|
I bob. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish masalasining qo‘yilishi
|
bet | 1/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 60,66 Kb. | | #238652 |
Bog'liq Adhambek t
KIRISH 1
I .BOB. “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI
INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITISH MASALASINING QO‘YILISHI
1.1.“Informatika va axborot texnologiyalari”fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish masalalari 5
1.2. Innovotsion ta’lim texnologiyalari 9
1.3. Masalaning qo‘yilishi va uning amaliy ahamiyati 11
II.BOB. TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUVCHILARNI INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITISH
2.1. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda interfaol usullarning o‘rni va ularni qo‘llash…………………………………………………………….12
2.2. “ Informatika va axborot texnologiyalari” fanining zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish………………………………..17
2.3. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarilarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish ……………………………………….……………………………….22
XULOSA………………………………………………………………………….23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………………25
KIRISH
Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish borasida keng islohatlar olib borilayotgan davrda yoshlarning axborot madaniyatini shakllantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchi va talabalarning axborot madaniyatini shakllantirish ta’lim muassasalarida va keyingi bosqichda Oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish davrida amalga oshiriladi .
Shuning uchun, ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnoloiyalari asosida o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan, birinchidan umum ta’lim fanlardan biri bo‘lib hisblansa, ikkinchidan fan doirasida olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘quvchilar bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatlarida qo‘llay olishlari kerak. Shuning uchun, ta’lim tizimidagi har qanday umum ta’lim fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan ham o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun kelgusida biz kasbiy faoliyatimizda o‘quv maqsadlarimizni aniq va ravshan qo‘yishimiz, o‘qitishdan ko‘zatiladigan natijani belgilashimiz va o‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishimiz lozim.
Hozirgi davrda olimlar innovatsion ta’lim texnologiyalari tarkibini samarali usul va vositalar asosida tizimlashtirib, ularning tub mohiyatini ochib berishga erishmoqdalar. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga va innovatsion darslarni tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I bob. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish masalasining qo‘yilishi
|