Ishning tarkibiy tuzilishi:
Ish kirish, 2 bob, 4 ta paragraf, xulosa, ilova va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat va 63 sahifadan tashkil topgan.
3
https://znanio.ru/media/ “O`TKAN KUNLAR” ROMANIDA UFURIB TURGAN MILLIY RUH (znanio.ru)
7
I BOB.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY
RUHDA TARBIYALASHNI NAZARIY ASOSLARI
1.1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning
metodologik asoslari.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-
son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni
4
, 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son
“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
5
,
2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-
ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”
6
2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta’minlash
7
,
shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib
tarbiyalash maqsadida qabul qilingan - Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida
ham o‘z aksini topgan. Konsepsiyaning beshinchi bobida aynan maktabgacha ta’lim
tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish, bu davrdan boshlab bolalarda
ijobiy xulq motivlarini, “O‘zbekiston - mening Vatanim!” tuyg‘usini shakllantirish,
ularda davlat ramzlariga hurmat hissini tarbiyalash, o‘g‘il bolalarda mardlik, shijoat,
milliy g‘urur, qat’iyat, tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat,
mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishda »Bola aziz, odobi
undan aziz» mavzuida ertak, matal, afsona, doston, maqollardan foydalanib, MTT
tarbiyachi pedagoglari va ota-onalar uchun alohida uslubiy ishlanmalar ishlab
chiqish va amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning muhim vazifalari sifatida
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidntining 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida qarori.
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidntining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining»Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarori.
7
O‘zbekiston Respublikasi Prezidntining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2019-
yil 3 -maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi qarori.
8
belgilab berildi.Milliy ruh tarixan, obyektiv va subyektiv omillar taʼsirida sekin-asta
shakllanadi. Obyektiv omillar jumlasiga millat yashayotgan hududning maydoni va
hayot kechirishga qulayligi, tabiiy shart-sharoitlar, yer osti va yer usti boyliklarining
mavjudligi, aholining soni, hayvonot va oʻsimlik olamining xilma-xilligi, suv
manbalarining koʻpligi, quyoshli kunlarning miqdori va hokazoni kiritish mumkin.
Subyektiv omillar esa aholining savodxonlik darajasi, odamlarning bir-biri bilan
oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnata olishi, mamlakat ichida barcha millatlar,
dinlar, ijtimoiy guruhlar va boshqa tabaqalar vakillarining hamjihatligi, inoqligi,
hamkorligi va boshqalarni qamrab oladi. Obyektiv omillar mavjud boʻlsada, lekin
xalq tarqoq, uyushmagan boʻlsa, mamlakat va davlat qoloq va qashshoq boʻlib
qolaveradi. Hozirgi zamon rivojlangan davlatlar va millatlarning taraqqiyotga
erishgani obyektiv va subyektiv omillarning uygʻunlashgani hamda ishchanlik,
tashabbuskorlik, tadbirkorlik top qirlik bilan ishga solingani, hayot surʼati va milliy
ruh yuqori darajada boʻlgani bilan izohlanadi. Ayni vaqtda, jamiyat taraqqiy etgan
sari subyektiv omillarning ahamiyati ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlar
zamonaviy ilm-fan, texnika yutuqlari tayangan holda Yer kurrasining tabiiy jihatdan
noqulay hududlarida ham moʻjizakor ishlarni amalga oshirmoqdalar. Masalan,
shimoliy qutbga yaqin joylashgan Islandiyada, yer ostidan chiqadigan qaynoq
geyzer suvlaridan foydalanish natijasida subtropik mevalar yetishtirilmoqda. Yoki
oʻz yer osti boyliklariga ega boʻlmagan Yaponiya eng ilgʻor sanoat, texnika,
texnologiya va amaliy fanni yuzaga keltirdi va jahonda eng raqobatdosh mahsulot
ishlab chiqarmoqda. Bu natijalar boshqa omillar qatorida taraqqiyotga yoʻnaltirilgan
milliy dunyoqarashning asosi boʻlgan milliy ruhning kuchliligidan dalolat beradi.
Ilk bor O‘zbekistonning barcha hududlarida 2023-yil 9-oktabr kunidan boshlab
“MELQO” xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning
birinchi bosqichi boshlandi. Tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha
100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi, baholash va ma’lumotlarni
to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi
bosqich 2024-yilda boshlanadi, bunda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab
9
olinadi. MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish
qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi. Ushbu tadqiqot bolalarning
qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida
ma’lumot beradi. Dissertatsiyada bu yosh davri bolalariga beriladigan ma’naviy-
axloqiy tarbiya bevosita M.Koshg‘ariy, U.Kaykovus, A.N.Forobiy, al-Xorazmiy,
Abu Ali Ibn Sino, A.Navoiy kabi sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida
keltirilgan alla, ertak, maqol, topishmoqlarga va xalq tilidan yozib olingan xalq
og‘zaki ijodi namunalariga ustuvorlik berish asosida singdirilishi yoritib berilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining “Ilk qadam”
8
Davlat o‘quv dasturida
belgilanganidek, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy
kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun
tegishli sharoitlar yaratishdan iborat. Mazkur hujjatda maktabgacha yoshdagi (6-7
yosh) bolaning umumiy muhim 4 ta kompetensiyasi aks ettirilgan: kommunikativ
kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish; o‘yin
kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va
ko‘nikmalardan ijodiy foydalanish, u o‘quvtarbiyaviy jarayon uchun asos
hisoblanadi; ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari
bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish;
bilish kompetensiyasi – atrof olamni ongli idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma,
malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni bajarish uchun foydalanish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-psixologik kompetensiya –
hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va
me’yorlarini bolalar xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida egallab borishi
to‘g‘risida qat’iy xulosaga kelingan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh
bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat
ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash
g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot
8
Ilk qadam Davlat o‘quv dasturi 2022-yil 1-yanvar. 42-b.
10
g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash hozirgi kundagi dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi. Hozirgi davr, ya’ni “ milliy o‘zlik”ni anglashning o‘sib borayotgan
yosh avlodda ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida
shakllanib borayotgan milliy tuyg‘ularni yanada o‘stirish, rivoj toptirishni talab
etmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xalqning boy ma’naviy va intellektual
merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik
yo‘nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. Milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va
hamjihatlik tuyg‘usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi.
Yosh avlodlarda ona zaminga bo‘lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli
bo‘lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o‘z vatani
tarixi, milliy qadriyatlari, o‘zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari,
an’analarini mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga
ega bo‘lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi. Mustaqillik
milliy g‘urur, vatanga, yurtga muhabbat, fidoiylik, mehr–shafqat, oqibat, ota–onaga
hurmat tuyg‘ularini kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Mehr–shafqat,
oqibat, o‘zbekona xislat, hayot mazmuni. Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu
millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi “
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O‘rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim
9
sifatida zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo‘lishi tabiiy. Millatni
milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan bog‘liq
9
(E.Vohidov) O’zbegim qasidasi Toshkent Ilm-ziyo 2022-40 b.
11
milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o‘zini ijtimoiy qadriyat
sifatida qarash imkonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarning namoyon bo‘lishi,
tarixiy rivojlanish jarayonida o‘tmishdan kelajakka tomon harakatini tahlil
qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar-kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy
birligini ta’minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, turli
shakllarda namoyon bo‘ladi, kishilarning ongiga, hayot tarziga o‘ziga xos tarzda
ta’sir qiladi. Kishilarning o‘zaro munosabalarida, ijtimoiy faoliyatlarida ko‘zga
tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar
uchun ma’naviy asos bo‘ladi; moddiy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa
sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishlari, kishilar uchun zaruriyat
sifatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etishlari, ularga foyda keltirishlari ham
mumkin.
Milliy ruhda tarbiyalashni
yo‘lga qo‘yish borasida o‘zbek pedagogikasida
bir talay ishlar amalga oshirildi. Mualliflar ilmiy tadqiqotlarda maqsaddan kelib
chiqib, milliy
ruhda tarbiyalash mavzuga aloqador jihatlarini yoritishga harakat
qilganlar. O.R.Jamolidinova katta yoshdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarida xalq
hunarmandchiligi vositasida mehnat tarbiyasini amalga oshirish muammosini
yoritib bergan. Olima o‘zbek xalqining nodir merosi bo‘lgan xalq
hunarmandchiligi asosida kichkintoylarni hayotining ilk yillaridan ajdodlar
merosiga oshno qilish, milliy an’analar ruhida tarbiyalash, dastlabki mehnat
ko‘nikmalarini shakllantirish, mehnatga munosabatning milliy negizlarini
tarbiyalanuvchilarga singdirish kabi masalalarni, avvalo, nazariy, so‘ng amaliy-
metodik jihatdan yoritib bergan. Eng e’tiborli jihati katta yoshdagi
tarbiyalanuvchilarga o‘zbek xalq hunarmandchiligi haqida tushuncha berish,
uning turlari bilan tanishirish, bolalarga o‘zlari yashab turgan hududda keng
tarqalgan hunarmandchlik shakllarini o‘rganish, o‘rni bilan hunarmandlar ish
joyiga – ustaxonalariga borish kabi usullarni tavsiya qiladi
10
.
10
Jamolidinova O.R. Katta bog‘cha yoshidagi bolalarda xalq hunarmandchiligi vositasida mehnatsevarlikni tarbiyalash: Ped. f. nom. diss.- T.:
O‘zPFITI,1997. 163-b.
12
Yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish borasida
tadqiqotlar olib borgan olima, pedagogika fanlari doktori, professor Ziyoda
Azimovaning fikricha, milliy ruhda tarbiyalashni
yo‘lga qo‘yishda “...milliy urf-
odatlarimiz va an’analimizga sadoqatni shakllantirish; yuksak ma’naviyat va
ma’rifat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; milliy va umuminsoniy
qadriyatlar uyg‘unligini taqozo qiluvchi ta’limda ilg‘or ta’lim, pedagogik
texnologiyalarni egallash va rivojlangan mamlakatlar darajasiga ega bo‘lish;
Islom dinining axloqiy tamoyillaridan tarbiya jarayonida to‘g‘ri foydalanib, din
va dunyoviy hayot tushunchalarining mutanosibligini tushuntirish; ijodkorlik,
erkin va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish” zarurligini uqtiradi
11
Millat bolalariga
kichik yoshdan milliy ruhda tarbiyalash yetarli darajada singdirilmayotgani uchun
“...keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga foyda keltirish, uning
suverenitetini mustahkamlash hissi yaxlit, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi
tufayli shaxsiy manfaatni o‘ylash, yengil yo‘llar bilan to‘kis hayotga intilish hissi
namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga ayrim talabalar orasida ma’naviy
cheklanganlik, dunyoqarashning torligi tufayli yot g‘oyalarga aldanish, milliy
odob me’yorlariga rioya qilmaslik, so‘z va ish orasidagi tafovut, milliy g‘ururning
sustligi kabi noxush ko‘rinishlar uchrab turadiki, ularni ilmiy asosda o‘rganib,
bartaraf qilish lozim”. Bartaraf etish yo‘li haqida falsafa fanlari doktori
B.To‘rayev shunday yozadi: “... Zarur bo‘lganda esa, xalqdagi hali ro‘yobga
chiqmay, yashirinib yotgan ichki nasliy quvvatlarni ham yuzaga chiqarishga
sharoit yaratish kerak bo‘ladi. Buning uchun tarixiy xotirani uyg‘otish,
ma’naviyatni yuksaltirish, xalqning o‘zligini anglashiga keng yo‘l ochishga
to‘g‘ri keldi.
Bu mamlakatimizda ma’naviyatni yuksaltirish yo‘li deb ataldi” .
Mazkur fikrlardan respublikada ma’naviyatni yuksaltirish yo‘li kichik yoshdan –
maktabgacha ta’lim davridan boshlanishi kelib chiqmoqda
12
.
11
Azimova Z. “Tarbiyaviy ishlar tizimini integral diagnostik asosda takomillashtirish” mavzusidagi ped-ga fanl. dokt. diss-yasi. Nukus, 2018. 25-
26-b
12
To‘rayev B. Milliy mafkura va milliy g‘oyaning konseptual asoslari
(Ayrim mulohazalar). Manbaa:
http://www.bukhari.uz/index.php/ru/
maqolalar - 4/564 -millij-mafkura-kecha-va-bugun
13
Milliy tuyg‘u shaxsda quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
- millatning yutuqlar, obro‘-e’tibori bilan faxrlanish, ularning muammolariga
befarq qarab turmaslik;
- o‘z eli, millatiga jonkuyar, o‘z millatining moddiy-ma’naviy me’rosini
asrab-avaylash; o‘zbek xalqining g‘ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm-
rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an’analar mavjud. Jumladan, o‘zbek
xonadonlarida ota nomi mag‘rur va ulug‘ shaxs sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa,
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, ya’ni farzandlarimizning o‘z
yurtiga mehr-muhabbatli bo‘lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, vatanimiz
shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota-
ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni
bajarishda har bir O‘zbekiston fuqarosi g‘urur va iftixor bilan yashaydi va uning
me’yoriga amal qiladi. Bolalar qalbida o‘z xalqiga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini
tarkib toptirish, milliy g‘ururni tarbiyalash, ularga o‘zbek xalqining mehr-oqibatli,
mehmondo‘st, mehnatsevar va kamtarin ekanligini singdirish, O‘zbekistonning
mustaqilligi, madhiyasi, gerbi va bayrog‘i haqidagi bilimlarni shakllantirib borish
maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy
tuyg‘uni shakllantirish maqsadida o‘tilayotgan mashg‘ulotlar mavzulari bolaning
har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob-axloqli, milliy g‘ururli komil inson
bo‘lib tarbiyalashiga yordam bermog‘i lozim. Maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarda milliy ruhni shakllantirishda nafaqat maktabgacha ta’lim tashkilotlari,
balki oilaning ham mavjud holatini o‘rganish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki,
bolalarning bo‘sh vaqti, asosan, uyda, oilada davrasida o‘tadi. Buni hisobga
olmaslik, yosh avlod tarbiyasida ota-onaning burchi va vazifalari haqida yanada
chuqurroq o‘ylamasak xato bo‘ladi. Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch oiladagi
munosabat, oila muhiti, oila a’zolarining o‘zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va
boshqalarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati,
14
oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta’sir
qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning
a’zolarining o‘zaro munosabatlari samimiy bo‘lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik
samarali bo‘ladi. Maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur
va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun:
- milliy g‘urur, urf-odat va an’analarimizni maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni
shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish;
- umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma’naviy va
ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish zarur.
|