Xalq ertaklari va xalq ertaklari tasnifi haqida tushunchalar




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana19.06.2024
Hajmi0,59 Mb.
#264399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
ABDULLAYEVA MOHICHEHRA 12.06.2024 2024

1.2.
Xalq ertaklari va xalq ertaklari tasnifi haqida tushunchalar 
Ertak — 
xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va 
uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy harakterdagi epik badiiy asar. 
Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” 
asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish 
maʼnosini bildiradi. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida 
matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent 
shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. Ertak hayot haqiqatining xayoliy va 
hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, 
voqea va harakatlarning ajoyib-u gʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning 
gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertaklarda 
uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet 
chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt (qarshi fikrlar to‘qnashuvi) yechimini 
taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani 
bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat 
qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki 
mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning 
ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, ertaklarni 2 guruhga — 
xayoliy uydirmalar asos boʻlgan ertaklar, hayotiy uydirmalar asos boʻlgan ertaklarga 
boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi ertaklar - syujeti mo‘jizali, sehrli; 
hayotiy uydirmalarga asoslangan ertaklar; syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda 
real voqea-hodisalar tasvirlanadi. Ertakda, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. 
Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq 
manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt 
malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va 
devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga 


23 
qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol 
harakati va gʻayritabiiy kuch-qudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv 
qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa 
bosh qahramonning aql-droki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi. 
Ertak janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va 
kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli 
ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar, hajviy 
ertaklarga boʻlinadi. 
Hayvonlar haqidagi ertaklarning bir turi majoziy(ko‘chma ma’nodagi) 
ertaklardir. Majoziy ertaklarning («Susambil», »Boʻri bilan tulki», »Tulkining 
taqsimoti», »Ikki boyqush» va boshqalar) syujeti asosida koʻchma maʼno, allegorik 
(o‘zgacha ifodalash) obrazlari yotadi. Masalan, laqmalik va qonxoʻrlik - boʻri 
orqali, ayyorlik va tilyogʻlamachilik - tulki orqali ifodalangan. Sehrli ertaklarda 
voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan boʻladi. Bularda 
pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi (“Yalmogʻiz”, “Semurgʻ”, “Devbachcha”, 
“Kenja botir” va boshqalar). “Quloqboy”, “Handalak polvon”, “Uch yolgʻonda qirq 
yolgʻon” va boshqalar ertaklar komik, baʼzilari hatto hajviy harakterga ega. 
Masalan “Uch yolgʻonda qirq yolgʻon” da bosh qahramon xalq orasida shuhrat 
topgan kal boʻlib, bu komik qahramonning yolgʻon toʻqishidan zulm va jaholat, 
adolatsizlik kabi mavjud tuzumga xos illatlar qoralanadi, kishilardagi 
donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulugʻlanadi. 
Maishiy ertaklar - kundalik hayotda ro‘y berayotgan voqealar asos qilib 
olingan ertaklardir. Maishiy ertaklarda koʻproq zulm va adolatsizlik qoralanadi 
(“Uch ogʻaini botirlar”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Tohir va Zuhra”, “Farhod va 
Shirin”, “Zolim podsho” va boshqalar). Masalan, ‘Uch ogʻa-ini botirlar” ertagi 
odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambagʻal, lekin hayot 
tajribalariga boy boʻlgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh boʻlib, oʻgʻillari 
shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik
donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar koʻrinsa, shahzodalar qiyofasida mol-mulk 


24 
toʻplash yoʻlida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolgʻonchi, johil 
kishilar obrazi gavdalangan. 
Ertaklar, asosan, didaktik vazifani bajaradi. Ertaklarning “Ming bir kecha”, 
“Panchatantra” va boshqalar yaxshi namunalari, H.K. Andersen, V.Xauf, 
A.S.Pushkin kabilarning mumtoz adabiy ertaklari jahon madaniyati xazinasiga 
kirgan. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, 
tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas boglanishi, 
insonlarga axloqiy va ma’naviy yoldosh bolib kelishidadir. Ertaklar insonning 
ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sugorilgan bolib, ijobiy kuchlar 
tabiat va ijtimoiy hayotda oziga dushman bolgan kuchlarga qarshi kurashda doimo 
golib chiqadi. Xalq ertaklarida ijtimoiy muhim masalalar odilona hal etiladi. 
Ertaklar sodda va tushunarli bolgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. 
otmishda yaratilgan ertaklarda xalqchillik kurashi ozining haqqoniy badiiy ifodasini 
topgandir. Xalqning kelajakka bolgan ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan 
galabasi, yoruglikning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish 
g‘oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan. Ertaklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh 
avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo‘ylik va halollik, mehnatsevarlik, 
xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan. 
Ertaklar turli mavzularda bo‘lishi mumkin. Ular shartli ravishda hayvonlar 
haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga 
bo‘linadi. 
Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqadigan fantastik hikoyalardir. 
Ulardagi asosiy mazmun majoziy, ya’ni ko‘chma ma’noga ega. Masalan, ayyorlik 
va munofiqlik - tulki, qonxo‘rlik, laqmalik- bo‘ri orqali ifoda etiladi. “Bo‘ri bilan 
tulki”, “Echkining o‘ch olishi”, “Ochko‘z bo‘ri”, “Ayiqpolvon” kabi ertaklar ana 
shunday asarlardir. 
Sehrli ertaklar ham siz sevib va qiziqib o‘qiydigan fantastik hikoyalardir. 
Ularda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan, asar qahramonlari 
har narsa qo‘lidan keladigan mo‘jizakor kimsalar “Ur to‘qmoq’, “Ochil dasturxon”, 


25 
“Semurg”, “Susambil” ertaklaridan iborat. Johillik, ikkiyuzlamachilikni la’ natlash, 
aql- farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillik, ahillik kabi chin insoniy 
xislatlarni targ‘ib qilishdir. 
Xalqimiz yaratgan xayoliy hikoyalar orasida shunday turkum ertaklar borki, 
ularni biz hayotiy-maishiy ertaklar deb ataymiz. Bunday ertaklardagi voqealaming 
aksariyati hayotga yaqin, hayotdan olingan. “Zumrad va Qimmat”, “Oygul bilan 
Baxtiyor”, “Ziyod botir”, “Tohir va Zuhra”, “Ozodachehra”, “Farhod va Shirin”, 
“Malikayi Husnobod”, “Uch og‘a-ini botirlar” ana shunday ertaklar sirasidandir. Biz 
yuqorida tilga olgan hayotiy-maishiy ertaklar kishida jiddiy fikr-mulohazalar 
uyg‘otadigan, muayyan tarbiyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan asarlardir. Siz ular bilan 
tanishgach, botirlik, yurtga fidoyilik, odamgarchilik, vafodorlik, himmat va saxovat 
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lasiz, o‘zingizda ham ertaklar qahramonlaridagi 
yaxshi fazilatlarni bo‘lishini xohlab qolasiz, shunga intilasiz. 
Ertaklarni ham tinglaymiz, ham o‘qiymiz dedik. Tinglaydigan ertaklarimiz 
professional ertak aytuvchilar, ya’ni ertakchilar tomonidan qiziqarli tarzda hikoya 
qilinadi. Ertakchilar shunchaki hikoya qilmaydilar. Har bir ertakchi u yoki bu 
ertakni qayta yaratadi desak, xato bo‘lmaydi. Chunki ularning har biri o‘zining 
hikoya qilish uslubi, didi, dunyoqarashiga ko‘ra ajralib turadi. Bundan tashqari
ertakchi tinglovchilarning saviyasi va talabiga ko‘ra ertakni o‘zgartirishi mumkin. 
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarixida ertaklaming badiiy asar darajasiga ko‘tarilishi va 
bugungi kungacha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi 
o‘g‘li, Haydar Baychi o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g‘li, Husanboy Rasul o‘g‘li kabi 
ertakchi, matalchilarimiz katta xizmat qilganlar. Ular og‘zidan yozib olingan O‘zbek 
xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgacha ma’naviy zavq berib 
kelyapti. O‘zbek adabiyotida xalq ertaklari asosida yaratilgan she’riy, nasriy asarlar 
teatr va kinoda ham o‘z aksini topgan. Qiziqarli ertaklar syujeti asosida sahna 
asarlari, kinofilmlar multfilmlarni bolalar sevib tomosha qilmoqda. 
Bolalar, ertaklaming yaratilishiga ko‘ra yana bir turi - yozma ertaklar ham 
mavjudki, u jahon adabiyoti, xususan, o‘zbek yozma adabiyotining katta qismini 


26 
tashkil etadi. Keyingi ikki - uch yuz yillikda fransuz ertakchisi Sharl Perro (1628-
1703), nemis ertaknavislari Ernst Teodor Amadey Gofman (1776-1822), aka-uka 
Yakob Grimm (1785-1863 va Velgelm Karl Grimm (l786-1859)lar, Vilgelm Gauf 
(1802-1877), daniyalik Hans Kristian Andersen (1805-1875), angliyalik Oskar 
Uayld (18541900), rus ertakchilari A. S. Pushkin (1799-1837) ijodining roppa-rosa 
o‘n yilini faqat bolalar uchun hikmatli hikoyalar va ertaklar yaratishga bag‘ishlagan 
L. N. Tolstoy (1828-1910), K. D. Ushinskiy (1824-1870) yozma ertakchilikni 
rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. O‘zbek yozma ertakchiligi ham katta tarixga 
ega. Jadid bobolarimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, 
Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Siddiqiy-Ajziy 
o‘zlari tuzgan maktab darsliklari uchun ko‘plab ibratli ertaklar yaratdilar. O‘tgan asr 
o‘rtalarida Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ,”Semurg”, Sulton Jo‘raning 
“Zangori gilam”, Shukur Sa’dullaning “Ayyor chumchuq”, “No‘xat polvon”, 
“Laqma it” she’riy ertaklari, “Yoriltosh”, “Afsona yaratgan qiz” ertak-pyesalari, 
“Kachal polvon” ertak-qissasi mashhur bo‘ldi. Adiblarimizning ertakchilik 
sohasidagi an’analarini keyinchalik X. To‘xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev,
O‘. Imonberdiyev kabi ertaknavis mualliflarimiz davom ettirdilar. 
“Ertaklar - yaxshilikka yetaklar” degan naql bor xalqimizda. Ular shunchaki 
ko‘ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka 
undovchi, zavq-shavq bag‘ishlovchi ma’naviy manbadir. 

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq ertaklari va xalq ertaklari tasnifi haqida tushunchalar

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish