• Insert texnologiyasi”
  • I bob. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish masalasining qo‘yilishi




    Download 60,66 Kb.
    bet3/6
    Sana16.05.2024
    Hajmi60,66 Kb.
    #238652
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Adhambek t

    O‘qitish usuli (metodi) (grekcha metodos - biror narsaga yul so‘zidan) - bu ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o‘qitish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining bir-biri bilan bog‘langan faoliyatining tartiblangan usullaridir.
    O‘qitish metodlarining muammosini qisqacha “qanday o‘qitish kerak?” degan savol yordamida ifoda qilish mumkin. Lekin shuni e’tirof etish lozimki, ushbu savolga javob olish uchun “Nima uchun o‘qitish kerak?”, “Nimalarni o‘qitish kerak?” va “Kimlarni o‘qitish kerak?” kabi savollar bo‘yicha yetarlicha axborotga ega bo‘lish kerak. Ana shundagina o‘qitish maqsadi va mazmuniga, o‘quvchilarning fikrlash faoliyati darajasiga to‘liq javob bera oladigan o‘qitish metodlarini tanlash masalasi xal etilishi mumkin.
    O‘qitishning maqsadi va vazifalari o‘qitish metodini yagona ravishda aniqlamaydi. Ma’lum bir mazmun bir necha metod bilan urganilishi mumkin. Bunda albatta xar bir metod yordamida o‘qitish maqsadlariga erishiladi.
    O‘qitish metodlari ko‘p qirralidir. Shu sababli ham ularni ko‘plab tasniflari mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo‘yicha jamlanadi.
    Ma’lumki, “Informatika va axborot texnologiyalari” o‘quv predmetining asosiy vazifasi o‘quvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalarining ba’zi bir umumiy g‘oyalari bilan tanishtirish, axborot texnologiyalarining amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi ro‘lini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni xisobga olgan holda, o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o‘qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo‘llsh lozim.
    Masalan, ko‘pchilikka ma’lum va ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini bolalarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan metoddir.
    “Kadrlar tayyorlash milliy dastri”da o‘sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan kilib tarbiyalash vazifasi qo‘yilgan. Ushbu masalani xal etilishi ko‘p jihatdan o‘qitishning interfaol metodlarini qo‘llshga ham bog‘liq.
    Avvalo “interfaol (interaktiv)” tushunchani aniqlashtirib olaylik. “Interaktiv” degan so‘z inglizcha “interact” so‘zidan kelib chiqqan. “Inter” - o‘zaro, “act” - ish ko‘rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Demak interaktiv deganda o‘zaro ish ko‘rish, faoliyat ko‘rsatish yoki suxbat bilan yoki tartibda kim bilandir (inson bilan) diolog (mulokot) xolatida bo‘lish tushiniladi. Shunday kilib, interfaol o‘qitish - bu, avvalambor muloqotlili o‘qitish bo‘lib, jarayonning borishida o‘qituvchi va o‘quvchi orasida o‘zaro ta’sir amalga oshiriladi.
    Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etadiki unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
    Darslardagi interfaol faoliyat o‘zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin xar bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan diologli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Interfaol usul bitta so‘zga chiquvchining, shuningdek bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini chikarib tashlaydi.
    Interfaol usullardan foydalanib o‘qitishni tashkilotchilari uchun, sof o‘quv maqsadlaridan tashkari quyidagi jihatlar ham muhimdir:

    • guruhdagi o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari jarayonida, boshqalarning qobilyatlarini tushinib yetish;

    • boshqalar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish va ularning yordamiga

    muhtojlik zaruratining shakllanishi;

    • o‘quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.

    Shuning uchun interfaol usullardan foydalanib o‘qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ikkita asosiy funksiyalar amalga oshirilishi lozim:

    • o‘qitishning pragmatik jihati qo‘yilgan o‘quv masalasini yechishlikning

    shartligi;

    • tarbiyaviy masalalarni yechish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam ko‘rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish).

    Ta’lim jarayonida interfaol usullarni qo‘llash
    Aqiy hujum”
    “Aqliy hujum” jamoa bo‘lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi.
    “Aqliy hujum”ning tamoyili juda sodda. O‘qituvchi sinf oldiga masalani qo‘yadi va o‘quvchilarda ushbu masalani yechish bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini bayon qilishni so‘raydi. Ushbu bosqichda xech kimning boshqa ishtirokchilarning g‘oyalari haqida o‘z fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yo‘q.
    “Aqliy hujum” yordamida bir necha daqiqa ichida o‘nlab g‘oyalarni olish mumkin. g‘oyalar soni asosiy maqsad emas. g‘oyalar to‘g‘ri yechimini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
    “Aqliy hujum” ning qoidalari quyidagilardir:

    • taklif etilayotgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi;

    • ish g‘oyalar soni ko‘p bo‘lishi kerak;

    • har qanday g‘oyani kengaytirishga, rivojlantirishga xarakat qilish mumkin;

    • har bir g‘oya yozib boriladi;

    Aqliy hujum o‘tkazish vaqti qat’iy o‘rnatiladi va unga rioya qilinadi.
    “Aqliy hujum” tugagandan so‘ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari, keyinchalik ular bilan ishlash uchun, tanlab olinadi. Tahlil qilinganda avvalo taklifning foydali jihatlariga e’tiborni qaratish lozim.
    Insert texnologiyasi”
    Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    1. Matnni qo‘lda qalam bilan o‘qib chiqish.

    2. O‘qish davomida matnda maxsus belgilar qo‘yib borish:

    + buni bilaman;
    - buni bilmas edim;
    ? buni mukammal bilmokchi edim;
    3. Matn bilan to‘la tanishib chiqilgandan so‘ng quyidagi jadval tuldiriladi:
    Insert tenologiyasining jadvali

    Buni bilar edim

    Buni bilmas edim

    Mukammal bilishni hoqlayman

    +



    ?











    Download 60,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 60,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish masalasining qo‘yilishi

    Download 60,66 Kb.