• Individual loyihadan kutilayotgan natija
  • 1.1.“Informatika va axborot texnologiyalari”fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish masalalari
  • 1.2. Innovotsion ta’lim texnologiyalari
  • 1.3. Masalaning qo‘yilishi va uning amaliy ahamiyati
  • II.BOB. II.BOB. TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUVCHILARNI INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITISH.
  • I bob. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish masalasining qo‘yilishi




    Download 60,66 Kb.
    bet2/6
    Sana16.05.2024
    Hajmi60,66 Kb.
    #238652
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Adhambek t

    Individual loyihaning оb’ekti –- ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishmi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida tashkil qilish.
    Individual loyihaning predmeti – ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini ishlab chiqish.
    Individual loyihaning maqsadi – ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarni o‘rganish.
    Individual loyihadan kutilayotgan natija – ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarni qo`llash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
    I .BOB. “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITISH MASALASINI QO‘YILISHI
    1.1.“Informatika va axborot texnologiyalari”fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish masalalari
    Ma’lumki, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘z xususiyatiga ko‘ra fanlararo xarakterga ega bo‘lgan kompleksli ilmiy yo‘nalish hisoblanib, boshqa ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Shuning uchun u fan-texnika va ta’lim tizimlarida integrativ funksiyani bajaruvchi fan sifatida tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan buy on mamlakatimizda axborotlashtirish va ta’limda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash muammolariga xukumatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda.
    Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlangani bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
    Ta’limning bugungi vazifasi yoshlarni kun sayin oshib borayotgan axborot – ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
    O‘zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotg islohatlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.
    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim tizimi oldiga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga qo‘llash masalalarini rejalashtirib, uzluksiz ta’lim bosqichlarida o‘quv jarayonini axborot texnologiyalari bilan ta'minlashni yuksaltirish kabi dolzarb muammolarni hal qilish vazifalarini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
    Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv- laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma'naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish hozirgi kun talabi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimiz rahbari “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida “Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”, - deb ta’kidlaydi.
    Shunday ekan o‘quvchi, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish maqsadida fanlar yuzasidan, ularning mustaqil izlanishlar asosida harakat qilishini ta’minlash va yangi pedagogik texnologiyalar, o‘quv qo‘llammalar, elektron darsliklar, elektron kutubxonalarni yaratish, ulardan foydalanish usullarini o‘rgatish muhimdir.
    Shuning uchun endilikda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini bitirib, Oliy o‘quv-yurtlarining texnik yo‘nalishlariga o‘qishga kirgan talabalar, bularni “Informatika va axborot texnologiyalari” fani sifatida o‘zlashtiradigan bo‘ldilar. Shuningdek, ushbu fanga ajratilgan soatlar hajmi ham keyingi yillarda oshdi.
    Respublikamizning ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda yagona yondoshuvga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash, tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek ularning axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga e’tiborni qaratishimiz kerak.
    “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish;

    • Kasb-hunar kollejlarida, akademik litsiy va Oliy o‘quv yurtlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda aniq maqsad va vazifalarni hamda chegaralarni belgilab olish. Bunda Blum taksonomasi bo‘yicha bilimlar kategoriyasini har ikkala ta’lim bosqichi uchun belgilab berish;

    • fan bo‘yicha ishlab chiqiladigan namunaviy dasturlar, ular asosida yaratiladigan ish dasturlarida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy oriyentatsiyasini inobatga olish va albatta fanning kalitli bo‘limlarini qoldirish;

    • ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini kengaytirish hisobidan har bir o‘quvchiga haftasiga 8-10 soat mustaqil kompyuterda va tarmoq resurslarida ishlash imkoniyatlarini yaratib berish;

    • fanni o‘qitishni pedagogik texnologiyalarini, uslubiyotini, to‘la o‘zlashtirish tamoyilini, mustaqil bilim olish, shaxsga yo‘naltirilgan hamkorlik va ijodkorlik pedagogikasini qayta ko‘rib chiqish;

    • global tarmoq resurslaridan samarali foydalanish, axborot almashuv tezligini oshirish uchun optik tolali aloqa liniyasiga ulanish masalasini hal etish;

    • o‘quvchilarni axborotga bo‘lgan xuquqlarini hamda extiyojlarini to‘la qondirish;

    • ta’lim muassasalari talabalari uchun o‘quv-uslubiy ta’minot yaratish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish;

    • ta’lim muassasalarini litsenziyali dastur mahsulotlari bilan ta’minlashni tashkil etish;

    • Informatikaning dolzarb yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ularni alohida fan sifatida shakllantirish;

    • umumiy o‘rta ta’limda hamkorlik pedagogikasi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va Oliy ta’limda ijodkorlik pedagogikasini tadbiq etish;

    • “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan o‘quv muassasalarini standartlar va dasturlar bilan ta’minlashda muvofiqlashuviga erishish;

    • tizimli va tadbiqiy dastur ta’minoti bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish va mutaxassislar uchun programmalash asoslarini chukurroq o‘rgatishni ta’minlash;

    • o‘quvchilarga ijodiy qobiliyatni rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi, ta’minlovchi ta’lim olishni intellektual tizimining yangi avlodini yaratish.

    Shuningdek, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, fanning alohida bo‘limlarini chuqurroq egallash maqsadida ularga maxsus kurslarni va bo‘limlarini tanlash va ularni kengroq o‘rganish huquqini berish kerak .
    Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan masalalardan eng muhimi, o‘quvchilarning jahon axborot infrastruktura bozoridan unumli foydalanishlari uchun barcha shartsharoitlarni yaratib berish va fanni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va o‘quvchilarning axborot madaniyatini to‘la shakllantirish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishdir.
    1.2. Innovotsion ta’lim texnologiyalari
    Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish innovatsion pedagogikani keltirib chiqardi. Innovatsion - (ingliz.) - yangilikni kiritish (tarqatish) ma’nolarini anglatadi.
    Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti Amerika innovatsiyachisi E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo‘lgan munosabati va boshqalarni ko‘rsatgan.
    Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.

    • “Yangilik” - bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.

    • “Innovatsiya” - bu ta’lim; ma’lum bosqichlari bo‘yicha rivojlanadigan jarayon.

    Innоvatsiya-bu yangi tехnоlоgiyalarga, yangi ishlab chikarish оmillariga tadbiq etilgan yangi bilimlardan fоydalanish(yoki ma’lum bilimlardan yangicha fоydalanish) yo‘li bilan yangi eхtiyojni qоndirishga qaratilgan хarakat yoki bunday хarakat natijasi(yoki eski eхtiyojni ancha samarali qоndirishning yangi yo‘lini taklif etish)
    Innovatsion faoliyatning subekti - o‘qituvchining shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda pedagog shaxsining ijtimoiy, madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo‘ladi.
    Pedagogning innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
    O‘qitishdagi innоvatsiоn tехnоlоgiyalar-bu talabalarning tizimli ijоdiy fikrlashini va ijоdiy masalalarni yеchishda nоstandart gоya-fikrlar bildirish qоbiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan tехnоlоgiyalardir.
    Innоvatsiоn o‘qitishning pirоvard natijasi quyidagilardan ibоrat:

    • talabada bоshqa ko‘pchilik оdamlar uchun ko‘rinmaydigan narsani ko‘rish qоbiliyatini aniqlash va rivоjlantirish;

    • talabaning ko‘rganini,yangi narsa yaratish nuqtai nazaridan, taхlil qilish qоbiliyatini rivоjlantirish. Bunda faqat yangilik emas,balki muammо yoki masalani samarali хal etish maqsadi qo‘yiladi.

    Multimеdia vоsitalari asоsida o‘quvchilarga ta’lim bеrish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hоzirgi kunning dоlzarb masalaridandir. Multimеdia tushunchasi 90 – yillar bоshida hayotimizga kirib kеldi. Uning o‘zi nima dеgan savоl tug`iladi? Ko‘pgina mutahisislar bu atamani turlicha tahmin qilishmоqda. Bizning fikrimizcha, multimеdia – bu infоrmatikaning dasturiy va tехnikaviy vоsitalari asоsida audiо, vidiо, matn, grafika va animatsiya (оb’еktlarining fazоdagi хarakati) effеktlari asоsida o‘quv matеriallarini o‘quvchilarga еtkazib bеrishning mujassamlangan hоldagi ko‘rinishidir.
    Amaliyot shuni ko‘rsatmоqdaki, multimеdia vоsitalari asоsida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barоbar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimеdia vоsitalari asоsida bilim оlishda 30 % tеjash mumkin bo‘lib, оlingan bilimlar esa хоtirada uzоq muddat saqlanib qоladi. Agar o‘quvchilar bеrilayotgan matеraillarni ko‘rish (videо) asоsida qabul qilsa, aхbоrоtni hоtirada saqlab qоlinishi 25-30 % оshadi. Bunga ko‘shimcha sifatida o‘quv matеriallari audiо, vidiо va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan hоlda bеrilsa, matеriallarni hоtirada saqlab qоlish 75 % оrtadi.
    1.3. Masalaning qo‘yilishi va uning amaliy ahamiyati
    Ta’lim muassasalarida Infоrmatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishni interfaol usullarni qo‘llash natijasida dars samaradorligini oshirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan:

    1. Ta’lim muassasalarida o‘qitishni interfaol usullardan foydalanish;

    2. Ta`lim jarayonini faollashtirishni tahlil qilish va shu asоsda interfaol ta`lim texnologiyalari vositalarini tizimlashtirish;

    3. O‘qituvchi va o‘quvchining kompyuterli ta`limdagi faоliyatini nazariy va amaliy tahlil etish;

    4. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda interfaol metodlarni tashkil etish, uning samaradоrligini aniqlash yuzasidan kasb-hunar kollejida pedagogik tajriba o‘tkazish va tajriba sinov ishlarini statistik tahlil qilish.

    Ishni bajarish davomida quyidagi muammolarni yechish maqsad qilib olindi:

    • Mavzuga oid adabiyotlarni to‘plash va tahlil qilish;

    • Dars yaratishda foydalaniladigan dasturlarni tahlil qilish;

    • Shuningdеk, bajarilgan tadqiqot ishi bo‘yicha xulosani ishlab chiqish hamda individual loyihani bajarish davomida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish talab etiladi;

    • Yaratilgan dars mahsulotidan foydalanish yo‘riqnomasini ishlab chiqish.

    II.BOB. II.BOB. TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUVCHILARNI INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITISH.
    2.1. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda interfaol usullarning o‘rni va ularni qo‘llash
    Keyingi vaqtlarda pedogogik texnologiya masalasi mutaxassislar tomonidan alohida tadqiqot ob’yekti sifatida o‘rganila boshlandi. Bunda pedogogik texnologiya ta’lim, o‘qitish jarayoni maqsadiga va shaxs barkamolligiga erishtirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat samardorligini oshirishning tizimlashtirilgan, loyixalashtirilgan vosita va usullari sifatida talqin qilinadi.Fanlarni o‘qitish o‘qituvchidan mantiqiy usullar asosida pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Chunki fan asoslarini o‘zlashtirish uchun talaba abstrakt tushuncha, (kategoriya)larning mazmun, mohiyatini teran anglab yetishi kerakli, bunga esa o‘qituvchi, eng avvalo, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mantiqiy usullardan mohirlik bilan foydalangani holda qo‘llay bilishi orqali erishadi.
    Zamonaviy pedagogik texnolgiyalar va interfaol usullar asosida o‘qituvchining yangi bilimlarning talabalar tomonidan muayyan o‘quv topshiriq, masalalarni yechishi bo‘yicha muammoviy vaziyatlarni tashkil qilishi va shu yo‘nalishda o‘quv jarayonini boshqarishi tamoyili yotadi.
    Zamonaviy pedagogik texnolgiyalar va interfaol usullardan foydalanish talabalarda fanga bo‘lgan qiziqishini xosil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. Chunki mazkur usullar talabalarning diqqatini qo‘yilgan muammolarning mohiyat-ahamiyatini anglab olishga va ularning yechimi ustida mustaqil, tanqidiy muhokama yuritishga yunaltiradi.
    Zamonaviy pedagogik texnolgiyalardan foydalanish uchun bir qator interaktiv usullardan foydalanish mumkin. Bu usullar qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qaratilgan bo‘lib, bunda mantiqiy usullar, xususan, tushunchani ta’riflash va bo‘lish, umumlashtirish va chegaralash, savollar tuzish, baxs va boshqalar nazariymetodologik mavqeini egallaydi.
    Pedagogik texnologiyalardan biror bir fanni o‘qitish jarayonida foydalanish o‘qituvchidan informatika va axborot texnologiyalari fani asoslarini yaxshi bilishni, uning qonun-qoidalari va usullarini amaliyotda qo‘llay bilish malakasiga ega bo‘lishini talab etadi.
    Informatika va axborot texnologiyalari fani didaktikasi va o‘qitish metodikasida asosiy o‘rinlardan yana birini o‘qitish usullari egallaydi.

    Download 60,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 60,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish masalasining qo‘yilishi

    Download 60,66 Kb.