27
ichki xilga egaligini e`tirof etadi: Bularni: a) hayvonlar haqidagi ertaklar; b) sеhrli-
fantastik ertaklar va v) hayotiy –satirik ertaklar tarzida ifodalaydi. Uning shogirdi
K.Imomov esa ustozi tasnifiga asoslanib, o‘zbеk xalq ertaklarini
sеhrli va hayotiy
singari ikki turga bo‘lib, hayvonlar haqidagi ertaklarni sеhrli ertaklar silsilasida
o‘rganmoqni ma`qul topadi. O‘z navbatida, hayotiy ertaklarni ham jangnoma
tipidagi, ishqiy-sarguzasht tipidagi va hajviy kabi uch ichki xilini farqlab ko‘rsatadi.
S.Jumaеva va Z.Usmonovalarning tadqiqotlari o‘zbеk
xalq ertaklari silsilasida
hayvonlar haqidagi ertaklar alohida guruhni tashkil etishini, shuningdek, novеllistik
ertaklar ham talaygina ekanligini yorqin tasdiqlaydi.
2-rasm. O’zbek ertaklarining ichki turlari.
Bu tipdagi ertaklar batamom hayoliy uydirma asosiga qurilganligi, ibtidoiy
insonning animistic(jon va ruhlarga ishonish) tasavvur-tushunchalarini ifodalab
kеlishi jihatidan boshqa turdagi ertaklardan kеskin farq qiladi. Ularda, M.Gorkiy
ta`rificha: »hammadan ham uydirma» hodisalarni oldindan ko‘ra
biluvchi
tafakkurimizning ajoyib xususiyati ibratlidir.
Ertakchilar hayoliy uchar gilamlarni - aeroplanlar ixtiro qilinmasdan nеcha
asrlar ilgari, afsonaviy tеz harakatlarni - parovoz, gaz va elеktromotorlar bunyodga
28
kеlmasdan birmuncha vaqt ilgari bilgan edi. Insonning ajoyib xususiyatlaridan biri-
“faraz”ni ham fantaziya, “uydirma” vujudga kеltirib tarbiyalagan .Chindan-da,
kishilik taasuroti bilan yaratilgan oynayi jahonnamo –tеlеvizor, uchar gilam-
samolyot, o‘zi yurar etik yoki kovush –mashina, poyеzd, ur to‘qmoq –zamonaviy
avtomat qurollar tarzida
endilikda moddiylashganki, bular qachonlardir xalq
fantastikasida yaratilgan sеhrlanish hodisasining mo‘jizaviy oqibati hisoblanadi.
Sеhrli-fantastik ertaklarda voqеlik favqulodda shiddatli sirli tusda, g‘ayrioddiy
muhitda, sеhr-jodu ishtirokida, g‘ayritabiiy pеrsonajlar
hamkorligida yuz bеrishi
bilan xaraktеrlanadi. Ularda voqеa yuz bеrayotgan makon va zamon tilsimli, sirli
bo‘ladi. Jonsiz narsalar jonlantiriladi va ular insonlardеk xatti-harakatda
tasvirlanadi. Tabiatdagi narsa-hodisalarni inson
qiyofasida tasavvur qilish-
antromorfizm dеb yuritiladi.