3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi:
Milliy ruh – millatning ichki ruhiy
holati, kechinmalari, his-tuygʻulari, maʼnaviy dunyosi, oʻy-fikrlari,
maqsad va
maslagi hamda kayfiyatini ifodalovchi tushuncha. Yer yuzidagi har bir millat oʻziga
xos irodasi, his-tuygʻu, did, xulq, feʼl-atvordan iborat maʼnaviy olamiga ega. Milliy
ruh uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanadigan jarayon boʻlib, u millat
taraqqiyotida hayotbaxsh manba boʻlib xizmat qiladi. Millat taraqqiyotida maʼnaviy
va moddiy omillar qanchalik zarur va shart boʻlsa, milliy ruh shunchalik ham
muhim ahamiyatga ega. Milliy ruhning oʻziga xos xususiyatlarini bilish ayni vaqtda
jamiyatda mavjud boʻlgan qator
muammolarni hal qilishga, millat ijtimoiy-siyosiy
hayoti jarayonlarini oʻziga xosligini aniqlash va ularga toʻgʻri munosabatda
boʻlishga imkon yaratadi.Milliy ertaklarimiz xalq og‘zaki ijodiyoti va o‘zimiz
tomonimizdan to‘qilgan to‘qima ertaklar bola tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Bolalar bilan ko‘proq
muloqot qilishning, bolalar nutqining rivojlanishi ham
ertaklar orqali olib borilishi katta natijalarga erishilishini ko‘rsatmoqda.
Bolajonlarimiz xali dunyoni to‘liq anglamagan bo‘lishsada, ertaklar tinglashni juda
hohlashar ekan. Ertaklarni bolalar yoshiga mos tarzda tashkil qilish bu,
pedagogning mahoratiga bog‘liqdir. Kichik yoshdagi
bolalar uchun qisqa va
qiziqarli ertaklar bolalar ruhiyatini tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi.
Ertaklarni bolalar yoshiga mos tanlash ham bir san’atdir. Ertaklarni tanlash,
ravon nutq bilan so‘zlab bera olish, ovoz to‘nini
shu qahramon ovoziga taqlid
qilish bilan ayta olish, bolalar his-tuyg‘ularini hisobga olgan holda so‘zlash,
rasmlardan
foydalanish, qo‘g‘irchoqlardan foydalanish, interaktiv doskalardan
foydalaninsh va hokazolar bolalarni o‘ziga tortadi va tinglashni o‘rgatadi.
Ertaklarni shoshmasdan mazmnli o‘qib berish va bolalarning savollarini va
fikrlarini ertak bilan uyg‘unlashtirish talab etiladi. Oddiygina ertakni turli usullarda
turlicha aytish mumkin, lekin bolalarni qiziqtirish
usulini aniq bilib, olish talab
4
qilinadi. Bolalar nafaqat ertakni tinglaydilar balki, ertakdan o‘zlariga
yoqqan
yoki ijobiy qahramonlarni ham tanlaydilar.