|
I bob. Davlat byudjetini shakillantirish funksiyalari, tarkibi va tamoyillari
|
bet | 1/8 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 2,71 Mb. | | #112616 |
Bog'liq Курс иши 3-курс готов 114414
MUNDARIJA.
Kirish…………………………………………………………………………........
I BOB . DAVLAT BYUDJETINI SHAKILLANTIRISH FUNKSIYALARI, TARKIBI VA TAMOYILLARI.
1.1. Davlat byudjetining funksiyalari.…………........................................
1.2. Davlat byudjetining soliqli daromadlari….………………………….
………………….'>II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BYUDJETI SIYOSATI TAHLILI.
2.1. O’zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining tahlili………………………….
2.2. O’zbekiston Respublikasi byudjet xarajatlari tahlili…………………………
III BOB. MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN DAVLAT BYUDJETI ISLOHOTLARINI TAKOMILLASHTIRISH.
3.1. Yangi O’zbekistoning yangi byudjet siyosati, yangi natijalar………………….
Xulosa ………………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda barcha sohadagi islohotlar qatori iqtisodiy islohotlar ham bugungi kunga kelib keng ko’lamda o’z samarasini ko‟rsatayotganiga barchamiz guvoh bo‟lmoqdamiz. Misol tariqasida aytish mumkinki, bugungi kunda davlat moliyasi, jumladan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar ochiqligi hamda shaffofliginini ta‟minlash, xalq byudjetini shakllantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Davlat byudjetiga mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‟naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‟minlaydigan, ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirishning asosiy moliyaviy manbalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‟nalishdagi islohotlarni davom ettirilgan holda, istiqbolda davlat byudjetini o’rta muddatli muddatga rejalashtirish, byudjetdan mablagʼlarni ajratishda natijaga e’tibor qaratish, Harakatlar strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlar qismini mustahkamlash, davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda turli darajadagi byudjetlar mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan.
Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o’z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta‟sirchan dastagi hisoblangan davlat byudjeti mablag‟lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo‟lishi kerak. Bunda, albatta, byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to’g’ri yuritish, byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, byudjet ko’zda tutilgantadbirlar va dasturlarni aniq va o’z vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Shu bilan birga, hududiy boshqaruv organlarining byudjet mablag’larini shakllantirish, qo’shimcha zaxiralarni yaratish bo’yicha soliq, moliya va iqtisodiyot sohalari organlarining mas‟uliyatini oshirish yuzasidan qaror qabul qilindi. Biz mamlakatimiz byudjet tizimini qayta ko’rib chiqishimiz, byudjet daromadlari va xarajatlari xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlashimiz zarur. Shu nuqtai-nazardan mazkur kurs ishi mavzusi dolzarbdir.
|
| |