani, qarshi ta‘sir vositalarini markazida himoyalanuvchi ob‘ekt boʻlgan konsentrik doiralarda joylashtirish lozim. Bu holda dushmanning istalgan ob‘ektga yoʻli himoyaning etalonlangan tizimini kesib oʻtadi. Mudofaaning har bir chegarasi shunday tashkil qilinadiki, qoʻriqlash xodimining javob choralarini koʻrishiga yetarlicha vaqt mobaynida hujumchini ushlab turish imkoni boʻlsin.
Soʻnggi bosqichda qarshi ta‘sir vositalari qabul qilingan himoya konsepsiyasiga binoan birlashtiriladi. Butun tizim hayotiy siklining boshlang’ich va kutiluvchi umumiy narxini dastlabki baholash amalga oshiriladi.
Agar bir binoning ichida turli himoyalash talablariga ega boʻlgan ob‘ektlar joylashgan boʻlsa, bino strukturalarga boʻlinadi. Shu tariqa umumiy nazoratlanuvchi makon ichida ichki perimetrlar ajratiladi va ruxsatsiz foydalanishdan ichki himoya vositalari yaratiladi. Perimetr, odatda, fizik toʻsiqlar orqali aniqlanib, bu toʻsiqlardan oʻtish elektron usul yoki qoʻriqlash xodimlari tomonidan bajariluvchi maxsus muolajalar yordamida nazoratlanadi.
Umumiy chegaraga yoki perimetrga ega boʻlgan binolar guruhini himoyalashda nafaqat alohida ob‘ekt yoki bino, balki uning joylanish joyi ham hisobga olinishi zarur. Koʻp sonli binolari boʻlgan yer uchastkalari xavfsizlikni ta‘minlash boʻyicha umumiy yoki qisman mos keladigan talablarga ega boʻladi, ba‘zi uchastkalar esa perimetr boʻyicha toʻsiqqa va yagona yoʻlakka ega. Umumiy perimetr tashkil etib, har bir binodagi himoya vositalarini kamaytirish va ularni faqat hujum qilinishi ehtimoli koʻproq boʻlgan muxim ob‘ektlarga oʻrnatish mumkin. Xuddi shu tariqa uchastkadagi har bir imorat yoki ob‘ekt hujumchini ushlab qolish imkoniyati nuqtai nazaridan baholanadi.
Yuqoridagi keltirilgan talablar tahlili koʻrsatadiki, ularning barchasi axborotni ishlash va uzatish qurilmalaridan huquqsiz foydalanish, axborot eltuvchilarini oʻgirlash va sabotaj imkoniyatini yoʻl qoʻymaslikka olib keladi.
Binolar, imoratlar va axborot vositalarining xavfsizlik tizimini nazorat punktlarini bir zonadan ikkinchi zonaga oʻtish yoʻlida joylashtirgan xolda konsentrik halqa koʻrinishida tashkil etish maqsadiga muvofiq hisoblanadi (1.1.4rasm).

1.1.4-rasm. Binodagi kompyuter tizimining xavfsizlik tizimi

Download 175.97 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 175.97 Kb.