Elektron darslik tuzilmasi




Download 88.17 Kb.
bet3/16
Sana17.06.2023
Hajmi88.17 Kb.
#73955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-1 KDIT 20 Ismatov Bobomurod
Ishlab chiqarish omillari, 1111111, rezbovye soedineniya, Бейжик2, Qurilish kompaniyasi obyektlarini monitoring qiluvchi tizim reja, 1.04.Математика, Avtomobil yo\'llarini qurish, Hisob 4, Mavzu Axborotni kodlash 7-sinflar uchun dars ishlanma Bajardi , 100 Quotes To Read When Stressed by Lee Journey B, mmmmmm, Signal generatorlari, generatorlarning turlari, kvars generatorlari, Noan\'anaviy usulda yoqilg\'i olish texnologiyasi-hozir.org, 1606, 4-mustaqil ish
1.2. Elektron darslik tuzilmasi.

O’zbekiston Respublikasi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar ko’lamini va yo’nalishlarini belgilabgina qolmasdan, ta'lim sohasida o’ziga xos inqilobiy burilish yasadi. Bu borada “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta'limni tashkil etish to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda milliy umumiy o’rta ta'limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib, tubdan isloh qilish mamlakatimiz oldida to’rgan eng ustivor vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yildi. Hisoblash texnikasining hayotga kirib borishi, elektron darsliklarning, ya'ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda.


Oddiy (qog’ozli) darsliklarga qaraganda, elektron darslik ko’proq saloxiyatga ega, chunki kompyuter o’qituvchi uchun qiyin bo’lgan ba'zi qirralarini bajaraoladi, o’z joyida va o’z vaqtida materialni ko’rsatish, bilim darajasini xaqqoniy aniqlash va boshqalar. Elektron darslik ma'lum bir predmet bo’yicha to’liq materialni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Elektron darslikning «intellektual jihati»ni olib qaraydigan bo’lsak, uning kamchiliklarini (faqat kompyuterda qo’llash imkoniyati) qoplabgina qolmay, qog’ozli variantdan ustunlik jihatlari ham mavjud (kerakli ma'lumotni tezda izlash, ixchamlik va h.k.).
Har bir elektron darslik ma'lum bir me'yorlarga, ichki struktura va formatga ega bo’lishi uni boshqa darsliklar bilan bog’lash va yagona bir yillik masofaviy o’qitish tizimini yaratish imkonini beradi.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari predmeti maktabda o’qitiladigan barcha fanlarni umumiy kompleksda integratsiyalashga tayanadi. Turli fanlardan elektron darsliklar yaratilishi va IHTA predmetini o’qitish jarayonida ulardan foydalanish, fanlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda fanlararo aloqa didaktikaning kompleks muammolaridan hisoblanadi. Ma'ruzadaa
8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida elektron darslik yaratilishini ko’rib chiqamiz. Keltirilgan darslikda asosan illyustratsiyalardan foydalanilgan va yana bir jihati bu erda darslik yaratishning avtomatlashtirilgan vositalaridan keng foydalanilgan.
Elektron darslik strukturasi. Darslikning ichki strukturasini, ya'ni foydalanuvchi ko’rib turadigan elementlarini ko’rib chiqamiz. Darslikning qiymati uning mazmunidadir. Agar o’quvchi bu darslikdan foydalanib keyinchalik imtihon topshiradigan bo’lsa, u holda material mazmunini 3ta ko’rinishda berishni taklif qilamiz:

  1. Mant, rasm, jadval, grafik shaklida ( ya'ni kitobdagi shaklda, lekin bu erda kitob shakliga xos bo’lmagan animatsiya, video va ovoz elementlari, ma'lumotni izlash imkoniyatlari ham bo’lishi mumkin).

  2. Sxema-kurs ko’rinishida, ya'ni darslik strukturasi tushunarli bo’lishi uchun darslik mazmuni qisqartirilgan grafik-matn shaklda beriladi.

  3. Test tizimi (o’z bilimini tekshirish) shaklida – tinglovchiga maxsus interaktiv tizim vositasida, o’quv materialini savollar va javoblar shaklida berilishi. Test kompyuter bilan bellashuv, o’yin jixatlari bilan o’quvchilar uchun darslikning eng qiziqarli qismi bo’lishi mumkin.

Bitta materialning bunday uchta shaklda berilishi uni takrorlash va eslab qolish imkonini yaratadi. Elektron darslikning strukturasiga to’htaladigan bo’lsak, u quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:

  • muqova;

  • titul ekran;

  • mundarija;

  • annotatsiya;

  • o’quv materialining to’liq matni (sxema, jadval, illyustratsiya, grafik);

  • o’quv materialining qisqacha mundarijasi (sxemakurs shaklida);

  • qo’shimcha adabiyotlar;

  • o’z bilimini tekshirish tizimi;

  • cheklangan nazorat tizimi;

  • matn fragmentlarini izlash;

  • mualliflar ro’yxati;

  • tayanch iboralar;

  • darslikni boshqaruvchi elementlar bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma.

Elektron darslikka qo’yiladigan yana bir talabga e'tibor berish lozim: o’quv materiali va uning dasturiy ta'minoti o’z ishini avtomatik tarzda boshlaydigan bitta lazer diskda joylanishi lozim. Qattiq diskda esa foydalanuvchi o’zi yaratgan ma'lumotlar joylanishi mumkin.


Muqova. Darslik muqovasi o’z ichiga grafik, animatsiya, video yoki xaraktlanuvchi darslik annotatsiyasidan iborat bo’lsa o’ziga jalb qiluvchi xususiyatga ega bo’ladi.
Titul ekran. Titul ekranda darslik nomi, yuqori tashkilot haqida, mualliflik huquqi haqida, darslikning attestatsiyadan o’tganligi haqida ma'lumot, sana, tashkilot, mualliflar haqida ma'lumotlarni o’z ichiga oladi.
Mundarija. Mundarija darslikning asosiy elementi hisoblanadi. Bir tarafdan darslikning turli qismlariga tez va qulay o’tish uchun to’liq bo’lishi, va shu bilan birga bitta ekranda jolanishi kerak. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, bunday talablarga ikki bosqichli (mavzuG’mavzuosti) mundarija javob beradi.
Bundan tashqari mundarija orqali:



  • o’z bilimini tekshirish tizimiga;

  • cheklangan tekshirish tizimiga;

  • matn fragmentini izlash qismiga;

  • tayanch iboralarga;

  • adabiyotlar ro’yxatiga;

  • darslikning istalgan qismiga o’tish imkoniyati;

  • darslik ishini tugatish;

  • titul ekranga qaytish imkoniyatlari mavjud bo’lishi kerak.

Annotatsiya. Annotatsiya darslikning muqovasida joylashgan bo’lishi mumkin.


O’quv materialining to’liq matni. Elektron darslikning muvaffaqiyatli bo’lishining sharti – unda o’quv materialining to’liq bo’lishidir, ya'ni matn, grafik, jadval, illyustratsiya, animatsiya, video va ovoz qismlarini o’z ichiga olishidir. Darslikning bitta sahifasida matn, va uning ichidagi grafik elementlar, sahifaning qisqacha mazmuni va materialni o’rganish jarayonini boshqarish elementlari joylashadi.
Elektron darslikda o’quv materialining to’liq bo’lishi, ta'lim jarayonida undan foydalanish va qog’ozdagi o’quv materialiga murojaat qilmaslikni ta'minlaydi. Matndagi turli iboralar va ta'riflarga, illyustratsilarga, jadvallarga, grafiklarga yo’llovchi gipermatnlar tufayli elektron darslik qog’oz materiallarga qaraganda o’quv jarayonida qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga uning ihchamligi va nisbatan arzonligi ta'lim oluvchining e'tiboridan holi bo’lmaydi.
Elektron darslikda o’quv materialining to’liq berilishi sahifalarning ko’payib ketishiga olib keladi. Agar har bir sahifaga alohida ishlov berilsa, u holda bunday elektron darslikni yaratishga ko’p vaqt ketadi. Agar sahifaga matnni oddiy holatda joylashtirilsa, u holda bu jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi. Bundan tashqari gipermatnlarni yaratishni avtomatlashtirish ham qulaylashadi. Kichik grafik ob'ektlar esa matn ichida ham joylashtirish mumkin.
Darslik sahifasining strukturasi. Elektron darslik sahifasi bir qancha sohalarni o’z ichiga oladi:


  • sahifaning darslikda joylashgan o’rnini ko’rsatuvchi sohasi ( sahifa nomeri, mavzu yoki mavzu osti nomlanishi );

  • matnga grafik qo’shimchalar ( formula, grafik, jadval va h.k.),gipermatnlar kiritilishi mumkin;

  • sahifadagi o’quv materialining qisqacha mazmuni joylashgan soha (sxemakurs shaklida);

  • sahifada boshqaruv elementlari joylashgan soha ( oldingi, keyingi sahifaga, mundarijaga o’tish tugmalari, yordamchini chaqirish tugmasi);
    sahifadagi matnga aloqador, katta ilmostratsiya va jadvallar darslik resurslarida saqlanadi, yoki boshqa sahifalarda joylashadi. Ular ekranga gipermatnlar yordamida yoki sahifadagi maxsus tugmachalar yordamida chaqiriladi;

  • o’quv materialining qisqacha mazmuni. O’quv materialining to’liq matni bilan bir qatorda qisqacha mazmunining ham bo’lishi juda muhim. Sxemakurs shaklida, ya'ni grafik-matn shaklida (strukturali blok-sxema) berilishi yaxshi samara beradi.

O’z bilimini tekshirish tizimi. O’z bilimini tekshirish tizimiga aloxida e'tibor berilishi kerak. Darslikning hamma qismini qamrab olgan, bilim darajasini yaxshi nazorat qiladigan bo’lishi lozim. Darslik bazasidagi barcha savollar o’quvchi uchun tushunarli va qulay tarzda taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga, har bir javob baholanishi, umumiy natija va vaqt hisobi olib borilishi kerak.


Matn fragmentlarini izlash. Darslikda bunday funktsiyaning bo’lishi shart. Izlash ikki variantda bo’lishi mumkin: izlanayotgan elementni alohida izlash yoki shu elementni o’z ichiga olgan so’zlarni ham izlash.
Mualliflar ro’yxati. Odatda, mualliflar ro’yxati alohida saxifada keltiriladi. Bu saxifada nafaqat darslik mualliflari, uning elektron versiyasini yaratganlarning ham ro’yxati beriladi. Bundan tasho’ari darslikni yaratgan tashkilotning to’liq rekvizitlarini ham joylashtirish mumkin.
Tayanch iboralar. Iboralarga berilgan ta'rif gipermatn yordamida namoyon bo’lishi mumkin, lekin bu saxifaning gipermatnlar bilan to’lib ketishiga olib keladi, chunki gipermatnlar nafaqat iboralarning ta'rifiga, illyustratsiya, jadval, grafiklarga ham yo’llovchi bo’ladi. Shuning uchun tayanch iboralar va ularning ta'riflarini alohida saxifada joylashtirgan ma'qul. Zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida, ta'lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi. Biz bu maqolada shu vazifalardan biriga, ya'ni zamonaviy axborot texnologiyalarining multimedia vositalaridan foydalangan holda ta'lim berishning yangi bosqichiga, elektron darsliklarni ta'lim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga to’htalib o’tdik.

Download 88.17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 88.17 Kb.