|
Kurs ishining obyekti va predmeti
|
bet | 2/8 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 2,71 Mb. | | #112616 |
Bog'liq Курс иши 3-курс готов 114414Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti bo’lib O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisoblanadi. Mazkur kurs ishi predmeti esa O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va punksiyalariaytishimiz mumkin.
Kurs ishining maqsadi - davlat byudjeti ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil va tadqiq etish asosida uni yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni o’ylab chiqishdan iborat bo’ladi.
Asosiy qisim.
I BOB DAVLAT BYUDJETINI SHAKILLANTIRISH FUNKSIYALARI, TARKIBI VA TAMOYILLARI.
1.1. Davlat byudjetining funksiyalari.
Davlat byudjetining mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo’ladi. Turli davr va turli maktab iqtisodchilari davlat byudjetining funksiyalarini yoritishga turlicha yondoshadilar. Masalan, T.Malikov, N.Xaydarov hammuallifligidagi ―Davlat byudjeti o’quv qo’llanmasida davlat byudjetining funksiyalari quyidagi tarzda bayon qilingan: ―Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo’linmalari singari, ikki xil funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat.
Bu va shu kabi boshqa adabiyotlarni o’rganish asosida, davlat byudjetining amalda namoyon bo’lish shakllarini o’rgangan hamda ko’pchilik iqtisodchi olimlarning fikriga qo’shilgan holda, davlat byudjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi, deyishimiz mumkin:
– yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi;
– iqtisodiyotnitartibgasolishvaboshqarishfunksiyasi;
– ijtimoiy funksiyasi;
– nazorat funksiyasi.
Yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi. Davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiga kiruvchi milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda o’zining qayta taqsimlash funksiyasi bilan ishtirok etadi. Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida yaratilgan YaIMning qiymatidan to’lanadigan soliqlar va soliq xarakteridagi boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi asosida byudjet daromadlari shakllanadi. Byudjet daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi sifatida, davlatning funksiyalarini bajarish uchun sarflanadi. Ular pul mablag’lari jamg’armalarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoridagi markaziy va mahalliy byudjetlarga kelib tushadi. O’zbekiston Respublikasida har yili davlat byudjeti orqali mamlakat YaIMining 18-20 foizi qayta taqsimlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalari bilan birga hisoblaganda esa bu ko’rsatkich bugungi kunda 34-35 foizni tashkil etmoqda.
Har qanday iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti moliya iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy bo’linmasi hamda byudjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangani uchun ularga pul shakli xosdir va ular taqsimlash, qayta taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajaradi.
Taqsimlash funksiyasini soliq, zayom, davlat mulkidan tushgan daromadlar, qogoz pullar emissiyasidan tushgan daromadlarni o’z ichiga oluvchi byudjet daromadlari amalga oshiradi. Bunda byudjet jamg‟armasi xo’jalik sub’ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) daromadlari hisobiga shakllanadi. Bu daromadlar sof milliy mahsulotning birlamchi taqsimoti (ishchi va xizmatchilarning ish haqi, yollanma ishchilarning daromadlari, tadbirkorlik foydasi, renta, foiz) natijasida yuzaga keladi.
Byudjetning qayta taqsimlash funksiyasi aniq maqsadli bydjet xarajatlariga tegishlidir. Davlat umumiy xo‟jalik sub’ekti sifatida faoliyat yuritib, takror ishlab chiqarish jarayoni barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini hisobga oladi, shuning uchun xam byudjet xarajatlari hamma soha va tarmoqlarni qamrab oladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag‟lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi. Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo’linmalarida ahvolning qandayligi to’g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta‟minlab turadi. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat byudjeti bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarda – soliqlarda, to’lovlarda, byudjetdan moliyalashtirish hajmlarida, byudjet assignovaniyalarini o‟zlashtirishda va hokazolarda – o’z ta’sirini ko’rsatadi.
|
| |