Davlat byudjetining soliqli daromadlari




Download 2,71 Mb.
bet4/8
Sana06.12.2023
Hajmi2,71 Mb.
#112616
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курс иши 3-курс готов 114414

1.2. Davlat byudjetining soliqli daromadlari.
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin. Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-soliq shaklidagi daromadlar;
-soliq bo’lmagan daromadlar;
-tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.
Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
- davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
- fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat sub’yektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar;
- moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);
- soliq xarakteriga ega bo’lmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko’rinishlari ham hisobga olinishi mumkin:
- davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar;
- kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mablag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar;
- davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar;

- qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti mablag’laridan foydalanganlik uchun haq;


- davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar;
- davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
- davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar.
Davlat byudjetining daromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetining shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjetining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda
- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
- davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
- meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
- yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushum-lari;
- rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda-larini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda:


1. umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
- yagona soliq to’lovi;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
- qo’shilgan qiymat solig’i;
- aksiz solig’i;
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

2. bojxona bojlari;


3. qo’shimcha foyda solig’i;
4. mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;
- boshqa daromadlar.
Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun huj-jatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’im-lar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari jarima sank-tsiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgi-langan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjat-lariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda:
- belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
- yagona soliq to’lovi;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
- tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq;
- qo’shilgan qiymat solig’i;
- aksiz solig’i;
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

2. mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan:


- benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
- mol-mulk solig’i;
- yer solig’i;
- yagona yer solig’i;
- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun yig’im;
3. yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4. bozorlardan tushadigan daromadlar;
5. boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni, huquq bo’yicha davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromad-lar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’i uchun aktsiz solig’i Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o’tkazib beriladi.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjeti daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin:
- xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan olinadigan daro-madlar;
- aholidan tushumlar.

Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:


- nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
- davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
- aholidan olinadigan mablag’lar.
Davlat byudjeti daromadlarining yuqorida sanab o’tilgan har bir guruhlari daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar bo’yicha kichik guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat xo’jaliklaridan olinadigan daro-madlarga davlat korxona va tashkilotlarining to’lovlari, davlat mulkini sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib tushadigan mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lov-lardan iborat bo’lishi mumkin. O‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat byudjeti daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari tomonidan byudjetga o’tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i va boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat mulkidan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha davlatga o’tgan molmulklarni sotishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga yo’l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan undiriladigan yig’imlar, tovar belgilarini qayd etganlik uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.
Davlat byudjeti daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi mumkin. Daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini sotishdan olingan tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir mablag’lar belgilangan muddatlarda byudjetga o’tkazilishi zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi. Bu holat davlat byudjetiningijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni to’liq va o’z vaqtida byudjetga jalb etishga xizmat qiladi.

Sub’ektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil usulni qo’llash evaziga olinishi mumkin:


1. soliq usulida;
2. soliq bo’lmagan usulda.
Soliq usul uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddat-larda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undiri-lishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqalar kiradi.
Soliq xarakteriga ega bo’lmagan daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishi talab etilmaydigan mablag’lar ham davlat byudjetiningdaromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag’larni sarf etsa-da, bu mablag’larni belgilangan muddatlarda va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday davlat byudjeti daromadlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini sotishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjeti daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin.
Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga biriktirilishiga qarab ikkiga bo’linishi mumkin:
1. davlat byudjetining o’z daromadlari;
2. davlat byudjetining tartibga keltiruvchi daromadlari.
Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli byudjetga to’liqyoki qisman biriktirilgan daromadlar davlat byudjetiningo’z daromadlari deyiladi. Ularga tegishli byudjetlarga biriktirilgan soliqlar va soliq xarakeriga ega bo’lmagan daromadlar kiradi.
Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida, odatda 3 yildan kam bo’lmagan holda) uchun boshqa darajadagi byudjetlarga ajratmalar normativi o’rnati-ladigan soliqlar va boshqa to’lovlar davlat byudjetiningtartibga keltiruvchi daromadlari deyiladi.
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Davlat byudjeti daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin.
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini tashkil etadi. Turli sub’yektlardan kelib tushadigan davlat byudjeti daromadlari birbiri bilan o’zaro bog’langan.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan, mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Masalan, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari uchun quyidagi tarkib va tuzilma shakllangan: mamlakatimiz davlat byudjetining daromadlari ayni paytda to’g’ri (bevosita) soliqlar, egri (bilvosita) va resurs to’lovlari va molmulk solig’i, ustama foydadan olinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan- tirish uchun soliq va boshqa daromadlardan tarkib topmoqda. Davlatimiz byudjetining daromadlarini tarkibiy tuzilmasida egri (bilvosita) soliqlar, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, bojxona bojlari, jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi va transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hal qiluvchi rol o’ynamoqda. Aynan shu guruhga kiruvchi soliqlar hisobidan davlat byudjeti daromadlarining yarmi (50,23%) shakl-lanayapti. Bu soliqlar orasida qo’shilgan qiymat solig’i (28,15%) va aktsizlar (16,47%) davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Birgina qo’shilgan qiymat solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismidan ko’prog’i shakllanayotganligi bu soliqning davlat byudjeti daromadlari tuzilmasidagi o’rni katta ekanligini yaqqol ko’rsatayapti.
Shuningdek, Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida to’g’ri (bevosita) soliqlar ham o’z o’rniga ega. Ular yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismi tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (jami to’g’ri (bevosita) soliqlarning 49,4%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hissasiga to’g’ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida rol (5,2%) o’ynamoqda.
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining 15,95% tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (shu guruhga kiruvchi soliqlarning 61,6%) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa to’g’ri kelayapti.


Download 2,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat byudjetining soliqli daromadlari

Download 2,71 Mb.