• II. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KATTALAR MEHNATI BILAN TANISHTIRISH MAZMUNI
  • Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Mavzuning dolzarbligi
  • I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar ishi bilan tanishtirishning nazariy asoslari




    Download 215,5 Kb.
    Sana22.01.2024
    Hajmi215,5 Kb.
    #143509
    Bog'liq
    TEXNOLOGIYA DARSLARIDA KO\'YLAK ANDOZA CHIZMASINI


    MAVZU: TEXNOLOGIYA DARSLARIDA "KO'YLAK ANDOZA CHIZMASINI CHIZISH VA MODELLASHTIRISH " MAVZUSINI O'QITISH METODIKASI
    Reja:
    KIRISH
    I. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KATTALAR ISHI BILAN TANISHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
    1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasining ahamiyati
    1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kattalar mehnati bilan tanishtirishda oilaning ahamiyati
    II. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KATTALAR MEHNATI BILAN TANISHTIRISH MAZMUNI
    2.1. MTT turli yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish texnologiyalari
    2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kattalar mehnati bilan tanishtirishda ilm-fan, tabiat markazining ahamiyati
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi vaqtda hukumatimiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, tikilgan buyumlar, jumladan kiyim-kechaklar assortimenti strukto’rasini ya’nada takomillashtirish, sifatini yaxshilash, tikuvchilik tarmog’ini jadal rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vazifalarini ilgari surdi. Bu vazifalarni muaffaqiyatli amalga oshirish uchun yengil sanoatning tikuvchilik tarmog’iga qarashli korxonalarni texnik jihatdan qayta qo’yiladiganlantirish va qayta qurish yangi kompleks–mexanizasiyalashtirilgan jarayonlarni yangi texnika va ilg’or texnologiyani joriy etish, yangi materiallar, xususan qistirmabop materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun kiyim detallarining konto’rlarini, baza konstruksiyalarini unifikasiyalash ishlarini yo’lga qo’yish talab qilinadi. Tayyor kiyim yuqori sifatli va uni tikish (ishlab chiqarish) iqtisodiy samarali bo’lishi uchun kiyimni loyhalash vaqtidayok bunga zamin yaratiladi. Tikuvchilik sanoati xodimlari ayni kunda loyhalash vaqtida bo’lg’usi buyumning sifatini yaxshilash imkoniyatlarini izlaydilar va topishga harakat qiladilar. Kiyimni konstruksiyalash uni loyhalashning eng muhim qismi va murakkab ijodiy ish bo’lib, badiiy konstruktorlik hamda texnik vazifalarning yechimini qamrab oladi. Kiyimni konstruksiyalash deganda, odatda kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o’zaro ulab-tikib, muayyan razmerdagi va formadagi yaxlit buyum holatiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi. Turli xil va modeli kiyimning konstruksiyasi uning va tikish texnoldog’iyasining takomillashuviga hamda modaga qarab o’zgarib to’radi. Bu hol yangi modeldagi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqishni bir muncha murakkablashtiradi ishni yengillashtirish uchun tipovoy va baza konstruksiyalaridan keng foydalaniladi. Kiyim kechakni loyihalashtirish vaqtida konstruksiyaning texnologik (ishlov berish) jihatdan qulayligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi. Texnologik qulaylik deganda, buyum konstruksiyasining sifat ko’rsatkichlaridan birini ifodalovchi xossalari majmui tushuniladi. Kiyimning texnologik jihatdan qulay konstruksiyasi iste’molchilarning hamda korxonaning talablariga juda mos keladi. Kiyim detallariga texnologik ishlov berish va ularning yig’ishning eng murakkab metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini tug’diradi. Konstruksiyaning texnologik qulayligiga erishishda loyihalash bosqichlarining hammasi o’z ulushini qo’shadi. Kiyimni loyihalashda hal qilinadigan asosiy masalalar forma va uni hosil kila bilishdan iborat. Hozirgi kiyimlar asosan tukilgan gazlamadan trikotaj, charm, mo’yna va boshqa materiallardan tikiladi. Kiyimga forma berish usullari ishlatiladigan gazlamaning xossalarini nazarda to’tib tanlanadi. Zamonaviy kiyimlarga yassi tukilgan materiallar, xususan forma hosil qilishning uchta asosiy metodini va ularning kombinasiyasini kullashga imkon beradigan gazlamalar ishlatiladi. Kiyim formasi konstruksiyasi bo’yicha, ya’ni uni qomatga va gavdaning o’lchamlariga mos keladigan detallarga bo’lish yo’li bilan hosil qilinadi. Yuzaning egrilik radiusi kichik bo’lgan hollarda andozaga qo’shimcha konstruktiv elementlar kiritilishi lozim, bunday element ko’pincha vitochqada iborat bo’ladi. Gazlamaning draplanuvchanligiga va to’rsimon tuzilishidagi materialning sirpanchiqlik (harakatlanuvchanlik) xossasiga asoslanib, kiyimga shakl berish, ya’ni forma hosil qilish metodi kiyimlarni bichib tikish usullarini kelib chiqishidan oldin kullanilgan. To’rsimon tuzilishdagi gazlamaning sirpanchiqligi aniqrogi harakatchanligidan aslida qiyasiga bichish usulidan keng foydalaniladi, biroq kiyimni kiygan vaqtda materialning tanda va arqoq iplari orasidagi burchaklar egri yuzalarda qayta taksimlanib, o’zaro mos holda joylashuvini hisobga olgan holda bu xususiyatdan odatdagicha, bichish usullarida ham foydalanilmoqda. Forma hosil qilishning bu metodida ko’pgina choklarga va vitochkalarga deyarli xojat qolmaydi, boshqacha aytganda, ular yo qisman, yoki butunlay yo’qotiladi. Kiyim tikiladigan materiallarning draplanuvchanligi deganda, ularning egiluvchanlik, blanglash xususiyati va harakatchan yengil burmalar hosil qilib, xilpillangan forma kasb etish xususiyati tushuniladi. Bu metod kiyimlarning ancha murakkab formalarini hosil qilishga imkon berganligidan asosan, Xotin-qizlar ko’ylaklarini loyihalashda qo’llaniladi. Kiyim kechakka nam issiqlik ishlovi berilganda, ya’ni suv purkab dazmollanganda materialning dag’al strkto’rasi go’yo o’zgaradi (iplar, tolalar cho’ziladi, taranglashadi, siqiladi, iplar sistemalari qiyshadi), materialning molekulyar sitemasi o’zgardi. Sintetik tolalardan tukilgan gazlamalar paydo bo’lgunga qadar materiallarning suv purkab dazmollash (nam issiqlik ishlovi berish) tikilgan kiyimga hajmiy shakl berishning asosiy metodi hisoblanib, ularni to’rlantirish imkoniyatini tug’diradi. Dazmollash chala fabrikat shaklini o’zgarishiga qarab, quyidagi to’rlarga ajratiladi:
     Dazmollab, cho’zib detallar o’lchamlarini kattalashtirish
     Suv purkab dazmollab detallar razmerini kichraytirish
     Choqlarni bir tomonga yotqizib dazmollash
     Choqni ikki tomonga qayirib dazmollash
     Dazmollab chok solish.
     Dazmol teggan joydagi yaltiroqni bug’lab ketkazish
     Presslash Konstuktiv metod tikuv materiallarning shakliga bog’liq bo’lmaganligidan universal metod hisoblanmoqda va yuqorida aytib o’tilgan metodni siqib chiqarmoqda. Kishining badanini atrof muxitning salbiy ta’siridan ximoyalaydigan libos kiyim kechak deb ataladi. Kiyim kechak insoniyat tarakkiyotinig ilk bosqichlarida paydo bo’lgan. Kiyimning materiali, formasi va bichimiga qarab, kishining to’rmush tarzi, yashaydigan iqlimiy sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi madaniy saviyasi, moddiy farovonligi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Kiyimning hamma qismlari (pidjak, shim, jiletka) poyabzal va boshqa qo’shimchalar bilan birga kostyumni tashkil etadi. Kostyum to’rli mamalakatlar halklari va jamiyatlari o’ziga xos tarzda, taraqqiy qilishlarini, milliy kiyofasini aniq aks ettiradi, shuningdek, kishi shaxsini harakterlaydi. Garderob deganda, bir kishiga yoki bir oilaga tegishli jami kiyim –kechak tushuniladi. Kiyimning yangi formasini eng avvola uning bichimi (silueti) belgilaydi. Bichim (silueti) kiyim formasining tekislikdagi ifodasi. Kiyimning asosiy bichimlari quyidagilardan iborat.  beli yopishib to’radigan bichimli kiyim :  gavdaga yopishib to’radigan bichimli kiyim;  beli qisman yopishib to’radigan bichimli kiyim;  to’g’ri bichimli kiyim;  keng bichimli kiyim. Konstruksiyaning elementlar doimo o’zgarib to’radi. Masalan andaza yelkaning sathi (qiyaligi) tabiiy balandalshtirilgan va pasaytirilgan bo’lishi, yelkaning uzunligi normal uzaytirilgan yoki qisqartilgan yeng o’mizining chuqurligi oshirilgan normal va kamaytirilgan bo’lishi mumkin. Bel chizig’i kiyimning bichimini belgilab beradi; bel chizig’i to’g’ri, gavdaning qisman yopishib to’radigan va keng bo’lishi mumkin. Kiyimning etagi toraytirilgan, normal va kengaytirilgan bo’ladi Kostyumning bichimi yelkaning qiyalik darajasi, qomatiga yeng o’mizining ko’rinishiga, bel chizig’ining past va balandligiga va buyum etagining keng va Kiyimning asosiy bichimlari beli yopishib turadigan bichimli gavdaga yopishib turadigan bichimli to’g’ri bichimli kiyim beli qisman yopishib turadigan bichimli keng bichimli kiyim torligiga bog’liq. Kostyumning formasi konstruktiv yechimlar natijasida va kostyumning ayrim qismlarini birlashtirish oqibatida vujudga keladi. Formaning geometrik ko’rinishining o’zgarishi bichimning o’zgarganligidan dalolatdir; forma shakl jihatdangina emas balki hajmiy (kattaligi) jihatidan ham o’zgardi. Bolalar kiyimi kattalar kiyimining nusxasi bo’lib, barcha detallar takrorlanadi. Bolalar kiyimi hozirgi ko’rinishini kasb etgunga qadar uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tadi. Bolalar kiyimini loyhalashda har bir yosh guruppasiga mansub bolalarning gavda tuzilishidagi o’ziga xos jihatlar hisobga olinadi. Ishlab chiqarishning to’rli bosqichlarida hisoblash texnikasini kullash kiyimning detallari va uzellarini kodlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mahsulot Butunittifoq klassifiqatori MBK da tikilgan kiyimlarning o’nli sistemasidagi egasiz klassifikasiyasi qo’llaniladi. Tikilgan kiyimlar MBK da mustakil klassga ajratilib ,85 nomeri bilan bo’linadi. O’zaro bog’liq shifrlar majmui kod mahsulotning qisqartirilgan shartli belgisi hisoblanadi. MBK da kodlashning o’nli sistemasi qabul qilingan. Har qaysi belgini ta’riflash uchun muayyan miqdorda o’nli razryadlar ajratilgan. Kodning 1va 2 razryadlari «Tikilgan buyumlar» klassi. 3- razryad – kenja klass. Buyumning assortiment bo’yicha klassifikasiyasi: 1-ustki kiyim; 2- kostyum ko’ylakdan iborat kiyimlar; 3- ichki kiyimlar; 4- bosh kiyim; 5- maxsus kiyim va hakozo. 4-razryad - vazifasi jihatidan o’xshash va model-konstruktiv yechimi jihatidan bir-biriga yaqin buyumlarning gruppa-xillari majmui: 1- palto;2- kalta palto; …. 5- ko’ylak;…… 7- erkaklar ko’ylagi va hakozo. 5-razryad - xom ashyo to’ri bo’yicha kenja gruppa: 1- ip gazlamalar; 2- zigir tolasi va aralash toladan tukilgan gazlamalar; 3- shoyilar, sintetik va aralash tolalardan tukilgan gazlamalar va hakozo. 6 – razryad - buyumning jins-yosh belgilari bo’yicha xillari: 1- erkaklar uchun; 2-ayollar uchun; 3-o’g’il bolalar uchun va hakozo. 7-razryaddan 10 razryadgacha xillararo klassifikasiya. Kiyimni loyhalash talablar programmasini tuzishdan boshlanadi. Talablar ikki gruppaga ajratiladi. 1. Iste’molchi (matlubotchilar) talablari. 2. Sanoat-ekanomika nuqtai nazaridan qo’yiladigan talablar. Birinchi gruppaga ekspluatasion, estetik, gigiyenik talablar, kiyimning tovarlik sifatiga, ko’rinishiga oid va boshqa talablar kiradi. Ekspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharaoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, formasining barqarorligi tushuniladi. Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan tikilganligi, yangi otdelkalar ishlatilganligi, istemolchilarning estetik didlarini qondirish tushuniladi. Gigiyenik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, ichki (kiyim ostidagi) nam-teridan yoki tashqi nam (qor-yomg’ir) ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, konstruksiyaning qulayligi (kishining normal fizologik funksiyalariga halakit bermasligi) kiradi. Gigenik talablar bir muncha umumiyroq bo’lib, ergonomik talablarni ham o’z ichiga oladi; erganomik talablarni ham o’z ichiga oladi. Erganomik talablar esa antropometrik, gigenik va psixi-fizologik moslikka oid bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi gruppaga texnologik, standartlashtirish va uning metodlari, tejamkorlikdan iborat talablar kiradi. Tejamkorlik loyhalash harajatlari, ishlab chiqarishni texnologik, konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog’liq harajatlar, shuningdek, iste’molchilarning undan foydalanish harajatlari bilan harakterlanadi. Ko’p modeli potoqlarda tayyorlanadigan modellarga texnologik bir xillik jihatdan qo’shimcha talablar qo’yiladi: bu talablar korxonalarining unifikasiyalashtirilgan barqoror potoqlarda ishlashni ta’minlaydi. Konstruktor faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichlari kiyim detallarining chizmasi-yoyilmasini chizishdan iborat. Bu bosqichdan ko’riladigan asosiy maqsad – detallarning shakli va razmerlarini mumkin qadar aniqroq belgilash; shunday qilinsa, kiyimning detallari yig’ilgandan keyin hosil bo’lgan formasi rassom formasiga mos keladi. Bu ishning qiyinligi va murakkabligi shundaki faqat tar’ifi, eskizi va namunasigina berilgan, lekin o’zi yo’q kiyimning chizmasini – detallarining yoyilmasini chizishga to’g’ri keladi. Buning ustiga, kiyimning sirti murakkab, yoyib bo’lmaydigan sirt hisoblanadi.; shunga ko’ra uning yoyilmasi va hisobi, ya’ni uni chizish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni hisoblab chiqarish va chizmani chizish ancha qiyin. Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning mavjud metodlarni gruppalarga bo’lib, quyidagicha tushuntirish mumkin. 1. Mulyaj metodi. 2. Gavdaning o’lchamlariga va chok haqlariga asoslanish 3. Boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanish. Mulyaj metodining mohiyati shundan iboratki, maneken yoki kishi gavdasiga nakid material (asosiy gazlama, yengil yumshoq qog’oz yoki to’r-kanva) modelning formasiga moslab to’g’nag’ichlar bilan qadab qo’yilib, kiyim detallarining konto’rlari chizib chiqiladi. Bunda asosiy usul –qadashdir. Mulyaj metodi Yordamchi to’r- kanva metodi mulyaj metodining bir to’ri hisoblanadi; bunda gazlamaning iplarini surish-siljitish hisobiga kiyim detallarining yoyilmasi xuddi pardaga o’xshatib yasaladi. Kiyim detallarining yoyilmasini boshlang’ich sirt ma’lumotlariga asoslanib chizish metodlari gruppasi analitik va grafik metodlar degan yordamchi gruppalarini o’z ichiga oladi. Analitik metodlar gavda (sirt) ni razmeri va formasi to’g’risidagi , ma’lumotlarga asoslanadigan nazariy hisoblashlar metodi jumlasiga kiradi. Uning ikkita asosiy to’ri mavjud: Aqademik.P.L.Chebishev metod iva M.P.(razmerlar orasidagi o’tishlarga asoslanish) metodi. P.L.Chebishev metodida yoyiladigan sirtning egriligi aniqlanadi. Bu metod boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanib, kiyimning konstruksiyalash prinsiplarini rivojlantirishga yordam beradi. M.P. metodi yordamchi sistema hisoblanadi; u sistema uchun boshlang’ich razmerlarning to’liq razmerlari bo’lishi shart. Kiyim detallari chizmalarini esa istagan metoda chizish mumkin. Detallarning boshqa razmerlari hisoblash metodida aniqlanadi. Grafik metodga chizma geometriya prinsipi asos qilib olinadi. Jami metodlarning mohiyati yoyilmaydigan sirtlarni uchastka va kichik uchastkalarga bo’lib chiqishdan iborat. Yordamchi uchastkalarning hosil qilingan chizmalari keyinchalik muayyan tartibda ketma-ket joylashtirilib, kiyim sirtining yaxlit chizma yoyilmasi hosil qilinadi. Kiyim sirtining kesimiga qarab quyidagi metodlar farq qilinadi : geodezik chiziqlar metodi (sirtning kesimi geodezik kesimi ya’ni eng qiska yoyilmaning boshlang’ich OU chizig’iga nisbatan perpendikulyar joylashgan eng qisqa X1, X2 , X3 , X4 ) chiziqlar bo’yicha hosil qilinadi; kesuvchi chiziqlar metodi (yoyiliuvchi sir tuch uchastkaga va har bir uchastka kichik uchuastkalarga bo’linadi) ; uchburchaklar metodi (sirt kesimi o’qqa nisbatan joylashgan uchburchaklarga ajratiladi.); gorizontal kesimlar metodi (sirt yo’l-yo’l qilib elementar uchastkalarga bo’lib chiqiladi); to’rt koordinata metodi (sirtqi koordinatalar o’qi chiziladi, so’ngra o’ziga xos nuqtalar qo’yib chiqiladi, nuqtalarning kordinatalari topish yo’li bilan chizma yoyilmadagi vaziyatni aniqlash mumkin); yordamchi yoyish chizig’i metodi tikiladigan materiallarning harakatchanligi (sirpanchiq, silliqligi) ni hisobga olish zarurligiga asoslangan. Maneken (kiyim) da kiyim detallari asosiy zo’riqadigan joylariga koordinata o’qlari hamda yordamchi yoyish chiziqlari chiziladi. Mazkur chiziqlar o’ziga xos kordinatalar sistemasi bo’lib, ular yordamida kiyim detallari yordamida har qanday nuqtaning fazoviy, so’ngra tekislikdagi vaziyatini aniqlash mumkin. Bu metod kiyimga shakl berish texnologiyasi haqida 1-2 mm gacha aniqlikda ma’lumot olishga imkon beradi Kiyim detallarining chizma yoyilmasini gavda o’lchamlari va chok haqiga asoslanib chizishda har xil konstruksiyalash metodlaridan foydalaniladi. Garchi konstruksiyalash metodlarining kamchiliklari ham bo’lsada, ular ancha oson kiyim detallarining forma hamda o’lchamlarini nisbatan to’g’ri aniqlash imkonini beradi, shunga ko’ra dastlabki chizmalar uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblab chiqarishda va ularni hali ham shu metodlar ishlatiladi. Ularning ko’pchilikka ma’lum bo’lganlari hisoblash-o’lchamlar metodi, proporsional hisoblash metodi, kordinatalar metodi, masshtablar metodi va boshqalar. Konstruksiyalashning proporsional-hisoblash metodlaridan birinchi marta ko’plab kiyim tikishda foydalaniladi Bu metodlar hisoblash-o’lchash metodlarining bir to’ridir; bunda bichish o’lchamlari hisoblash o’lchamlariga almashtirilgan. Hisoblash o’lchamlari ikkita asosiy razmer belgisiga ko’krak yarim aylanasining ikkinchi o’lchamiga va rostga proporsional bog’liq holda belgilanadi. Odam gavdasining asosiy antropometrik nuqtalarini aniqlash. Ko’plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni konstruksiyalash va asosiy bazalarni ishlab chiqish uchun maishiy xizmat sistemasidagi konstruktorga standart jussalar, ya’ni mamlakatning jami aholisiga xos jussalar razmeri o’lchamining mukammal harakteristikasi kerak bo’ladi. Bu ma’lumotlarning antropometrik tekshirish, ya’ni kishining gavdasining va uning qismlarini o’lchash yo’li bilan hosil qilish mumkin. Bu ish antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning muayyan nuqtalari antropometrik nuqtalar oralig’i yoki yumshoq gazlamada aniq bilinib ko’rinib to’radigan chegaralar, teridagi o’ziga xos nuqtalar bo’yicha o’lchanadi. O’lchov belgilarini hosil qilish uchun quyidagi antropometrik nuqtalardan foydalaniladi: a - kalla suyagidagi nuqta –tepa dungi; b - bo’yindagi nuqta – 7 – bo’yin umurtqasining o’tkir o’simtasi uchi; v - bo’yin asosidagi nuqta – bo’yinning aylana chizig’i yelka qiyaligi qoq yarmini bo’lgan joyda. g - o’mrov nuqtasi – o’mrov suyagining tush suyagiga birikkan baland joyi; d – tush suyagining yuqori nuqtasi (tush suyagi yuqorisidagi qirqimning o’rtasi); u - tush suyagi o’rtasidagi nuqta - tush suyagi qovurg’alar uchi birikkan sathida joylashgan chizig’ining qoq o’rtasi; j - yelka nuqtasi – ko’krak suyagi akromyal o’simtasining yuqorigi cheti bilan yelka bo’g’imi sohasini ikkiga bo’lgan vertikal tekislik keshishgan joyi; k - bilak suyagidagi nuqta – bilak suyagining tashqi tomonidagi yuqorigi uchi; k - ko’krakdagi nuqta – ko’krak bezining uchi; m - tizzadagi nuqta – tizza qopqog’ining markazi; ye - qirra nuqtasi- yonbosh suyagi qirrasining chetga eng ko’p chiqib to’rgan nuqtasi (bolalarni )antropometrik tekshirish vaqtida bu nuqtaga murojat qilinadi m - tizzadagi nuqta – tizza qopqog’ining markazi; p - kultiqning oldingi burchagidagi nuqta-kul pastga tushirilganda kultiq chuqurchasining oldingi cheti hosil qiladigan yoyining eng baland nuqtasi; o - kultiqning orqa burchagidagi nuqta- kul pastga tushirilganda kultiq chuqurchasining orqadagi cheti hosil qilinadigan yoyning eng baland nuqtasi; p - dummadagi nuqta- dummaning eng baland joyi; r - bel chizig’ining balandlik nuqtasi- biqinning ichga botib to’rgan joyi pastki qovurg’a bilan yonbosh suyagining qirrasi oralig’i; Konustruksiyalash maqsadida quyidagi nuqtalardan foydalaniladi Gavdaning antropometrik chiziqlari Gorizontal konstruktiv chiziq: Bn – bo’yin konstruktiv chizig’i Ye – yelka konstruktiv chizig’i. K – ko’krak konstruktiv chizig’i Bl – bel konstruktiv chizig’i Bk – bo’ksa konstruktiv chizig’i T – tizza konstruktiv chizig’i Tq – to’liq konstruktiv Q – qo’l konstruktiv chizig’i Vertikal konstruktiv chiziqlar: 1 – orqaning o’rtasidan o’tadigan konstruktiv chiziq. 2 – bo’yin asosi kengligi konstruktiv chizig’i. 3 – yon konstruktiv chizig’i. 4 – oldinda o’rta markaziy konstruktiv chiziq. Barcha o’lchovlar vertikal va gorizantal tekisliklarda o’lchanadi. Umurtqa pog’anasi orqali o’tib tanani ung va chap qismlarga bo’ladigan vertikal tekislik, shuningdek, unga nisbatan parallel joylashgan hamma tekisliklar sagital tekisliklar deb ataladi. Sagital tekisliklarga nisbatan tik perpendikulyar joylashgan va tananing oldingi va orqa qismlarga bo’ladigan vertikal tekisliklarga frontal tekisliklar deyiladi. Sagital va frontal tekisliklarga nisbatan tik joylashgan hamda tananing yuqorigi va pastki qismlariga bo’ladigan gorizontal tekisliklar transversal tekislaiklar deyiladi. O’lchov olish vaqtida gavda muayan vaziyatni egallashi, ya’ni kishi zo’riqmasdan to’g’ri to’rishi hamda qomatining odatdagi holatini saqlashi bosh, ko’z, quloq gorizantal chizig’idan chetga og’masligi kullar pastga tushirilgan, barmoqlar yozilgan tizzalar bukilmagan bo’lishi, tovonlar juftlashtirilgan bo’lishi va oyoqlar uchi ikki tomonga kerilishi lozim. Antropometrik tekshirishlar vaqtida trusikdan boshqa kiyimlar va poyabzal yechiladi. Antropometrik tekshirishlar zamonaviy metodikasining o’ziga xosligi shundaki, programmalar, o’lchov to’rlari, o’lchash asboblari, o’lchash sharoitlari, tartib va usullari maksimal darajada unifikasiya qilingan. O’lchov belgilari bosh harflar bilan o’lchanadi va harflar tagiga indekslar yoziladi. Harflar o’lchov to’riga qarab tanlanadi. Masalan, V - balandlik; D – uzunlik, masofa va ko’ndalang yoylar; O - to’la aylana; S - yarim aylana; R - rost; Sh - kenglik (eni) , ko’ndalang yoylar; S - markazlar o’rtasidagi masofa; d - diametrlar, G- chuqurlik Indekslar o’lchangan joyini anglatada. Masalan: Vk - ko’krak balandligi; Dor,uz- orqaning belgacha uzunligi; Ok- ko’krak aylanasi; Shk – ko’krak kengligi; Sk – ko’krak bezlarining uchlari orasidagi masofa va hakoza. Antropometrik tekshirishlar ommaviy ravishda o’tkaziladigan hollarda standartlashtirilgan kontakt o’lchash asboblari qo’llaniladi. Martina sistemasidagi ixcham, metall antropometr bilan balandlik o’lchanadi. Ko’ndalang va oldingi – ketingi proyeksiya diametrlarini o’lchashda juft muftali ustki shtangadan shtangenserkul sifatida foydalaniladi. Katta serkul to’g’ri diametrlarni o’lchashga mo’ljallangan. Aylanalarni o’lchash va yoysimon ko’ndalang hamda bo’ylama o’lchovlar uchun santimetrli tasmalar qo’llaniladi. Tananing massasi medesina muassasalari uchun mo’ljallangan ixcham torozida tortib aniqlanadi. Gavdadan olinadigan o’lchovlar. 1 Bo’yin aylanasi BnA Santimetrli lenta bo’yin nuqtasi va bo’yin asosidagi nuqta orqali o’mrov nuqtasigacha aylanib o’tadi. 2 Ko’krakning birinchi KA1 Santimetrli lenta gavda ort qismi bo’ylab gorizontal qo’ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda aylanasi kukrak bezlari asosining ustidan o’tadi. 3 Ko’krakning ikkinchi aylanasi KA2 Santimetrli lenta kuraklarning turtib chiqqan nuqtalari bo’ylab qo’ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda ko’krakning turtib chiqqan nuqtalari bo’ylab o’tadi. 4 Ko’krak uchinchi aylanasi KA3 Santimetrli lenta kurakning turtib chiqqan nuqtalari orqali tana atrofidan qat’iyan gorizontal o’tadi. 5 Bel aylanasi BlA Santimetrli lenta bel chizig’i darajasida eng ingichka joydan tanani aylanib o’tadi. 6 Bo’ksa aylanasi BkA Santimetrli lenta bel chizig’i darajasida eng ingichka joydan tanani aylanib o’tadi. 7 Orqa bo’lak kengligi OrK Gavda ort qismi bo’ylab qo’ltiq chuqurligining ortki burchaklari orasi gorizontal o’lchanadi. 8 Ko’krak kengligi 1 KK1 Ko’krak bezlarining asosida ustidan qultiq chuqurligining oldingi burchaklari orasi gorizontal o’lchanadi. Bu nazorat qilish o’lchovidir. 9 Ko’krak kengligi 2 KK2 Santimetrli lenta ko’krak bezlarining uchlaridan qo’ltiq chuqurligining oldingi burchaklaridan hayolan pastga tomon o’tkazilgan vertikal chiziqlar orasidan o’tadi. 19 Ko’krak markazi KM Ko’krakni turtib chiqqan nuqtalarining orasi o’lchanadi. 10 Ko’krak balandligi KB Santimetrli lenta bo’yin asosi nuqtasidan ko’krak bezlarining uchlarigacha o’tadi 11 Gavdaning old qismi belgacha uzunligi OlbU Santimetrli lenta bo’yin asosi nuqtasidan ko’krak bezlarining uchlari orqali belgacha vertikal ravishda o’tadi. 12 Yeng o’mizi uzunligi YeO’ U Bo’yin asosi yonida loyihalanadigan yelka chokining eng yuqori nuqtasidan qo’ltiq chuqurligining ort tomon burchaklari darajasida o’tadigan gorizontalgacha vertikal o’lchanadi. 13- 14 Gavda ort qismining belgacha uzunligi OrbU Santimetrli lenta bo’yin asosidan kurak nuqtasi orqali belgacha umurtqa pog’onasigacha parallel ravishda o’tadi. 17 Yelka kengligi YelK Bo’yin asosining nuqtasidan yelka nuqtasigacha o’lchanadi. 18 Yelka aylanasi YelA Qo’lning yuqori qismidan aylantirib qo’ltiq chuqurliklarining burchaklariga taqab gorizontal o’lchanadi. 24 Yeng uzunligi YeU Santimetrli lenta yordamida yelka nuqtasidan sal bukilgan tirsak nuqtasi orqali bilakgacha o’lchanadi. Bir vaqtda yengning tirsakkacha uzunligini ham belgilab olish kerak 22 Bo’ksa balandligi BkB O’tirgan holatda bel darajasidan stulgacha yon tomon bo’ylab vertikal o’lchanadi Yangi materiallardan tikiladigan kiyimlarni konstruksiyalash. Tikilgan kiyimlar assortimentini ko’paytirish va yangilash kiyim tikiladigan materiallarga bog’liq. Erkaklar kiyimi tabiiy va sun’iy iplardan tukilgan materiallardan tikiladi; tabiiy ipga sun’iy ip aralashtirilib tukilgan gazlamalar hammadan ko’p ishlatiladi. Xossasi va strukto’rasi dinamik ravishda takomillashtirilayotgan materiallar jumlasiga kiradigan sun’iy charm, zamsha, mo’yna, trikotaj va notukima materiallar gazlamalardan fizik-mexaniq xossalari jihatidangina emas, balki koliplanuvchanlik xossasi jihatidan ham farq qiladi. Fizik-mexaniq xossalar materialning vazifasini belgilab bersa, qoliplanuvchanlik xossasi forma hosil qilish usulini belgilab beradi. Yangi materiallarni qoliplanuvchanlik xossasi jihatidan ikki gruppaga ajratish mumkin. 1. Sun’iy charmlar, mo’ynalar, zamsha, oshlangan teri, parda qoplangan va shunga o’xshash boshqa materiallar kiritiladi. 2. Trikotaj polotno va notukima materialar. Birinchi gruppaga mansub materiallardan kiyimlar tikishni loyihalashda gavdaga yopishib to’radigan va murakkab bichimlardan foydalanmaslik kerak. Havo almashinuvini yaxshilash maqsadida bunday kiyimlar bloqli, xilpirama koketkali qilinadi va yo’g’on igna bilan qavib tikiladi. Nam o’tkazmasligi uchun kiyimning yelka qismiga pat, pagon tikiladi. Kiyimga shakl berish uchun vitachkalar, bo’rtma baxyalar, qirqma koketka, yirmoch va shu kabilardan foydalaniladi. Kiyimni oldi va orqasi to’kis bo’lishi uchun yelka choki orqa va old yoqa o’mizlari vitachkali qilinadi. Yengning old va tirsak choklari perekat chizig’i tomon siljitiladi, yeng boshiga vitachka qilinadi. Bunday kiyimlarning yenglari, ko’pincha, ikki yoki uch chokli qilib bichiladi. Yoqalarni kesik stoykali qilish tavsiya etiladi. Oshlangan teridan iborat materialdan sun’iy mo’yna va charmdan tikiladigan kiyimlarda choklar sonini iloji boricha kamroq qilish kerak, yon tomonda esa umuman, chok bo’lmagani ma’qul bortlar yaxlit bichilishi, yenglar bir chokli bo’lishi kerak. Yoqa, cho’ntaklar, manjet, koketka va boshqa mayda detallarni loyihalashda burchaklarni ravon egri chiziq bo’yicha dumoloqlash tavsiya etiladi. Shuning uchun 50% sun’iy tola qo’shib tukilgan materialdan tikiladigan plashning tipavoy formasida belgilangan. Bu plash to’g’ri bichimli bo’lib, bari to’g’ridan tugmalanadi, orqasida yirmochi bor, cho’ntakning og’ziga tor tasma ko’rinishidagi jiyak tutiladi, yoqasi kesik stoykali, yengi uch chokli. Plashning old va orqa yarmining chizmalarini chizishda to’g’ri bichimli paltoni konstruksiyalash tipovoy metodikasidan, yenglar uchun uch chokli yengni konstruksiyalash tipovoy metodikasidan va yoki uchun kesik stoykali yoqani konstruksiyalash tipovoy metodikasidan foydalaniladi. Muynadan tikiladigan kiyimlarni loyihalashda mo’yna tukining uzun-qisqaligi, teri qatlamining qalinligi hamda plastikli xossalarini, teri gajaklarining joylanishi terining katta-kichikligiga va hakozolarni nazarda to’tish kerak. Kiyimning to’kisligi uchun tashlab ketiladigan chok haqi teridagi jun qatlamining qalinligiga bog’liq, mo’ynaning tuklari qancha uzun, jun qatlami shuncha qalin bo’lsa, shuncha kam haq tashlash lozim. Trikotaj kiyimlarda uning to’rli qismlarini salgina burib choklash ko’zda tutiladi. Juda chuziluvchan trikotajdan tikiladigan kiyimning detallariga shakl berish uchun yelka choklari, yon choklari va yeng o’mizi sohasini bir oz burish kerak bo’ladi. M U S T A Q I L I SH I № 1 Mavzu: Ayollar o’zbekcha ko’ylagini konstruksiyalash va modellashtirish. Ishdan maqsad: Ayollar ko’ylagini o’lchamlar orqali bichib tikish. Kerakli jihozlar: Gazlama, ip, qaychi, karton, chizg’ich, santimetrli lenta hamda tikuv mashinalari. U M U M I Y M A ‘ L U M O T L A R. An’naviy milliy ko’ylak gavda qismi to’g’ri siluetli, koketka chizig’i bo’ylab burmali bo’ladi. Koqyetka asosan ko’ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig’i bo’ylab dumoloq bo’ladi. Old tomonda koketka bo’laklari bir-birining ustiga o’tib turadi. Yoqasi qirqma, yoqa o’mizi bo’ylab o’tkazma, qaytarma qismining shakli har xil bo’ladi. Bunday ko’ylakning konstruksiyasini tuzish metodlarining boy tarixi bo’lib,unda halq an’nalari hisobga olinadi. O’zbekcha ko’ylakning bo’yi (uning koketkadan pastki qismi) to’g’ri endan tiqilib, gazlamaning gullari butunligigacha saklanadi. Ko’kragi burmali to’g’ri ko’ylak to’la va nozik (ozg’in) gavdali ayollarga ham juda yarashadi. Koketka va yoqa, yeng fasonini o’zgartirish bilan ko’ylakning fasonini har xil qilish mumkin. Fason tanlashda gazlamaning asosiy sifatlarini: yupka qalinligi va gullarining zichligini. Mavsumbopligini va tanlangan fasonning bu gazlamaga mos kelishini Milliy ko’ylak konstruksiyasini beli qirqma bo’lmagan yevropacha ko’ylak konstruksiya asosining chizmasida tuzish varianti taklif etilgan. Ayollarning an’anaviy o’zbekcha ko’ylagida hozirgi paytda ma’lum o’zgarishlar bo’lmay yotipdi. Ko’ylak gavda qismi silueti, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta – kichikligiga va shakliga ko’pgina omillar. Shu jumladan moda ham ta’sir etmoqda. Hozirgi o’zbekcha ko’ylakda turli bezaklar, kuyma burmalar, aylana burmalar, plisse va hakozolar ishlatiladi. Bu esa ko’ylaklarning gavda qismi bilan koketkaning konstruksiyasi bir xil bo’lsa ham ularning tashqi ko’rinishini o’zgartiradi. Ayollar o’zbekcha ko’ylagini andoza chizmasini chizish uchun quyidagi o’lchovlar bo’lishi kerak. O’lchov nomi O’lchov belgisi O’lchov (sm 1. Bo’yinning aylanasi 2. Ko’krak aylanasi 3. Oldingi yeng o’mizining uzunligi 4. Orqa yeng o’mizining uzunligi BA KA OYeUU OYeUU 18 48 30,5 19 5. Orqa koketkaning kengligi 6. Koketka oldining kengligi 7. Ko’ylakning umumiy uzunligi 8. Yengning uzunligi OKK KOK KUU EU 17 15 115 60 ANDOZA ChIZMASINI ChIZISh UChUN: 1. Orqa yeng o’mizining uzunligi 2. Koketka orqasining kengligi 3. Orqadagi yoqa o’mizi 4. Orqadagi yelka qiyaligi 5. Yengning orqa o’mizi 6. Yon choklar 7. Ko’ylakning oldingi yarmi 8. Oldingi yeng o’mizi 9. Oldingi yeng o’mizining uzunligi 10.Oldingi yoqa o’mizi 11.Oldingi yelka qiyaligiga bog’liq bo’ladi. Ishni bajarish tartibi: 1. Ko’ylakning asosiy chizmasini chizish 2. Ko’ylakning o’lchov olinadigan bo’laklarini belgilash 3. Yeng va yoqalar andoza sxemasini chizish 4. Chizilgan sxema bo’yicha andoza tayyorlash Sinov savollari 1. Ko’ylakning tashqi ko’rinishiga va tikishga qo’yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat? 2. Yoqalarni texnik modellash nimalarga bog’liq bo’ladi? 3. Hozirgi zamon kiyimlarini klassfikasiyalash usullarini ayting. 4. Ko’plab tikiladigan va yakka tartibda buyurtma bo’yicha tikiladigan kiyimlarni loyihalash nimalarga bog’liq bo’ladi? Ayollar ko’ylagining asos chizmasi 1 2 3 4 G2 G4 G N N4 G3 26 Milliy o’zbekcha ko’ylakning asos chizmasi 1 6 7 8 9 2 P3 P6 G G3 2 G 23 G1 20 4 17 T T4 B B2 N N4 N5 O’zbekcha ko’ylakning modeli O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI «TASVIRIY SAN’AT VA MEHNAT TA’LIMI» FAKULTETI “Kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish” fanidan M u s t a q i l i sh i Bajardi: 403-guruh talabasi Usmonova D Qabul qildi: S.Ergashova Jizzax -2014 yil Ko’plab tikiladigan va yakka tartibda buyurtma bo’yicha tikiladigan kiyimlarni loyhalash. Kiyim inson tanasining, atrof muhitning har xil ta’sirlaridan asrash vositasi sifatida paydo bo’lgan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kiyim dyeganda to’rli xil matyeriallardan tayyorlanadigan hamda odamni atrof-muhitning noma’qul ta’sirlaridan asraydigan, organizmni normal sog’lom holatini saqlaydigan hamda byezak vazifasini o’taydigan har qanday narsalar tushuniladi. Har qanday kiyim estyetik-gigiyenik, tyexnik talablarga javob byerishi, odamni dam olishida, myehnat qilishida, sport bilan shug’ullanishida qulay bo’lishi kyerak. Odam organizmidan bug’ va karbonat angidrid ajralib to’radi, shuning uchun kiyimni loyihalashda kiyim tagida havo yaxshi almashtirib to’rishini hisobga olish lozim. Odam tyerisi tashqi muhitdan kislorodni yutib, tashqariga karbonat angidrid chiqaradi. Tashqi havo tarkibidagi karbonat angidrid 0,03-0,4 % bo’lgani uchun odam badani atrofidagi karbonat angidrid 0,08 % dan ortsa odam o’zini yomon syezadi. Tashqi havo tyempyerato’rasi past bo’lganda kiyim asosiy muhofaza vazifasini bajaradi va badandan chiqqan issiqlikni tashqi muhitga kam o’tkazadi. Kiyimni tikishdan oldin shu kiyim kiyiladigan joyda atmosfyera havosining tyempyerato’rasi, shamolning eng katta tyezligi, odamning o’rtacha enyergiya sarfi, odam o’sha haroitda qancha vaqt uzluksiz bo’lishini hisobga olish zarur. Kiyim haddan tashqari kyeng yoki tor bo’lmasligi kyerak, chunki tyerlash jarayoni normal va uzluksiz bo’lishi uchun kiyimdan tashqi havo muntazam o’tib to’rishi kyerak. Kiyim nimaga mo’ljallangandan qat’iy nazar odamga yarashadigan bo’lishi kyerak. Kiyimning loyinalashda kiyim eng mukammal tyexnologiyada tikilishi, myehnat unumdorligini oshirishni, mahsulot sifatini yaxshilashni hisobga olish lozim. Tikuvchilik sanoatida qabul qilingan klassifikatsiyaga ko’ra kiyimlar ikki sinfga: maishiy va ishlab chiqarish kiyimlariga bo’linadi. Maishiy kiyim sinfi - ekspluatatsiya haroitiga qarab, ust kiyimlar, yengil kiyimlar, ich kiyimlar, bosh kiyimlar, ko’rpa-yostiq buyumlariga bo’linadi. Buyum nimaga mo’ljallanganiga qarab har qaysi kichik klass gruppalarga bo’linadi: Ust kiyim - pal’to, kalta pal’to, kurtka va hokazo. 1-rasm Yengil kiyim - ko’ylaklar, bluzkalar, erkaklar ko’ylagi, yubka, fartuk va hokazo. Ich kiyim-pijamalar, ishtonlar, cho’milish kostyumlari va hokazo. Bosh kiyim-furajka, shapka, shlyapa va hakazo. Ko’rpa-yostiq buyumlari - ko’rpajilti, ko’rpa va hakazolar kiradi. Jins va yosh alomatlariga binoan guruhlari kichik guruhlarga -erkaklar, ayollar va bolalar kiyimiga ajratiladi. Bolalar kiyimi o’z navbatida maktab yoshidagi bolalar, maktabgacha yoshdagi bolalar, yasli yoshidagi bolalar, chaqaloqlar kiyimlariga bo’linadi. Maishiy kiyimlar fasllarga qarab bo’linadi va qayerga kiyilishiga qarab kundalik kiyim, uy kiyim, tantanali kiyim va sport kiyimiga ajratiladi. Ishlab chiqarish kiyimlari klassifikatsiyasiga mahsus va rasmiy (forma) kiyimlar kiradi. Mahsus kiyimlar odamni zararli muhitdan muhofaza qiladi va kishining ish qobiliyatini saqlashga yordam byeradi. Bular kurtkalar, kombyenzon va hokazolar. Forma kiyimlari tyemir yo’l ishchilari, harbiy, dyengiz xodimlari va boshqalar kiradi. Ommaviy kiyim tikishda razmyer, rost va to’lalik o’lchamlariga binoan tikiladi. Razmyer - ko’krak aylanasi. Rost-kiyim uzunligi. Kiyim razmyerlari quyidagicha: kattalar uchun - 44,46,48,50..60. o’smir bolalar uchun-44,46. Kattalar uchun-38,40,42. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun-32,34,36, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun-26,30. Yasli yoshdagi bolalar uchun-24,26. Barcha razmyerlar uchun ko’krak aylanasi yarmi olinadi. Erkaklar ko’ylagining razmyerlari ko’krak aylanasining o’lchami namda bo’yin aylanasining o’lchami bilan aniqlanadi. Maishiy kiyimlar kattalar uchun to’lalik guruhlariga ajaratiladi: erkaklar uchun byel aylanasiga ko’ra, ayollar uchun buksa aylanasiga ko’ra 1, 2, 3 to’lalikda olinadi. Shimning old bo’lagi astar qo’yiladigan bo’lsa, astarning uchi mahsus mashinada yo’rmalanadi, bukib tikiladi. Chok joylashgan co’ntak chetlariga uka qo’yiladi. Agar cho’ntak qirqma bo’lsa, uka o’rniga cho’ntak xalta qo’yib tikiladi. Cho’ntak qopqog’iga to’rgan shakl byerish uchun unga yelimli qotirma qo’yiladi. chokda joylashgan yon cho’ntak uchini mahsus mashina yordamida puxtalanadi. Shimning yuqori chetiga mahsus tasma qo’yib 5,5-6 sm kyenglikdagi astar bilan qotirma qo’yib tikiladi. Ayollar va qiz bolalar ko’ylaklarining tashqi ko’rinishi, razmyeri va tikilishiga qo’yiladigan talablar qo’yidagicha bajariladi. choklarning ochiq qirqimlari mahsus mashinada yo’rmalanadi. Tikiladigan buyumning dyetallari mahsus mashinada 0,7-0,8 sm kyenglikda chok bilan tikib bir yo’li yo’rmalanadi. Yoqani yoqa o’miziga o’tkazishda bortni ag’darma chok bilan tikayotganda bir yo’la yoqa nam o’tkaziladi, ustki yoqani ort yoqa o’miziga bostirib tikiladi, yoqa ustki yoqani 1 sm uzunroq, (yoqa ko’tarma qirqma tomondan) chiqarib bichilganda, ostki yoqa bilan ustki yoqa birga yoqa o’miziga o’tkaziladi, kyeyin ustki yoqani ichkari tomon bukib, bostirib tikiladi. Ko’ylak ko’krak qismini yubkaga qo’sh baxya bilan yoqa bitta baxya qator yuritib, uka qo’yib ulanadi. Ommaviy tikish uchun qabul qilingan har bir yangi modyel uchun modyel namunasi, andoza etaloni, tyexnik tavsifi, andozalar va tayyor kiyim o’lchovlar jadvali tayyorlab byeriladi. Andoza etalonlari modyel namunasini tikishga, kiyim, dyetallarini chizmasini tayyorlashga ishlatiladi. Modyelning tyexnik tavsifida kiyimning tashqi ko’rinishi, tavsiya etiladigan razmyeri, rosti va to’laligi, dyetallarining klassifikatsiyasi avra, astar va hakazolar ko’rsatiladi. O’lchash jadvalida andoza va tayyor buyumning o’lchanadigan joylari, shu o’lchamlar qiymati ishlov haqi va tayyor buyumning o’lchanadigan joylari, shu o’lchamlar qiymati ishlov haqi va tayyor buyumning o’lchamlaridagi yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan og’ishlar ko’rsatiladi. Tyexnik hartlar kiyimlarni tikishdagi chok haqining kyengligi, solqi miqdorini, baxya yirikligini o’z ichiga oladi. Kiyim tikishda 4 ta standart katyegoriyalari mavjud edi: Davlat standarti, tarmoq standarti, ryespublika standarti, kiyim standarti. Kiyim tikish jarayoni 3 bosqichdan iborat: kiyim modyelini, konstruktsiyasini yaratish va andoza tayyorlash: gazlamalarni bichishga tayyorlash va bichish: buyumni tikish. Tyexnik xujjatlar har bir modyel uchun tavsiya etilgan matyerial, kiyim razmyeri, rosti, to’laligi, tikish tyexnologiyasi, andozalarni qay usulda joylashtirishi, kiyimlarni o’rash va joylash usullari ko’rsatilgan bo’ladi. Korxonaning ekspyeryemyental syexida andozalar va tikish tyexnologiyasi tyekshirib ko’riladi. Gazlamalarni qoldiqsiz bichish uchun nar bir to’p gazlama nisoblab chiqiladi. Gazlamalarning artikuliga, rangiga, eniga, fizik va myexanik xossalarini bir xilligiga qarab matyeriallarni ajratiladi. Har bir yangi modyelga mo’ljallangan matyeriallar uchun kiyimga sarflanadigan gazlama normasini aniqlash maqsadida, andozalar ekspyeryemyental yo’l bilan joylashtirib ko’riladi. Bichilgan dyetallarning sifatini tyekshirib, har bir dyetalga tartib nomyerini tikib, agar gazlama yo’l-yo’l yoqa katak bo’lsa, mayda dyetallarni yo’lini katta dyetal yo’liga moslab chiqiladi. Ust kiyimlarning yoqa va yenglarini tikish va o’tqazish. Yoqalarning fasoni har - xil bo’ladi Yoqalar shartli ravishda yelkaga yopishib turadigan yoqa, qaytarma yoqa, tik yoqa, “shalka” yoqa, pidjak yoqa va boshqa turlarga bo’linadi. Yoqa o’mizining o’yigi dekolte deyiladi. Dekolte to’g’ri burchak, uzaytirilgan, dumoloq, oval va hakozo shaklida xilma-xil bo’lishi mumkin. Yoqa o’miz o’yig’ining har qanday shaklini chizish uchun oldin old va ort bo’lak konstruksiyasining yelka qirqimlarini bir-biriga to’g’ri keltiriladi. Ko’krak vitachka yon qirqimiga ko’chirilgan bo’lishi kerak. Old bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab dekolte chuqurligi, yelka qirqimi bo’ylab esa dekolte kengligi belgilab olinadi. Yelka qirqimi bo’ylab old bo’lakdan ort bo’lakka o’tgan dekolte chizig’i tekis bo’lishi kerak. Agar old bo’lakda yelka vitochka bo’lsa, u yeng o’mizi tomonga suriladi yoki yangi yoqa o’miz o’yig’ida hosil qilinadi. Dekoltening hamma chuqurlik va kenglik o’lchamlari fasonga binoan olinadi. Dekolte chiziqlari lekalo yordamida chiziladi. Dekoltening uzil-kesil shakli va katta-kichikligi kiydirib ko’rganda aniqlanadi. Yoqalarning fasoni juda turli bo’ladi, bo’lardan eng harakterlari tik yoqa, qaytarma yoqa, yassi yoqa va fantazi yoqa. Quyida eng ko’p tarqalgan yoqa turlarining konstruksiyasini soddalashtirib tuzish metodlari va fantazi yoqani texnik modellash presslari keltirilgan. Tik yoqa. Gorizontal to’g’ri chiziq o’tkazib unda AV kesmasi o’lchab qo’yiladi. AV=BkA+1. Ava V nuqtalardan perpendikulyar o’tkaziladi. Bu chiziqlarda yoqaning istalgan kengligi o’lchanadi. AD=VS=3,5÷8 sm D va S nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V nuqtadan VS chiziq bo’ylab 1,5 sm o’lchab, S1 nuqta qo’yiladi. A nuqtadan gorizontal bo’ylab AA1=13BnA÷0,5 o’lchab qo’yiladi. A1 va S1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. AA1S1chizig’i tik yoqa ko’tarma qirqimining chizig’i. S1 nuqtadan A1S1 chizig’iga perpendikulyar o’tkaziladida, unda yoqaning istalgan kengligini o’lchab, V nuqta qo’yiladi. D va V1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. Yoqaning old tomon kengligi V1S1 va yoqa uchlarining A1v chizig’iga ogish burchagi fasonga binoan har xil bo’ladi. To’qilmasi yuqorigacha bo’lgan kiyimlarning ko’tarmali qaytarma yoqasi. Bunday yoqa o’rtasida ko’tarmasi bor bo’lib, bu ko’tarma yoqa uchi tomon kamayib, yo’q bo’lib ketadi. Uchi O nuqtada bo’lgan to’g’ri burchak tuziladi. Yoqa ko’tarilishining balandligi –OV3 dan 12 sm gacha bo’ladi. Yoqaning ko’tarilish balandligi 1ka o’rtasidagi ko’tarmaning balandligi VV1 belgilaydi. Ovning miqdori qancha kam bo’lsa, ko’tarma shunchalik baland bo’ladi. Yoqa ko’tarmasining balandligi VV1 o’rta hisobda 2 dan 3,5 sm gacha bo’ladi. Yoqa qaytarmasining kengligi- V1 V2 modelga bog’liq bo’lib, 7 dan 14 smgacha bo’ladi. Yoqani yoqa o’miziga o’tkazish chizig’ining uzunligi Va yoy bo’ylab aniqlanadi. Buning uchun ort bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 va old bo’lak yoqa o’miz uzunlgi A6A7 sm li lentaning qirrasini qo’yib o’lchanadi. V nuqtadan AA4 ÷ A6A7 ga teng radius bilan gorizontalga bo’lgi qo’yib, A nuqta hosil qilinadi. V va A nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq o’rtasida 1 dan 3 sm ga teng egiklik 1-2 hosil qilinadi. Bu egiklikning miqdori yoqa o’tqazma chizig’ining shakliga ta’sir qiladi. Egiklik qancha kam bo’lsa, yoqa o’tqazma chizig’i shunchalik to’g’ri bo’lib, yoqa bo’yinga yopishib turadi va, aksincha, egiklik 1-2 ko’proq bo’lsa, yoqa bo’yinga yopishmay qochib turdi va yoqa o’miz uzunligi bo’ylab tekis joylanadi. Yoqa qaytarmai bilan yoqa uchlarining shakli modelga binoan chiziladi. Yoqa uchining shaklini chizish uchun VA chizig’iga o’tkazilgan AA1 perpendikulyar taxminiy ariyentir bo’ladi. Yoqa kengligi AA1 va yoqa uchi A1A2 xoxishiga qarab olinadi va u yoqa uchi hamda qaytarmasi puktir chiziq bilan ko’rsatiladi. Apash yoqa Ayollar kiyimining ko’pchiligida ko’ylaklarda, bluzkalarda, kostyumlarda va boshqalarda apash tipidagi yoqa ko’p uchraydi. Yoqa old bo’lak konstruksiya asosining chizmasida A7 nuqtasidan boshlab tuziladi. Yoqa o’miz o’yig’ining chuqurligi A7G ’ 6 modelga binoan belgilanadi. Tipavoy yechimda A7G ’ 6=14 sm bo’ladi. Lekin bu miqdor 14 sm dan ortiq bo’lshii ham mumkin. G ’ 6 nuqta va yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A6 to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladida, bu chiziq old bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 ga teng bo’lgan A6A ’ 6 miqdorda uzaytiriladi. A6G ’ 6 chizig’i yoqani bukush chizig’i A6A ’ 6 chizig’iga perpendikulyar chiziq o’tkazib unga A62=7 sm o’lchab qo’yiladi. Yoqa uchlarini va tipavoy shakldagi qaytarma chizig’ini tuzish uchun A7 nuqtadan gorizontal chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqda A73=5 sm o’lchab qo’yiladi. 3 va 1 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq davomida 1-2=0,8 sm o’lchab qo’yiladi. Hamda 2 va A’ 6 nuqtalar tekis egri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu yoqaning 3-1 chizig’idagi o’rtasi bo’ladi. 3-1 chiziqdagi 3 nuqtadan 3-4=1,5 sm bo’lak o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining 1-4 chiziq markazidagi egiklik 0,5 sm bo’ladi. Yoqa qaytarma chizig’i tekis egri chiziq bilan chiziladi. A73 gorizontalni ikkiga bo’lib, nuqta 5 hosil qilinadi. 4,5 va G’ 6 nuqtalarni birlashtirib, yoqa uchi bilan bort chizig’ining shakli chizib olinadi. Apash yoqa konstruksiyasini tuzishda A7G ’ 6, A75, A73, A’ 61 bo’laklarning katta kichikligi o’zgarib turishi va modelga binoan istalgancha olinishini yodda to’tish kerak. Fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i kattalashtirilgan sayin A7 nuqtaning holatini vertikal bo’ylab suriladi. Ustki apash yoqa G’ 6 A6 A ’ 6 2 4 5 G’ 6 kontur bo’ylab, ostki yoqa 5 A7 A ’ 6 A ’ 6 2 4 5 kontur bo’ylab bichiladi. G! 6A5 7 joyi old bo’lak bilan birga yaxlit bichiladi. Ustki yoqa ostki yoqa konturidan yoqa qaytarmasi, yoqa uchi va bort bo’ylab 0,3 sm ortikroq bo’lishi kerak. Pidjak tipidagi yoqa. Bunday tipdagi yoqalar erkaklar komtyumiga o’xshash ayollar kostyumida ham, shuningdek ko’ylaklarda va bluzkalarda ham keng tarqalgan. Pidjak tipidagi yoqalarning konstruktiv jihatdan tuzilishi biroz murakkabroq bo’ladi. Yoqa chizmasi old bo’lak konstruksiyasi asosida tuziladi. Oldin bortning qaytariladigan chizig’i belgilab olinadi. Buning uchun bort kengligi va yuqori petlya o’rni aniqlanadi. Bortning qaytarma chizig’ining boshlanishi L nuqta yuqori petlyadan 1,5-2 sm balanda bo’ladi. Yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A6 dan yelka qirqimining davomida yoqa qaytarmasining kengligi A6 V o’lchanadi: A6 V = 2÷3 sm. VV1 = AA4 bo’lak o’lchab qo’yiladi, bunda AA4 ort bo’lak yoqa o’mizi bo’lib, u L va V nuqtalarni to’g’ri chiziq bilan birlashtirib, davomiga ni ort bo’lak chizmasiga santimetrli lentani qirrasi bilan qo’yib AA4 chiziq bo’ylab o’lchanadi. LV chizig’ining old bo’lak yoqa o’miz chizig’i bilan kesishgan joyi F harfi qo’yib belgilanadi. F nuqtadagn FV1 radiusli yoy o’tkaziladi. Bu yoyda yoqa qaytarmasining kengligiga ta’sir etuvchi V1 V2 bo’lagining katta-kichikligi gavdaning qomatrasoliga bog’liq bo’ladi. Masalan, to’pa –to’g’ri kekkaygan gavda uchun u 5 sm, normal tipovoy gavda uchun 6 sm, bukchaygan gavda uchun 7 sm bo’ladi. V va V2 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V2 nuqtadan shu to’g’ri chiziqka perpendikulyar o’tkazib, unda yoqaning ko’tarma kengligi V! 2 V3 = 2÷3 sm va qaytarma kengligi V! 2 V2 o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining kengligi fasonga binoan belgilanadi. Keyin yoqa qaytarmasining chizig’i V4 V5 yoqa uchlari burchagining chizig’i V4 V5 A 1 7 va adip qaytarmasining chizig’i A! 7 V ! 5 L modelga binoan chizib olinadi. A! 7 nuqtaning holati ham ixtiyoriy belgilanadi. Yoqa o’mizining o’yilishi A7A » 7 fasonga bog’liq bo’ladi. Yassi yoqalar va fantazii yoqalar. Yassi (ko’tarmasi yo’q) yoqalar bo’yinga emas, yelkaga yopishib turadi. Bu yoqalarning yoqa o’miziga o’tkaziladigan chizig’i yoqa o’miz o’yig’ining chizig’iga mos keladi. Va uch xil tipdagi yassi yoqalar ko’rsatilgan : a) motroska tipidagi yoqa, b) o’zbekcha ko’ylakdagi shol yoqa, v) bo’yinga salgina yopishib turadigan uzun yassi yoqa. Har qanday shakldagi yassi yoqa konstruksiyasini hosil qilish uchun ort bo’lak bilan oldindan ko’krak vitachkasi ko’chirilgan old bo’lak andazalarini yelka qirqimlar bo’ylab birlashtiriladi. Yoqa fasoniga binoan yoqa o’miz o’yig’ining chizig’i belgilanadi. Motroscha yoqa qaytarmasining chizig’i uzluksiz chiziq bilan ko’rsatilgan. Yoqaning ort tomonidagi kengligi, yelka qirqimlar bo’ylab kengligi istalgancha ixtiyoriy belgilanadi. Shol yoqalarda va uzaytirilgan yoqalarda kichkinagina ko’tarma qilish mumkin. Bunda yoqaning tashqi ko’rinishi yaxshiroq bo’ladi. Masalan, o’zbekcha ko’ylakka shol yoqa qilish uchun old va ort bo’lak koketkalarining detallarini bir-biriga to’g’rilab, old va ort bo’laklar yoqa o’mizlarining yuqori nuqtasini ustma-ust keltirishigina kifoya bo’ladi. Ort bo’lak yelka qirqimi old bo’lak yelka qirqimidan yeng o’miz qirqimi bo’ylab 2÷4 sm o’tib turishi kerak. Yoqa o’miz o’yig’idan boshlab, ort bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab yoqaning istalgan kengligiga kichkina ko’tarma balandligi uchun ya’na 1,5 sm qo’shib o’lchab qo’yiladi. Agar yoqani bo’yniga ko’proq yopishib turadigan qilmoqchi bo’lsa, bunda yoqaning ko’tarma qirqimi bir oz to’g’riroq qilinadi. Buning uchun yoqani bo’laklarga kesib, ularni soat millariga qarshi yo’nalishda burib, yoqaning asosiy bo’lagi ustiga 2-bo’lagi 1-bo’lagi ustiga, 3-bo’lagi 2-bo’lak ustiga va hakozo o’tadigan qilib suriladi. Yoqa bo’laklarning qanchaga surilishi yoqa yaxshi turadigan bo’lguncha ixtiyoriy davom etadi..Yoqa konstruksiyasi bunday hal etilganda yoqa ko’tarmasi kengayadi, shuning uchun yoqa qaytarma chizig’i aniqlanishikerak bo’ladi.Hosil qilingan yoqa shaklini maketlik xom surp gazlama parchasida tekshirib ko’rilsa yomon bo’lmaydi. Shunday yo’l bilan olinishi mumkin bo’lgan o’zbekcha ko’ylak yoqa shaklining variantlari turli chiziqlar bilan berilgan. Uchli yoqa ham shunday yo’l bilan hosil qilingan. Fantazii yoqa yassi yoqa chizmasining asosida hosil qilinadi. Buning uchun fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i o’zgartiriladi-da yoqani yoqa o’miziga o’tkazish chizig’i hosil qilinadi. Yoqa qaytarmasi chizg’ning shakli modelga binoan chiziladi. Yoqani o’mizga har xil usulda tikish mumkin. Quyidagi usul eng ko’p qo’llashadi, yoqa o’mizidan pastga,oldingi o’rta chiziq bo’yicha gazlama 0,5g’1 sm chuqurlikda kertiladi; bort osti (ilgak haqini ko’rsatib turgan chiziq bo’yicha) kiyimning o’ng tomonga qayirib qo’yiladi, so’ngra bort ostining bukilgan joyi (taxi)dan oldingi o’rta chiziqqacha mashinada tikib chiqiladi, bort osti teskarisiga qayirib qo’yiladi. Bortning cheti sirma qaviq solib tikiladi, so’ngra yoqaning bir kavati o’mizga ko’klab chiqiladi, keyin bir tomondagi kertikkacha mashinada tikiladi; yoqa osti qatlamining qirqilgan cheti ostiga 0,5-1 sm qayriladi (bukiladi) va o’mizdagi baxya iplaridan ilib olib, ko’rinmaydigan qaviq soldirib tikiladi. Yoqani qiya adip solib tikish usuli quyidagicha; yoqaning o’rta chizig’i o’mizning o’rta chizig’iga to’g’ri keltirilgan, yoqa o’miziga ko’k solib tikiladi; bunda yoqaning uchlari tikish chizig’i bo’yicha kiyimning oldingi o’rta chizig’iga to’g’ri kelib turishi, bort osti ilgak chizig’i bo’yicha teskarisiga qayrilishi (buqilishi) lozim. Shundan keyin tayyor qiya adip o’mizga tepchib qo’yiladi, uning uzunligi aylanasi uzunligiga teng bo’lishi lozim. So’ngra yoqa o’mizi va adip juftlashtirilib, ustidan mashinada baxyalab tikiladi, tepchib qo’yilgan ip sugurib tashlanadi, adip va bort osti kiyimning teskarisiga qayirib bukiladi va baxya chizig’i bo’yicha hamda adip chetidan sirmalab tikiladi. Adip ko’rinmaydigan qaviq solib tiqilishi lozim. Bo’yinga yopishib turadigan qaytarma yoqa Buklangan qaytmali V4 V3 V1 V2 V5 A6 A7 A4 V F1 F2 F L Buklangan qaytarmali yoqalar. V4 V3 V1 V2 F5 V A4 F4 F A7 V5 L Buklangan qaytmali yoqalar Apash tipidagi yoqa V2 V1 V3 A4 A5 A3 O L Ayollar ko’ylagining yoqalari konstruktiv jixatdan qaytarma yoqa, shal yoqa, tik yoqa va matroscha yoqalarga ajratiladi. Gazlama to’riga qarab ularga qayirma qo’yiladi yoki qo’yilmaydi. Yoqa o’miziga ulanish usuliga qarab o’tqazma va yaxlit bichilgan (old bo’lak bilan va adip bilan) bo’lishi mumkin. Yoqa tayyorlash 2 bosqichdan iborat: 1. Yoqa tayyorlash; Yoqani yoqa o’miziga o’tqazish. Yoqalar ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo’yiladigan bezak yoqalar to’rlariga bo’linadi. Erkaklar va o’g’il bolalar ko’ylagining ustki va ostki yoqasi orasiga qo’shimcha qatlam qo’yiladi. Yanada qattiqroq bo’lishi uchun yana bir qavat qo’shimcha qatlam yopishtiriladi. Keyingi qo’shimcha qatlamning chetlari yoqaning agdarma chokiga kushib tikilmasligi kerak, Yoqalarning qaytarma qismi bilan ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo’yiladigan bezak yoqalar to’rlariga bo’linadi. Ko’tarma qismi alohida yoki yaxlit bichiladi. Ustki va ostki qismi alohida bichilgan yoqani tikish. Ustki va ostki yoqa alohida bichilgan bo’lsa ularni o’ngini ichkariga qaratib qo’yib, yoqa burchaklarida ustki yoqadan 0,4 sm. solqi xosil qilib - 0,5 sm. kenglikdagi agdarma chok bilan tikiladi. Yoqa burchaklaridagi chok haqi chokka 2 mm. yetkazmay qirqiladi, o’ngiga agdarib, ustki yoqadan 0,2 sm. kant xosil qilib ko’klanadi, dazmollanadi va yoqachetlariga bezak baxyaqator yurgiziladi. Qaytarma va ko’tarma qismi alohida bichilgan yoqani tikish Yoqaning qaytarma qismi bilan ko’tarma qismi alohida bichilganda, tayyor yoqa qaytarmasini yoqa ko’tarmasi 2 qismi orasiga to’grilab qo’yiladi va o’tkazilib ayni vaqtda ko’tarmaning yon chetlari agdarma chok bilan tikiladi. Ko’tarma o’ngiga agdarilib, ostki ko’tarma yoqa o’miziga o’tkaziladi, ustki ko’tarmaning pastki qismi ostki ko’tarma o’tkazilgan chokni yopib, buklangan ziydan 0,1 sm. naridan bostirib, ko’tarmaning yuqori cheti ham tikiladi. Qaytarma va ko’tarma qismi yaxlit bichilgan yoqani tikish. Qaytarmasi bilan ko’tarmasi yaxlit bichilgan yoqa agdarma chok bilan tikib olgandan keyin qo’shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko’tarmaga ogish chizigi bo’ylab, yoqa uchlariga 3- 4 sm yetmaydigan qilib elimlab qo’yiladi. Ustki yoqa qo’shimcha qatlam bilan birga yoqa o’miziga o’tkaziladi. Ostki yoqaning 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi va yoqa tayyor bo’lgandan keyin qaytarmaning ko’tarmaga o’tish chizig’I bo’ylab baxyaqator yurgiziladi Adip qaytarmali yoqani tikish. Adip qaytarmali yoqani o’tkazayotganda, adip bilan old bo’lak o’ngi ichkariga qaratilib juftlanadi va ular orasiga yoqani o’ngini, o’ngigaga qaratilib, adip tomondan yelka chokigacha tikilishi bilan birga bort ham ag’darma chok bilan Germaniya "Tekstima" firmasining 8332 kl mashinasida tikiladi. Ustki yoqaning chok haqi kertilib, qaytarib qo’yiladi va ostki yoqa ort bo’lak o’miziga o’tkaziladi. Ustki yoqa qirqim tomonga buqilib, ort bo’lak yoqa o’miziga bostirib tikiladi Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’y lak yoqasini tikish. Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’ylak yoqasini o’tqazishda ostki yoqa asosiy detal bilan ung tomonlari ichkariga qaratilib juftlanadi va qirqimlari tekislanib, kertimlari to’g’ri keltirilib, ostki yoqa tomonidan 0,7-1 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi. Ustki yoqaning qirqim tomondagi cheti ichkariga buqilib, ostki yoqa o’tqazilgan chokni yopadigan qilib, bostirib tikiladi Yalang qavat yoqalarni tikish. Yalang qavat yoqalarni to’rlicha tikish mumkin. Ularning yon va qaytarma qirqimlariga to’r qo’yib, siniq baxyaqator mashinada qo’yma chok bilan, magiz chok bilan yoki yoqa qirqimlarini teskariga bukib, bostirib tikish mumkin Olib qo’yiladigan bezak yoqalarni tikish. Bunday yoqalarning ko’tarma qismining qirqimi yo’rmalanadi yoki to’rtala tomoni tikiladi, shu ochikq joydan o’ngi-ga ag’dariladi va ochiq joyi chok qirqimlari ichkari tomonga bukilib, ziylaridan 0,1-0,2 sm. oraliqda tikiladi .Yoqaning ko’tarma qirqimiga magiz qo’yib tikish xam mumkin Yoqasiz kiyimlarning yoqa o’mizini tikish. Yoqasiz buyumda yoqa o’mizi qirqimlarini shu yoqa o’mizi shaklida bichib yoki qiya (tanda ipiga nisbatan 45° S burchak ostida) bichib olingan magiz yoki beyka bilan agdarma chok solib, kant hosil qilib tikish mumkin. Avval magiz pastki cheti 0,7 sm bukiladi va ustki yoqa o’tkazilgan chokni yopadigan qilib, bukilgan ziydan bo’laklari biriktirib tikiladi, chok haqi yorib dazmollanadi, keyin asosiy detal o’ng tomonga o’ngini pastga qilib tugrilanadi va agdarma chok bilan tikiladi. Chok magiz tomonga buqilib, magizning o’ngidan agdarma chokdan 0,1-0,3 sm oraliqda bostirib tikiladi. Keyin magiz buyumning teskari tomoniga qaytarilib, 0,1-0,2 sm kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki qirqimlari buklab tikilgan), yoki maxsus mashinada yurmalangan bo’ladi,. Keyin asosiy detalga 7-8 sm oraliqda yashirin qaviq bilan qo’lda chatiladi yoki maxsus mashinada tikib qo’yiladi. Qalin gazlamalardan tikilgan kiyimning yoqa o’mizini magizli chok bilan va ikki ignali mashinada beyka qo’yib tikish mumkin. 2 - rasm 1-rasm KO’YLAKLAR YENGLARINI TIKISH VA O’TKAZISH. Ko’ylaklar bichimi yeng konstruksiyasi tuzilishiga va yeng o’mizining o’yilishiga qarab o’tqazma yengli, reglan yengli, ort va old bo’laklari bilan yaxlit bichilgan yengli bo’lishi mumkin. Yenglar tor, keng, yeng uchi ulanma, qaytarma manjetli, manjetsiz, terib burma hosil qilingan, taqilmali, uzun, kalta bo’lishi mumkin. Ular bir, ikki va uch chokli bo’ladi. Bir choklining choki ostki tomonda, ikki choklining yeng oldi va tirsak chokli yoki ustki o’rta chok va ostki chokli bo’ladi. Bukib tikiladigan yeng uchlari andaza yordamida bo’rlanadi. Yeng uchining qirqimi teskariga 0,7-1 sm buqilib va bukish chizigi bo’ylab yana bukib 0,1-0,2 sm kenglikda bostirib tikiladi Ipak va jun gazlamadan tikilgan bo’lsa yopiq qirqimli qilib yashirin baxyali mashinada bukib tikiladi Yeng uchi qaytarmali bo’lsa, belgi chiziq qaytarma kengligidan 2 baravar ortiq kenglikda chok haqi qo’shib belgilanadi. Yeng qirqimi teskari belgi chiziq bo’ylab bukiladi va sirma qaviq bilan ko’klanadi, yoki ko’klan-may maxsus igna bilan qadab qo’yiladi. Bukish haqi 0,5- 0,7 sm. kenglikda teskariga bukiladi va ziyidan 0,1-0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi. Eng uchida bukish haqi oldirmay bichiladigan yenglarning uchiga magiz qo’yib tikiladi. Magiz agdarma chok bilan yeng uchiga tikiladi, chok haqi magiz tomonga qaytarilib, agdarma chokdan 0,1-0,2 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Qalin gazlamadan tikiladigan bo’lsa ochiq qirqimi yo’rmalanadi va maxsus yashirin baxyali mashinada tikiladi. Yeng uchini magiz chok bilan tikishda, magiz buklagich yordamida buqilib, 1 ta baxyaqator bilan tikiladi. Yeng uchiga elastik tasma qo’yilsa, yeng uchi yopiq qirqimli qilib buqilib, bir yo’la ichiga elastik tasma qo’yib tikiladi . Yeng uchiga bezak yoki asosiy gazlamadan bichilgan beyka maxsus moslama yordamida, qirqimlari ichkariga 0,7 sm. buqilib, bostirib tikiladi. Englar taqilmalarini tikish manjetli yenglarning taqilmalari tirsak chokining davomida yoki yaxlit detalning kesimida tikilishi mumkin. Yaxlit detalning kesimi bitta magiz qo’yib tikila o’ng tomonga bukiladi. So’ngra ular ustma-ust qo’yilib, taxlama hosil qilinadi va to’g’ri qismi to’g’ri burchak shaklida baxyaqator yuritib puxtalanadi). Engning tirsak choki davomida taqilmani tikish uchun taqilma joyida ishlov haqi tashlab bichiladi. Ostki tomon qirqim shakliga bichilgan magiz bilan agdarma chok solib tikiladi, ichki qirqimi esa ochiq qirqimli buklama chok bilan tikiladi. Magizga chok solib puxtalanadi Tirsak choki davomida (yoki kiritma chokida) planka qo’yib yo’rmalab tikish mumkin. Bunda magiz detalga o’ngini pastga qaratib maxsus moslama yordamida ulanadi. Magizning taqilma yuqori tomonini hosil qiladigan qismini teskari tomonga bukib, butun eni bo’ylab taqilma ziyiga burchak ostida 2 ta baxyaqator yuritib puxtalanadi. Kesimdagi taqilmani magizsiz xam tikish mumkin. Bunda asosiy detal belgilangan chiziq bo’ylab tanda ipi yo’nalishida qirqiladi va oxirida tugri burchak ostida 0,5-0,7 sm. qirqma hosil qilinadi. So’ngra qirqimga parallel qalib 0,5-0,7 sm. naridan qirqmalar bukiladi. Taqilmaning ustki tomonini hosil qiladigan cheti teskari tomonga, ostki tomonini hosil qiladigan cheti esa manjet tikish va yengga ulash. Manjetlar qotirma bilan yoki qotirmasiz tikiladi. Ulanma manjet tikishda kotirma buklama chok bilan ulanadi. So’ngra yon tomonlari agdarma chok bilan tikiladi. Burchaklaridagi chok haqidan 0,2 sm qoldirib ortikchasi qirqilib tashlanadi va manjet o’ngiga agdariladi. Manjetga 0,5 sm. kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi. Ulanma manjet choklash mashinasida yoki tikish-yurmash mashinasida yengga ulanadi. Manjetning ostki qismi yengga ulanib, chok manjet tomonga qaytarib qo’yiladi. Ustki manjet ulash baxyaqatorini yopadigan qilib 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi Tikish-yo’rmash mashinasida manjet yeng uchi bilan o’ngini ichkariga qilib mashinada yo’rmalanib ulanadi Qaytarma manjetli yengni tikishda bitta bo’lakdan iborat menjetning yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi. O’ngiga agdarilib ikki buklab dazmollanadi. Manjet yengning teskarisiga qo’yib ulanadi, chok qirqimi yo’rmalanadi. Chok haqi biriktirma chokdan 0,1-0,2 sm. masofada yengga bostirib tikiladi. Yeng uchi dazmollanadi. Engni yeng o’miziga o’tkazish qo’yimlarini to’grilab agdarma chok bilan tikiladi. Chok haqini magiz tomonga bukib, agdarma chokdan 0,1 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Magiz detal teskarisiga o’tkaziladi va asosiy detaldan 0,1-0,2 sm. kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki tomonidagi qirqimi universal mashinada 0,1 sm kenglikda bukib tikiladi, yoki maxsus 51-A kl mashinasida yurmalanadi. Engni yeng o’mizi ichiga kiritib, ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va yeng tomondan maxsus 302 kl mashinasida ustki materialdan qiyalama qismida solqi hosil qilib, yeng o’miziga 1,2-1,5 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi. Hosil qilingan yeng solqilari dazmolda yoki pressda kirishtirib dazmollanadi (ip gazlamadan tikilgan bo’lsa kirishtirib dazmollanmaydi). Bir chokli yenglarni o’mizga o’tqazishda yeng choki yon chokiga to’gri keltirib o’tqaziladi, chok qirqimlari yurmalanadi. Engsiz ko’ylaklarning yeng o’mizini tikish. Eng o’mizini magizli chok yoki magiz qo’yib agdarma chok bilan tikish mumkin. Magizli chok bilan tikishda, yelka qirqimlari tikilgandan keyin magizni maxsus buklagich yordamida bukib, uning orasiga eng o’mizi qirqimini tugrilab, bitta baxyaqator yuritib tikiladi. Eng o’miziga magiz qo’yib agdarma chok bilan tikishda asosiy detalning o’ngiga magizning o’ngini qaratib, tikiladi. O’g’il bolalar kiyimini konstruksiyalash. Bolalar kiyimini formalar va modalar tobora ko’payayotganligi katta yoshdagi kishilar kiyimining turlari o’amda formalari ko’payishi bilan chambarchas bog’liq. Hozirgi bolalar kiyimining asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri uning funktsionalligidir. Kiyimning funktsionalligi umumiy tushuncha bo’lib, kiyimning konstruktiv va estetik xarakteristikasini, unga qo’yiladigan fiziologik, sotsial va texnologik talablarni o’z ichiga oladi. Yasli yoshidagi bolalarning kiyimlari juda erkin, harakatlanishni qiyinlashtirmaydigan va qulay bqlishi lozim. Chahalohlarning birinchi ustki kiyimi – sovuq o’tkazmaydigan, engil, etarli darajada tekis, engsiz bo’ladi. Ich kiyimi – polzinka bilan birga koftochka va ko’ylak, ko’pincha trikotajdan tikiladi. Bola o’sib katta bo’lgan sari uning kiyimlarining turi ham o’zgaradi: kombinezon, kurtka, plashch shular jumlasidandir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi o’g’il bolalarga shim, ko’ylak, kurtka tavsiya etiladi. O’g’il bolalar pal’tosining eng o’miziga o’tqazib tikiladigan yoki reglan bichimli eng bo’ladi: barxyalar o’rtadan tugmalanadi. Cho’ntakli va belbandli bo’ladi. Maktab yoshidagi bolalarning kiyimlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Maktab bolalarining kiyimlari garderobini maktab formasidagi o’huvchilar formasi bilan bir qatorda, sport kiyimlari tashkil etadi. Maktab yoshidagi bolalarning pal’tosini koketkali, belbandli, pogonli hqilib tikish, tabiiy va sun’iy charmdan bezash, xilma-xil shnur, metall tugma, tugma, bilan bezatish mumkin. Bolalar gavdasining tuzilishi Yangi tug’ilgan chaqaloqning bosh uzunligi tana uzunligining 1/4 qismini tashkil qilsa o’smirlik davrida esa 1/8 qismiga teng. Chaqaloqlarda bo’yin kalta qorin chiqqan va uzun oyoq qo’lga nisbatan kalta bo’ladi. Bolalarni o’sish davrida gavda qismlari bir tekisda rivojlanmaydi. Qo’l va oyoqlar tez o’sadi o’smirlik davriga kelib oyoq 5 marta qo’l 4 marta uzaygan bo’ladi. Tana qismi esa sekinroq o’sadi. O’smir yoshiga kelib tana 3 marta bosh qism esa 2 marta kattalashgan bo’ladi. Bolalarda bo’yning o’sishi 5-7 10-11 13-16 yoshlarda juda sezilarli bo’ladi. Bolalar kiyimlarining sinflanishi K/k Guruh Bolaning yoshi Buyum razmeri 1. 2. 3. 4. 5. Yasli yoshidagilar Bog’cha yoshidagilar Kichik maktab yoshidagidagilar Katta maktab yoshidagilar O’smirlar 0.5-2.5 2.5-5.5 5.5-11.5 11.5-14 14-17.5 22 24 26 28-30 32-36 38-42 44-46 O’spirinlar kiyimi kompozitsiyasi va uslubi jihatidan katta yoshdagi kishilar pal’tosiga o’xshaydi. To’g’ri bichimli pal’to bilan bir qatorda beli qisman yopishib turadigan bichimli pal’tolar ham uchraydi. Formalar ikki guruxda: 3 dan 12 yoshgacha va 12 dan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar guruxlari. 12 yoshgacha bo’lgan davr modaga beparvo qaraladigan davr hisoblanadi. Bu guruhga mansub bolalarning kiyimlari qulay, mahsadga loyiq qilib tikilishi bilan birga, badiiy bezatiladi. 12 yoshdan katta bolalarning kiyimlari katta yoshdagi kishilarning kiyimlariga oz-ozdan o’hshatila boriladi. Bolalar ich kiyimi engil, qulay, havoni yaxshi o’tkazadigan, issiq tutadigan, gigroskopik bo’lishi lozim. Ich-kiyim bolaning erkin nafas olishiga, badanda qonning harakatlanishiga xalahit bermaydigan bo’lishi kerak. Bolalar kiyimi kunduzi yoki kechasi kiyilishiga, mavsumga hamda bolaning yoshiga qarab, turli gazlamalardan tikiladi. Bolalar kiyimiga ishlatiladigan gazlama miqdori kiyimning kengligi va uzunligiga qarab belgilanadi, bunda gazlamani ikki buklangan holda bichilishi va chok haqi tashlab ketish zarurligini hisobga olish kerak, bolalarni chiroyli kiyina bilishga, kiyimni avaylab kiyish va uni toza tutishga yoshligidan qrgatish zarur. Agar kiyimning biror choki so’kilgan bo’lsa, o’z chok yo’lidan mashina chokida yoki qo’l chokida kiyimga mos rangli ip bilan tikiladi va dazmollanadi. Kiyimning yirtilgan, teshilgan, kuygan, sitilgan joylari bo’lsa, yamoq solinadi. Yamoq solish kiyimning turiga qarab, oddiy yamoq solish, kiyimning ustidan yoki tagidan yamoq qo’yib bajariladi. Yirtilgan joyni mo’ljallab, rangini moslab yamoq qirqib olinadi, hammasini yaxshilab, tekis qilib dazmollanadi. Yamoqni kiyimdagi yirtiq joyning tagiga qilib ko’klab tikiladi. Yirtiqning atrofini qaychi bilan to’g’rilab qirqib chihiladi va ichiga qayirib chetidan tikiladi, so’ngra dazmollanadi. Bolalar kiyimlarini ko’pincha yirtilgan joylarini applikatsiya usulida ham berkitiladi, bu kiyimda bezak sifatida qoladi. masalan, shimning tizzasi yirtilgan bo’lsa, ko’ylak engining tirsagi yirtilgan bo’lsa, mana shu joylarga turli geometrik shakllar, barglar qirqib olinib, petlya chok yordamida yirtilgan joyning ustiga tikib chihiladi. Bu o’z navbatida kiyimning yirtilgan joyini berkitish bilan birga kiyimda bezak vazifasini ham bajaradi. Maktabgacha yoshdagi qizchalar ko’ylagini asosiy andoza chizmasidan foydalanib, turli fasondagi ko’ylaklar bichish va tikish mumkin. Bunda materiallarni ikki buklangan holda olinadi va uning ustiga tejamkorlik bilan ko’ylak andoza joylashtiriladi, so’ngra kiyim detallari qirqib olinadi. Kiyim tikish jarayonida materiallarning turiga va xossasiga e’tibor bergan xolda 0,5 dan 1 sm gacha chok hahi qo’yib tikiladi. Ko’ylakning tikish ketma-ketligi. Birinchi ko’ylakning yoqa o’mizi va old qismlariga ishlov beriladi, so’ngra elka choklari bilan orqa yoki o’mizi biriktiriladi. Yon choklar tikiladi, eng o’rnatiladi. Ko’ylakning etak va eng uchlariga ishlov beriladi. Ko’ylakni modasiga ko’ra turli turlar, bezaklar va cho’ntaklar bo’lsa, bularni chiroyli o’rnatishga oham o’z navbatida e’tibor beriladi. Ko’ylakni tikib tayyor bo’lgandan so’ng uni pardozlab, dazmollab qo’yiladi. Bolalar kiyimlari yoqali, yoqasiz bo’ladi. Kiyimlarni kiydirilgan vahtida nuhsonlar topilib qoladi. Bunday nuhsonlar kiyimning turli qismlarini bir-biriga noto’g’ri ulash, kiyimni noto’g’ri olingan noaniq o’lchovlariga asoslanib, tayyorlangan andoza bo’yicha bichish hamda gavda tuzilishining xususiyatlarini e’tiborsiz qoldirish natijasida kelib chihishi mumkin. Bunday nuhsonlar kiyimning orqaga ketib qolishi, kiyimning ko’krak aylanasi keng yoki tor bo’lishi, elka past bo’lganda eng o’mizida qiya burmalar hosil bo’lishi kabi nuqsonlar kuzatiladi. Qalinligi ortiqcha bo’lgan gazlamadan tikilgan kiyimlarda vitachkalar yoqa o’mizi tomon yotqizib dazmollanadi. Yupqa gazlamadan tikilgan kiyimda vitachkalar ikki tomonga ochib dazmollanadi. Konstruktiv nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari. Tayyor kiyim gavdada yaxshi o’tirishi va kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimning bichig’i gavdaning xususiyatlariga mos kelgan taqdirdagina u gavdaga yaxshi o’tiradi. Kiyimning shu talablarga mosligidan dalolat beruvchi asosiy ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat: asosiy detallarning o’zaro uyg’unligi, burmalar hosil bo’lmasligi, qulayligi va gavda harakatiga halakit burmasligi. Kiyim yaxshi tikilgan bo’lsa, uning o’lchamlari va bichimi gavdaning tayanch yuzalariga (yelkalarning va ko’krakning balandligiga, belga, xullas qomatga) mos keladi; kiyimda burushiklar bo’lmaydi, uning to’g’ri qismlari tayanch yuzadan pastga bemalol solinib tushib turadi. Detallarda bo’ylamasiga yo’nalgan pardoz chiziqlar (baxyalar, soqlar va hakozo) aniq vertikal chiziq bo’yicha ko’ndalang yo’nalganlari esa gorizontal chiziq bo’yicha joylashadi. Kiyimning oldidagi, orqasidagi va boshqa detallardagi chiziqlar vertikal chiziqdan chetga og’ishmaydi yoki vertikaldan atigi ± 1-1,50 chetga chiqqan bo’ladi. Bu esa ko’zga ham chilinmaydi. Etak, bel va son chiziqlari aniq gorizontal yo’nalishda joylashadi yoki tayyor kiyimda gorizontal chiziqda ko’pi bilan ± 1-1,50 chetga chiqqan bo’lishi mumkin. Tayyor kiyimga baxo berishda e’tiborga olinadigan nuqsonlar olti guruhga bo’linadi. 1. Ko’ndalang burmalar-detalning uzunligi (vertikal yo’nalishda) keragidan ziyod bo’lishi yoki detalning kengligi (gorizontal yo’nalishda) kaymayib ketishi natijasida vujudga keladi. Kiyimning orqasida yoqa tagidagi ko’ndalang burma. Burmani yo’qotish joyi belgilab qo’yiladi; orqadagi yoqa o’mizining cheti va yelkasi zixi shu burma chuqurligiga pasaytiriladi. Hosil bo’lgan nuqtalar belgi nuqtaga tutashtiriladi. Keyin oldindagi va orqadagi yelka zixlarini yuqoriroq ko’tarish yoki orqadagi o’rta chokni so’kib, shu yerdagi chok haqi hisobiga kiyim orqasini kengaytirish kerak. Yoqa tagidagi ko’ndalang burma katta bo’lmasa uni quyidagicha yo’qotsa ham bo’ladi: yoki stoykasi qaytadan dazmollanib, otlyoti bo’yicha chiziladi. Orqada yeng o’mizi yonidagi ko’ndalang burmalar orqadagi o’rta chokni so’kib, orqani kengaytirish kerak. Bu holda kiyim orqasining bel va son chiziqlari kengligi keragidan oshib ketadigan bo’lsa, orqani yon chiziq bo’yicha qayta bichib, uning pastki qismidagi normal kengligini saklab kolishga to’g’ri keladi. Zarur bo’lganida orqadagi yoqa o’mizining kengligi ham aniqlanadi, aks holda yoqaning orqa qismi bo’yinga yopishib turmaydi. Shimlarning bantidagi ko’ndalang burmalar nuqsonni bartaraf kishi uchun bantni qisqartirish kerak. Bant ancha qisqarganida og’ chizig’i ham shunga yarasha qisqaradi va yon chiziqning egrilik darajasi o’zgardi. Shim old yarm iyon chizig’ining egrilik darajasi o’zgarsa, shim tanaga ko’proq yopishib turadi, shunda mazkur nuqson uncha bilinmaydi. Shimning banti tagidagi ko’ndalang burmalar bu nuqsonni yo’qotish uchun shimning orqa yarmini og’ chizig’i bo’yicha kengaytirish kerak; uning ustki zixini qaytadan bichib, yon chiziqning egrilik darajasini oshirish lozim, shunday qilganda shim songa yopishibroq turadi. Shim og’ chizig’ining yuqorigi qismidagi ko’ndalang burmalar. Shimning yon chizig’i qo’shib beriladigan chok haqi kamaytirilib, og’ chizig’iga qo’shiladigan chok haqi ko’paytiriladi. Shu yerdagi chok sal-pal tortilib tursa, unda bu nuqsonni yo’qotish uchun og’ chizig’iga qo’shiladigan chok haqini oshirish kerak. Shimning yon choklardagi ko’ndalang burmalar. Shimning har ikkala yarmining yuqorigi chetlari shu burmalar kengligigacha qisqartriladi. 2. Buylama (vertikal) burmalar. Detalning (gorizontal yo’nalishda) ortiqcha kengligidan yoki detallarning (vertikal yo’nalishda) ortikcha uzunligidan kelib chiqadi. Orqaning yuqorigi tomonidagi bo’ylama burmalar. Kiyimning orqasidagi ortiqcha gazlama umumiy chokka qo’shib tikiladi. Old yeng o’mizidagi burmalar bu nuqson yelka zixini va o’miz chizig’ini tortib chuzish yo’li bilan yo’qotiladi. Mazkur burma yeng o’mizining ostigacha yetib turgan bo’lsa, u holda kiyimning old qismi bel va son chiziqlarigacha kengaytiriladi. Shimning old choki yaqindagi bo’ylama burmalar bu nuqsonni yo’qotish uchun shimning old zixiga qo’shib beriladigan haqni kamaytirib yon zixlar haqini oshirish kerak. Shimning orqa yarmida og’ chizig’ining do’ngligi kamaytiriladi. O’rta detal chok ham shunga yarasha siljitiladi. Shimning orqa yarmida tekislik uchun qo’shib beriladigan chok haqi qayta taksimlanadi. Detalning butun eniga tarqalgan qiya burmalar detalning qisqaritirilishi, uzaytirilishi yoki toraytirilishi natijasida kelib chiqadi. Yelkasi yostiqchali kiyimning yon choklaridagi qiya burmalar. Bu nuqson quyidagi cha yo’qotiladi: qiya burmalar kiyimning oldi va orqasidagi yeng o’mizi tubida yon choklarda o’tkaziladi. Lozim topilganda detallar bichimi aniqlanadi va andozalarga tuzatish kiritiladi. Old yeng o’mizi yaqinidagi qiya burmalar. Yeng o’mizi tubidagi burmalar yon choklarga o’tkazilib tekislab yuboriladi. Detallarning bichimi aniqlanadi va andozalarga tuzatish kiritiladi. Orqaning yeng o’mizi yaqinidagi qiya burmalar agar bu nuqsonlar yelka balandligini har xilligidan yoki yelkalarning pastligidan kelib chiqsa u holda yelkani yostiqchali qilish yoxud mavjud yostiqchaning qalinligini oshirish kerak. Mazkur nuqson detallar muvozanati buzilganligi oqibati bo’lsa bursa burmalar kengligi yon choklarga taksimlanadi. Andaza aniqlanadi, bichimi o’zgartiriladi. Agar orqadagi yelka kamari toraytirilgan bo’lsa uni yeng o’miziga hamda yelka chiziqlariga qo’shib berilgan chok haqi hisobiga kengaytirish kerak. Yeng boshidagi qiya burmalar bu nuqsonning kelib chiqishiga yeng o’mizining yopiq holdagi chuqurligi yeng boshi balandligiga to’g’ri kelmasligi sabab bo’ladi. Nuqsonni yo’qotish uchun yeng boshining balandligi (koldirilgan zapas haq yetarli bo’lsa) oshirish kerak. (1-variant) yeng boshining yon tomonlari pasaytirilganda ham qiya burmalar yo’qotiladi. (2-variant) so’ngra yengning oldiga va tirsak zixlari uzunligi aniqlanadi. Yengning tirsak perikati yaqinidagi qiya burmalar. Yeng boshining ostki cheti aniq chizilmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Uni yo’qotish uchun yengning ostki yarimi yeng o’mizining ostki chizig’i ustiga qo’yiladi, o’miz chetining ortiqchasi kesib tashlanadi, old zix qisqartiriladi. Shimning og’ chokidagi qiya burmalar. Nuqsonni yo’qotish uchun avval og’ chizig’ining yuqorisida gorizontal burma hosil qilinib, to’g’nog’ichlar bilan qadab qo’yiladi. So’ngra shimning old va orqa yarmidagi qiya burmalar to’g’nog’ichlar bilan qadalib, yon chiziqlarning yuqorigi qismida yo’qotiladi. Shundan keyin andoza aniqlanadi va detallar bichimiga o’zgartirishlar kiritiladi. Burchak burmalari. Vitachkalarning ochilish oralig’i yetarlicha bo’lmagan yoki burchak puxta dazmollab tekislanmagan, yoxud detalga botiq shakl beradigan vitachkaning ochilish oralig’i kichik bo’lgan hollarda shunday nuqson vujudga keladi. Kiyim orqasining yeng o’mizidagi burchak burmalar. Ortiqcha gazlamadan skladka (burma) yetishmayotgan (ochik holdagi) kengligini yoki dazmollab tekislash uchun beriladigan haqni aniqlaydi. Orqa yeng o’mizining yuqorigi qismida qoldirilgan zapasni oshirgan holda yelka chokini qo’shimcha ravishda dazmollab tekislash yaxshi natija beradi. Shim orqa yarmining tax chizig’idagi burchak burmalar. Bu holda shimni namlab dazmollashga to’g’ri keladi. Dazmol shim orqa yarmining zixi bo’ylab gazlamaning tanda ipiga nisbatan burchak hosil qilib yurgizilishi kerak. Shimning orqa yarmi kesik, vitachkali, koketkali bo’lgan holllarda mazkur nuqsonni yo’qotish bir muncha qiyin. Shimning yon tomonidagi burcha burmalar. Vitachkalar hosil qilib, shimning yon tomoni dumpayibroq turadigan qilinsa, nuqson bilinmay qoladi. Muvozanat (uyg’unlik) buzilish tikilgan detallarning qiyshayib, spiralsimon buralib turishiga sabab bo’ladi. Kiyimning barlari ochilib turadi, ko’krak chizig’idan patroqda burchak burmalar hosil bo’ladi. Kiyimning old tomonini bort chizig’i bo’ylab o’zgartirish kerak. Kiyimning etagida barlar bir-biri ustiga chiqib ketadi. Nuqsonni yo’qotish uchun old yoqa o’mizining yuqorigi uchini yanada yuqoriroq ko’tarish yoki old yelka chizig’ini yoqa o’mizi tomon surish, yo bo’lmasa kiyim oldining yon chokini bir oz yuqoriga ko’tarish kerak. Shu o’zgartirishlar kiritilgandan keyin yangidan belgilab qo’yib chiqiladi va yeng o’mizi chizig’i bilan etak chizig’i aniqlanadi. Kiyimning orqasi kalta. Bu nuqsonni ikki xil yo’l bilan yo’qotish mumkin. Agar kiyimni tikkanda orqasida zapas koldirilgan bo’lsa u holda orqa uzaytiriladi va orqaning yelka qismida ko’raklar to’g’risiga o’zgartirish kiritiladi. Kiyimning orqasi chokli yoki koketkali bo’lsa, mazkur nuqson osonlikcha yo’qotiladi. Kiyimning orqasida zapasi bo’lmasa, kiyimning oldini keragicha qisqartirishga to’g’ri keladi. Kiyimning orqasini maxsus yostikchasi bo’lgan presslarda koliplash ham yaxshi natija beradi. Kiyimning orqasi uzun. Bu nuqsoni yo’qotishning turli variantlari mavjud: Kiyim orqasini qisqartirish va toraytirish, kiyimning oldini uzaytirish va kengaytirish, har ikki detallni bir yo’la to’g’rilash. Bu variantlarning hammasida yon choklari va yeng o’mizlari va yoqa o’mizlari chiziqlarining uzunligi o’zgardi albatta; Anna shu o’zgarish evaziga tutash detallarni tegishlicha to’g’rilash kerak bo’ladi. Yenginng oldinga yoki orqa tomonga ogib turishi. Kertiklar o’rni noto’g’ri belgilangan yoki kiyimning bichimi (asosi) kishining bo’yi-bastiga to’g’ri kelmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Nuqsonni yo’qotish uchun yengni so’qish va yeng oldinga ogib turgan takdirda – yeng o’mizidagi kertiklar o’rnini soat stirelkasiga karshi siljitish, yeng ogib turganida esa kertiklarni soat stirelkasi yo’nalishida surish kerak. Yeng o’mizidagi kertiklar o’rnini o’zgartirish o’rniga yeng boshidagi kertiklarni shu tariqa sursa ham bo’ladi. Shimning orqa yarmidagi vertikal burmalar. Bu nuqson shimning old-orqa balansi buzilganligidan darak beradi. Nuqsonni yo’qotish uchun o’rta chokning yuqorigi uchini bir oz uzaytirish va orqa vitachkani kengaytirish yukki dumbaning eng baland joylarini qo’shimcha vitachkalar qilish kerak. Bundan tashqari, shim o’rta chokining to’g’ri toritib cho’zilganligini tekshirish kerak. Shimning old yarmi uzun. Bant sohasida gorizantal burmalar hosil bo’lishi ana shunday nuqson borligidan dalolat beradi. Bu nuqsonni yo’qotish uchun primerka vaqtida shimning ortiqcha uzunligini gorizantal skladkaga yetish kerak. Bu skladkaning kengligi shimning old yarmini qanchalik qisqartirish yoki orqa yarmini qanchalik uzaytirish kerakligini ko’rsatadi. Shimning orqa yarmini uzun. Bu nuqson ham xuddi yuqoridagiga o’xshaydi. Uni bartaraf etish uchun shimning orqa yarmini qisqartirish yoki old yarmini uzaytirish kerak. Shimning yon choklari orqaga buralib ketadi. Shim old yarmining og’ choki keragidan uzun bo’lganda shunday nuqson bo’ladi. Muvozanatni tiklash uchun kertiklarni pastga surish bilan shim old yarmining yuqorigi nuqtalarini yanada yuqoriroq ko’tarish kerak. Shimning yon choklari oldinga buralib ketadi. Shim old yarmining yon choki uzayishi natijasida shunday nuqson kelib chiqadi. Nuqsonni bartaraf etish uchun shim oldining yon zixlaridagi kertiklarini pastga siljitish kerak. Yurganda, harakatlanganda seziladigan va ko’zatiladigan boshqa nuqsonlar. Yeng qo’lni ko’tarishga halakit beradiyu bu nuqsonni yo’qotish uchun yeng o’mizining chuqurligini kamaytirish kerak, shunga yarasha yeng boshining balandligi ham albatta kamaytiriladi. Kiyimning dastlabki uzunligi o’zgarmasligi uchun etakni qayirib bo’qish maqsadida tashlab ketilgan chok haqidan foydalaniladi. Shim tizzani bukib o’tirishga va oyoqni ko’tarishga halakit beradi. Shimning o’rta choki yetarlicha uzun bo’lmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Bu nuqsonni bartaraf etish uchun o’rta chokni uzaytirish, old zixni qisqartirish va kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq ravishda shimning yuqorigi qismini qayta bichish kerak.
    Download 215,5 Kb.




    Download 215,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar ishi bilan tanishtirishning nazariy asoslari

    Download 215,5 Kb.