“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarilarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish




Download 60,66 Kb.
bet5/6
Sana16.05.2024
Hajmi60,66 Kb.
#238652
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Adhambek t

2.3. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarilarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda nazariy mashg‘ulotlarda berilgan bilimlar mustahkamlanadi.
Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi o‘quvchilarda bilimlar hosil qilish, o‘quv va malakalarni shakllantirish hamda ular tafakkurini takomillashtirishdan iborat ekan, o‘quvchilarga o‘qish, yozish, gapirish, tinglash, fikrlash ko‘nikmalarini birdek rivojlantirib borish lozim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun informatikadan amaliy mashg‘ulot jarayonida turli mazmundagi mashqlarni bajartirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliy mashg‘ulotlar talabada bilimni mustahkamlovchi ularni yangi vaziyatga ko‘chirib, amaliy masala va vaziyatlarni hal qilish uchun umum-pedagogik tushunchalar va asosiy pedagogik mahoratlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda asosiy metodlar quyidagilardan iborat: - topshiriqlarni bajarish;

  • pedagogik vaziyatlar ishlab chiqish;

  • umumlashtiruvchi sxemalarni modellashtirish;

  • kerakli ma’lumotlarni topish; - mustaqil (qo‘shimcha) bilim olish.

Ikkita oxirgi metodlardan ko‘rinib turibdiki, mashg‘ulotlarda izlanish metodlaridan foydalanib, qisqa tekshirish ishlari olib boriladi. Talabalar ilmiy matnlar, ma'lumotnoma va tarixiy-pedagogik adabiyotlar bilan ishlab standart, ekstremal vaziyatlarda tez va to‘g‘ri psixalogik-pedagogik qaror topishlari, hamda keyingi izlanishlar rejasini ham tuzadi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari individual shaklda o‘tkaziladi. Har bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi laboratoriya ishlarini tuzadi. Laboratoriya ishlari quyidagi qismlardan iborat:

  • mavzu;

  • ajratilgan soat;

  • asosiy o‘quv maqsadi;

  • kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar; - vazifalar va ularni bajarish uchun tavsiyalar; - mustaqil bajarish uchun savol va vazifalar.

XULOSA
Zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llanilayotgan sohalarni bugun har yerda, har qadamda uchratish mumkin. Multimediya texnologiyalari (proyektor), elektron doska va hakazolar kundalik turmushimizga kirib keldi. Shu nuqtai nazardan olib qaragandada o‘quvchi-yoshlarni zamonaviy axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o‘rgatish, ularda o‘z faoliyat sohasida yangi axborot texnologiyalari va interfaol usullardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini xosil qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha nazariy va amaliy darslarni tashkil etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish o‘rganilayotgan mavzuning yana keng qamrovli tushinib olishiga, bilim ko‘nikma va malakalarning mustahkamlanishiga olib keladi.
Ta’lim muassasalarida Infоrmatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishni interfaol usullardan foydalanildi. Ta’lim jarayonini faollashtirishni tahlil qilish va shu asosda interfaol ta’lim texnologiyalari vositalarini tizimlashtirildi,
O‘qituvchi va o‘quvchining kompyuterli ta’limdagi faoliyatini nazariy va amaliy tahlil etildi. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda interfaol metodlarni tashkil etildi, uning samaradоrligini aniqlash yuzasidan kasb-hunar kollejida pedagogik tajriba o‘tkazish va tajriba sinov ishlarini statistik tahlil qilindi.
Dars jarayonida turli xil boshqotirmalar, krassvort, testlar va dasturlarni o’rgatuvchi video lavhalardan foydalanib faollshririldi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin, ta’lim muassasalarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish darslarning mazmunli tashkil etilishi va talabalarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda mustahkam bilim olishlariga yordam beradi.

Download 60,66 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 60,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarilarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish

Download 60,66 Kb.