II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BYUDJETI SIYOSATI.
2.1. O’zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining tahlili.
Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari uchun «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi. Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, Qonunda keyingi yilda iqtisodiy o‘sish darajasi 5,3 foiz, inflyatsiya darajasi 9,5 foiz, konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorda, shuningdek, yangidan imzolanadigan davlat tashqi qarzi yuqori chegarasi 4,5 milliard dollar miqdorida prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, Davlat byudjeti daromadlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foiz miqdorida belgilanmoqda.
Qonun bilan ijtimoiy soha xarajatlarining qariyb 45 foizi taʼlim sohasiga, xususan, qariyb 11 trillion so‘m maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, 37 trillion so‘m xalq taʼlimiga, 10,4 trillion so‘m o‘rta maxsus va oliy taʼlimga ajratilmoqda.
Bundan tashqari, 2022 yilda Davlat byudjetidan sog‘liqni saqlash sohasiga (markazlashgan investitsiya xarajatlari bilan birga) 28,4 trillion so‘m yoki 2022 yil uchun tasdiqlangan rejaga nisbatan 5,2 trillion so‘m yoki 22 foizga ko‘p mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish, yaʼni o‘zlarining joriy xarajatlarini 2023 yil 1 yanvardan boshlab mustaqil qayta taqsimlash bo‘yicha qo‘shimcha vakolat berilmoqda.
Jumladan, tegishli rivojlantirish dasturlari uchun rejalashtirilgan mablag‘larni bir dasturdan boshqasiga qayta taqsimlashlari mumkin bo‘ladi. Bunda har bir dastur ijrosi uchun tasdiqlanadigan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishgan holda iqtisod qilingan mablag‘lar nazarda tutilmoqda.
Byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish, shuningdek, rivojlantirish dasturi maqsadli indikatorlarining bajarilish holati to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish amaliyoti joriy etilmoqda. Davlat byudjeti taqchilligining prognoz ko‘rsatkichlaridan oshib ketishining oldini olish va byudjet barqarorligini taʼminlash maqsadida 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 17 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi belgilanmoqda. Bunda moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda so‘ndiriladigan O‘zbekiston davlat qimmatli qog‘ozlari cheklangan sof hajmga kiritilmasligi belgilanmoqda.
Daromadlar bo‘yicha prognozning oshirib bajarilgan qismi respublika byudjeti ixtiyorida qolishi belgilanmoqda.
Seminarda 2023 yil uchun soliq-bojxona siyosatining asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi amaldagi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilmoqda, aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 14 ta faoliyat turi bo‘yicha 4 foizdan 25 foizgacha belgilangan stavkalari unifikatsiya qilinib, yagona 4 foiz etib belgilanmoqda.
Moliya vazirligi 2023-yilgi davlat budjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi. Unda YAIM 5,3%ga o‘sishi, inflyatsiya darajasi esa 9,5% atrofida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilandi.
2023-yil uchun davlat budjeti: Asosiy ko‘rsatkichlar
22 dekabr, payshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonuni loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishdan keyin qabul qilindi. 2023 yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2024−2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan. Xususan, 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari саноатда ishlab chiqarishni 5,1 foizдан yuqori bo‘lishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizга, qishloq хўжалиgiда 3,5 foizга o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda. Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023 yilda 9,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Mazkur rivojlanish ko‘rsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan. 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq ravishda, soliq-budjet siyosatini amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
1 - budjet siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoyani rivojlantirishga;
2 - hududlar, ayniqsa mahallalarning dolzarb muammolarni hal qilish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof muhitni va tabiatni muhofaza qilishni ta’minlash;
3 - yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlashni kengaytirish;
4 - tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatida sof raqobat muhitini yaratilishiga zamin yaratish, bosqichma-bosqich soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish;
5 - birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan javobgarligi, hisobdorligi va vakolatlarini, davlat budjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida, ilg‘or xorijiy tajribadan hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda budjet xarajatlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2023 yil uchun davlat budjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olmagan holda) 232,1 trln so‘m, xarajatlari esa 227,9 trln so‘m miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 41,3 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 70,2 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda, davlat maqsadli jamg‘armalariga respublika budjetidan 29,9 trln so‘m transfertlar ajratish belgilandi.
Xususan, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari 37,8 trln so‘m, xarajatlari 53,5 trln so‘mни tashkil etgan holda Davlat budjetidan 15 trln so‘m miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Davlat moliyasini boshqarishning xalqaro standartlariga muvofiq budjet qamrovini oshirish hamda to‘liqligini ta’minlash maqsadida, 2021 yildan boshlab tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga rejalashtirilayotgan xarajatlar konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritildi. 2023 yilda ushbu xarajatlar 7,8 trln so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2023 yil uchun konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligiнинг yuqori chegarasi 32,5 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilanmoqda.
Bunda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari 24,7 trln so‘m yoki prognoz qilinayotgan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,3 foiz miqdorida taqchillik bilan rejalashtirilgan. Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalarining taqchilligi davlat ichki va tashqi qarzlarini jalb qilish hamda budjetlarning yil boshiga qoldiq mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Moliya yili yakuniy sanasi holatiga O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldig‘ining miqdori joriy yil yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizдан oshmasligi belgilab qo‘yilmoqda (10-modda).
Bunda, 2023 yil uchun hukumat nomidan va respublika kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan Davlat budjetini qo‘llab quvvatlash uchun — 2 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli қоғозларининг cheklangan sof hajmini — 17 trln so‘m (2022 yil uchun dastlab 6 trln so‘m, keyinchalik 12 trln so‘m bo‘lgan) miqdorida belgilash, bunda, moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda so‘ndiriladigan O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlarini cheklangan sof hajmga kiritmaslik taklif etilmoqda.
|