Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashda xalq




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana19.06.2024
Hajmi0,59 Mb.
#264399
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ABDULLAYEVA MOHICHEHRA 12.06.2024 2024

2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashda xalq 
ertaklarining ahamiyati 
Bugungi davr talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiyaberish
murakkab va masuliyatli jarayondir. Ta’lim-tarbiyaning yangi usulini qo‘llashdan 
avval, biz ortga nazar tashlashimiz mumkin. Bizning ota-bobolarimizdan qolgan 
tarbiya berishning qulay va oson usullaridan foydalanish bugungi kunda biroz
eskirgandek. Lekin natijasini kuzatilganda yuqori darajada ekanligi isbotlangan. 


46 
Bolajonlarimizni tarbiyalab ularga ibratli ertaklar va hikoyalar orqali bilim 
berishning qulay va natijali usuli bu yertak terapeyasidir. Pedagog-tarbiyachilar 
bolalarning yosh hususiyatlariga ko‘ra kamida 40 dan ortiq ertakni bilishlari lozim.
Negaki bolajonlarga bir ertakni qayta-qayta eshitish juda zerikarlidir, bundan
tashqari vaziyatdan kelib chiqib, kichik va namunali ertaklar to‘qish mahorati
tarbiyachi pedagoglarga hos xarakter hisoblanadi. Ayni damda pedagoglarni
kasbiy malakasini oshirish ham pedagoglarning mahoratlarini mustahkamlash, 
bilimlarini oshirishga qaratilgan jarayondir. Har beshyilda pedagog-
tarbiyachilar malaka oshirish orqali bilim,ko‘nikma va malakalarini oshirish
orqali o‘z ustilarida ishlash imkoniga ega bo‘ladilar. Bolalarning o‘zligini
anglatish, tabiatga bo‘lgan qiziqishlari, odob-axloq tushunchalari, do‘stlari va
tengdoshlari bilan munosabatlari, kattalar bilan muloqot qilish, hurmat
tushunchasini singdirish, ota-onani sevish, vataniga sadoqatli ruxda 
tarbiyalash, bilim olishga qiziqtirish, manaviyatini boyitib borishda avvalo 
kitobning o‘rni beqiyosdir. Milliy ertaklarimiz xalq og‘zaki ijodiyoti va o‘zimiz 
tomonimizdan to‘qilgan to‘qima ertaklar bola tarbiyasida katta ahamiyatga
ega.Bolalar bilan ko‘proq muloqot qilishning, bolalar nutqining rivojlanishi ham 
ertaklar orqali olib borilishi katta natijalarga erishilishini ko‘rsatmoqda. 
Bolajonlarimiz xali dunyoni to‘liq anglamagan bo‘lishsada, ertaklar tinglashni juda 
hohlashar ekan. Ertaklarni bolalar yoshiga mos tarzda tashkil qilish bu,
pedagogning mahoratiga bog‘liqdir. Kichik yoshdagi bolalar uchun qisqa va
qiziqarli ertaklar bolalar ruxiyatini tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi.
Ertaklarni bolalar yoshiga mos tanlash ham bir sanatdir. Ertakning 
muhim xususiyatlaridan biri, uning har doim xalq hayoti, kurashi, tarixi, 
psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan juda yaqin bog‘langan bo‘lishi, 
bolalarga axloqiy va ma’naviy jismoniy kuchga ishonch ruhi bilan boydir. U bolaga
butun real va tabiatdan tashqari kuchlarning bo‘ysunganini ifodalaydi. “Ertaklarda 
bola tabiati va ijtimoiy hayotda o‘ziga dushman bo‘lgan qarshi kuchlarga kurashda
doim g‘olib chiqadi va bolani hayotga tayyorlashda ko‘maklashadi desak,


47 
mubolag‘a bo‘lmaydi.” Ertaklarni tanlash, ravon nutq bilan so‘zlab bera olish,
ovz to‘nini shuqaxramon ovoziga taqlid qilish bilan ayta olish, bolalar 
histuyg‘ularini 
hisobga 
olgan 
holda 
so‘zlash, 
rasmlardan 
foydalanish, 
qo‘g‘irchoqlardan foydalanish, interaktiv doskalardan foydalaninsh va xokazolar 
bolalarni o‘ziga tortadi va tinglashni o‘rgatadi. Ertaklarni shoshmasdan mazmunli
o‘qib berish va bolalarning savollarini va fikirlarini ertak bilan uyg‘unlashtirish 
talab etiladi. Oddiygina ertakni turli usullarda turlicha aytish mumkin, lekin 
bolalarni qiziqtirish usulini aniq bilib, olish talab qilinadi. Bolalar nafaqat
ertakni tinglaydilar balki, ertakdan o‘zlariga yoqqan yoki ijobiy qahramonlarni 
ham tanlaydilar. Bolajonlar ertaklarni tinglabgina qolmay, salbiy va ijobiy
qahramonlarni farqlab,ularni obrazlariga kirishishga intiladilar, bu esa
pedagogning yutug‘idir demak bola ertakni tinglash orqali muloxaza qilishga ham 
ulgurganligi belgisidir. Ayrim pedagoglarda ertak aytib berishga xohish-istaklari 
yo‘qligini va bolalarni ertaklarga qiziqtirib aytib bermasligi mumkin.Bunda
bolalarning ertak tinglashda oladigan ozuqa o‘rniga boshqa bekorchi narsalarga 
sarflashi mumkin. Bolalarning kunduzgi uyqu soatlarida ertak tinglashga
o‘rgatish orqali ularni uyqu soatlarini ham mazmunli tashkil etishga erishiladi.
Pedagoglar ertak terapeyasini tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan 
ishlaganlarida ham, uy sharoitida bolalar bilan ertaklar o‘qib berish yoki aytib 
berishni yo‘lga qo‘yishlari lozim.Ertaklar bolalarda albatta yaxshi xislatlarni 
shakllanishiga va ularning xarakteriga aylanib ulgurgan qizg‘onchiqlik, yig‘loqilik, 
qo‘rqoqlik, 
chaqimchilik, 
asabiylik, 
odamovililik, 
fikri 
tarqoq,bolalarga 
qo‘shilolmaslik, o‘g‘irlik, erkatoylik kabi bir qator yomon odatlarini yaxshi 
odatlarga quvnoqlik, sho‘x, erkin, fikrini yetkazib bera olish kabi odatlarga
almashtiradilar. Ertaklar doimiy xayotiy voqelikdan kelib chiqqan holda yoziladi. 
Agar oilada ota-onalar tomonidan kitoblar o‘qilishini ko‘rgan va kuzatgan bola, 
kitoblarni o‘qishni bilmasa ham rasmli kitoblarni ramga qarab to‘qima ertaklarni 
yaratadi. Bu holat otaonalar va pedagoglarning hamkorlikda ishlashda bola
tarbiyasidagi katta yutuqlaridan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 


48 
anʼanaviy taʼlimiy faoliyat tarbiyachining hikoya qilib berishi, oʼqib berishi va 
takrorlatgan holda yod oldirishini tan oladi. Аmmo tajriba shuni koʼrsatadiki, 
bolalar tarbiyachining hikoyasini kichik oʼzgarishlar bilan takrorlaydilar, hikoyalar 
kambagʼal soʼzlar vositasida talqin qilinadi xolos. Shuning uchun, hikoyani oʼqib 
berish jarayni nihoyasiga yetgach, bolalardan qayta hikoya qilib berish emas, shu 
hikoya asosidagi aralash kartinkalarni magnitli doskaga oʼz oʼrniga koʼra terib 
chiqishini talab etadigan “Rasmlarning oʼrnini top” oʼyini bolalarni faol nutqiy 
vaziyatga undaydi. Ular voqealar ketma-ketligiga koʼra rasmlarni izlab topish 
jarayonida nafaqat nutqi balki, diqqati, kuzatuvchanligi, mantiqiy fikrlashi 
rivojlanadi. 
Oʼzlari hosil qilayotgan hikoya kompozitsiyasini kuzatish 
tarbiyalanuvchilarni faollashtiradi va yangi soʼzlar bilan tasvirlashga urinadi. Ushbu 
faoliyat bolalarni zerikishdan himoya qiladi, butun guruhni qayta hikoya qildirishga 
imkon boʼlmagan taqdirda, bu usul vositasida barcha bolalar ish jarayoniga jalb 
etiladi. Аyniqsa tarbiyachi asosiy ijrochi rolidan kuzatuvchi darajasiga statusini 
oʼzgartirishi bolalarga erkinlik beradi. Pedagogning ijrochi-bolalar xattiharakatlarini 
ragʼbatlantirishi esa nutqiy faollikka yoʼl ochadi. Shu kabi innovatsion 
texnologiyalarni tanlashda quyidagi talablarga eʼtibor qaratish kerak: 
- texnologiyani oʼqib berish emas, balki bolalarning muloqot qobiliyatini 
rivojlantirishga, nutq madaniyatini tarbiyalashga yoʼnaltirish; 
- har bir bola uchun uning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan 
holda har xil faoliyat turlarida faol nutq amaliyotini tashkil etish. Nutqni 
rivojlantirishning asosiy vazifalari - soʼz boyligini boyitish va faollashtirish, 
nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, izchil nutqqa oʼrgatish maktabgacha 
yosh davrida hal qilinishini inobatga oladigan boʼlsak, ijodiy taʼlim 
texnologiyalariga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xususan, nutq oʼstirish faollik 
markazini badiiy qoʼllanmalarga va didaktik materiallarga boy tarzda jihozlashga 
eʼtibor berish kerak. Bolalar nutqining barcha qirralarini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan mavzuga mos syujetli rasmlar toʼplamlari, sahnalashtirishga 
moʼljallangan oʼyinchoqlar toʼplamlaridan, bosma didaktik oʼyinlardan tashkil 


49 
topgan metodik bankni yaratish tarbiyachi zimmasidadir. Badiiy adabiyot bilan 
tanishtirish nutqni rivojlantirishda muhim rol oʼynashini eʼtirof etgan holda, 
guruhlarda kitoblar burchaklari va »Аqlli kitoblar tokchasi» tashkil etilishi muhim. 
Chunki tarbiyalanuvchilar bunday materiallar bilan bevosita yangi taassurotlar, 
bilim, koʼnikmalar bilan tanishadi. Dialogik, hissiy jihatdan boy nutqi shakllanishi 
uchun qulay muhitda boʼladi. Badiiy asarlar vositasida bolalarning nutqi va 
tafakkuri rivojlanar ekan, bir paytning oʼzida bogʼlanishli dialogga kirishadi, 
fikrlarini bayon etishga kirishadi. Bu bolaga zavq va quvonch bagʼishlaydi, bu 
tuygʼular nutqni faol idrok etishni ragʼbatlantiradigan va mustaqil nutq faoliyatini 
yaratadigan eng kuchli vositadir. Buni amaliyotda kuzatganimizda oʼyinlar va 
samarali taʼlim texnologiyalari asosida nutq oʼstirish mashgʼulotlari oʼtkazilganida 
bolalarning faolligi, fikrlarini dadil asosda bayon qilgani, jarayonda zerikish 
bilmaganligi, lugʼatida yangi soʼzlarni qoʼllaganligi, qiziqishlari tufayli yangi 
maʼlumotlarni oʼzlashtirishga ishtiyoq uygʼonganligi maʼlum boʼldi. Bu esa MTTda 
bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashda umumiy muhim kompetentsiyalarni 
shakllantirishning asosiy va zarur talabidir. Mana shularni inobatga olgan olgan 
xulosa qilish mumkinki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib boriladigan nutq 
oʼstirish taʼlimiy faoliyat jarayoni va nutq oʼstirish faollik markazidagi jarayonlar 
zamonaviy texnologiyalarni qoʼllagan holda olib borilishi zarur. Dono xalqimiz 
“Ertaklar-yaxshiliklar yetaklar”, deb bejiz aytishmagan. Ertaklar bolalarning ongi va 
qalbiga ezgu fazilatlarni jo qilishda, ularning ma’naviy olamini boyitishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida bolalarning xotirasi, diqqate’tibori, tafakkuri 
rivojlanadi. Ertaklarni tinglash til va nutqning taraqqiy etishini belgilab beradigan 
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Boladagi ayrim nutqiy kamchiliklarni hikoya va 
ertaklar eshitish, she’r yodlatish, shuningdek so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qildirish va 
turli xil mashqlar bajarish orqali bartaraf etish mumkin. Ertak mazmuni asosida 
bolalarda ezgu xislatlarni tarbiyalash, insoniy fazilatlarni targ‘ib etish, ular o‘rtasida 
o‘zaro do‘stona munosabatlarni shakllantirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish 
kerak. Jumladan, hayvonlar haqidagi “Tulkining taqsimoti” ertagida ayyorlik va 


50 
tilyog‘lamalik tulki obrazi orqali ifodalangan. “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi ota 
nasihati bilan boshlanadi. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi 
odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar namoyon bo‘ladi. 
Tarbiyachi tomonidan ertak o‘qib bo‘lingach, bolalarni umumiy xulosa 
chiqarishga undash lozim. “Agar sen uning o‘rnida bo‘lganingda nima qilgan bo‘lar 
eding?”, kabi savollar berib, erkin muloqotga chaqirish ularning faolligini oshirishga 
yordam beradi. Har bir ertakning o‘z g‘oyasi bor. “Sehrli sholg‘om” ertagi bolalarni 
fikrlashga, voqealarni ketma-ket aytishga undab, “Kuch birlikda” degan g‘oyani 
anglab yetishini ta’minlasa, “Zumrad va Qimmat” ertagida Zumradning 
mehnatsevarligi ulug‘lanadi. Qimmat esa dangasa, ishyoqmas sifatida gavdalanadi. 
Bolalar ertakni tinglash orqali qissadan hissa chiqarishga o‘rgatiladi. Shuningdek, 
ertaklarni mahorat bilan bolalarga o‘qib berish, kichkintoy bilan his-hayajonli 
muloqotni o‘rnatishga, sezdirmay tarbiyaviy ta’sir qilishga, atrof-muhit haqidagi 
bilimi va ma’lumot zaxiralarini samarali to‘ldirishga imkon yaratadi. Maktabgacha 
ta’lim muassasalarida ertaklarni bolalarga yetkazishda yangi pedagogik texnologiya 
asosida bolalarning so‘z boyligini oshirishga, ularning nutqini o‘stirish, tafakkuri va 
ma’naviyatini rivojlantirishga qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Maktabgacha davridan boshlab bolalarda yuksak ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni shakllantirish ko‘p bosqichli va murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayon 
texnologik yondoshuvni talab qiladi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida 
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ertaklardan 
foydalanish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar ko‘ngil ochishni, ermakni xohlaydilar. 
Chunki bu narsalar ular hayoti davomida tabiiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar xamma narsani o‘yin va so‘zlar orqali 
o‘zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o‘z ona tillarining 
har tomonini ya’ni nozik taraflarini ham o‘rgatib boradi. Chunki so‘z orqali bola 
hayoti borasida muloqot qiladi, fikrlash doirasi kengayadi va tili ravon, aniq 
so‘zlashga moslashib boardi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar so‘z, ibora va 


51 
gaplarni qiziqib o‘rganadilar hamda osongina eslab qoladilar. Bu yoshdagi 
bolalarning xotirasi endi shakllanib borayotgan paytda bunday mashg‘ulotlar 
ularning hayotiga yo‘l ochib beradi. Kichik yoshdagi bolalarga tarbiyachi so‘zlarni 
o‘rgatayotganida o‘yinlar orqali murojaat qilish ayni muddoa hisoblanadi. O‘yin 
orqali bola o‘zining lug‘at boyligini kengaytirib to‘playdi. Lekin kichik yoshdagi 
hamma bolalar ham o‘rganayotgan so‘zlarning ma’nosini to‘g‘ri tushunmaydilar. 
Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachining vazifasiga kiradi. Qiziqarli ertak 
va hikoyalar bolaga yaxshi ta’sir qiladi va yaxshi-yomonni farqlashga o‘rgatadi. 
Yod olingan kichik xajmdagi she’r va qo‘shiqlar bolaning nutqini ravon, aniq va 
sodda qilib ifoda etishni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarda tabiatga mehr 
uyg‘otishda daraxtlar qushlar yoki boshqa narsalar xaqidagi kichik xajmdagi 
she’rlarni yod oldirishi va ularning mazmunini tushintirishlari maqsadga 
muvofiqdir. Qushlarning insonlarga foyda keltirishi shu kichik she’r orqali 
ifadolanganini aytish zarur. She’rni yoki qo‘shiqni aytishdan oldin ular haqidigi 
rangli rasmlarni ko‘rsatib o‘tish va suxbatlashish shart. Shundagina bolaning 
tasavvuri, hayolot olami kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bitta 
ertakni qayta-qayta eshitishni yoqtiradilar. Shunga ko‘ra ham uni bir marta emas, bir 
necha marta o‘qib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda tarbiyachi: »Bolalar, 
ertak yoqdimi? Mazmunini tushundinglarmi? Yana bir marta o‘qib beraymi?» deb 
murojaat etib turishi kerak.Bolalar ertak mazmunini yuzaki tushungan bo‘lishlari 
mumkin. Shuning uchun dastlabki idrokni chuqurlashtirish maqsadida bolalarni 
ertak mazmuniga olib kirish lozim bo‘ladi. Rasm idrokni yana ham chuqurlashtiradi. 
Bolalar ertak tinglash paytida ko‘z oldilariga keltirishga ulgurmagan jihatlar: 
qahramonlarning kiyinishlari, o‘zlarini tutishlari va boshqa
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ertak asosida rasmlar chizishni ham 
topshirish foydali. Rasm chizish paytida bolada axborot yetishmasligi seziladi. U 
tarbiyachidan ba’zi narsalarni so‘rab bilishga intiladi. Natijada ertak mazmuniga 
yanada chuqurroq kirib borish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Shu bois ertak 
asosida bola tomonidan chizilgan rasmlarda axborot ko‘proq bo‘ladi.


52 
Maktabgacha ta’limda bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ertaklarning o‘rni 
beqiyos hisoblanadi. Ertaklar orqali bolalarga odob-axloq haqidagi bilimlarni 
yetkazib berish osonroq kechadi. Ertaklar hamma yoshdagi bolalarga birdek yoqadi 
va birdek ta’sir etadi. Ertaklarning ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati shundaki, bola 
ushbu ertaklar talqinidagi qahramonlarning salbiy va ijobiy tomonlarini eshitish va 
ko‘rish yordamida o‘zlaridagi xulq-atvorning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri 
ekanligini anglashi va o‘z xulqidagi salbiy tomonlarini o‘zgartirishi mumkun. Shu 
bilan bir qatorda, ertak bilan tanishish natijasida har bir ertak qahramonlarining 
xatti-harakatini ongli ravishda axloq normalari va qoidalari doirasida bajarishga 
urinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi har bir tarbiyachidan bolalarning axloqiy 
tarbiyalarini kengaytirib borish, xulq-atvorining axloqiy sabablarini aniqlab borish 
uchun, o‘ta e’tiborli bo‘lishni va ziyraklikni talab etadi. Bolalar taraqqiyotidagi 
bolalar ertaklari rollari ko‘p qirrali. Ertak bolalarning tarbiyasida ajralmas element 
hisoblanadi. U hayotdagi bolalarni tushunadigan tilda o‘rgatadi, yaxshilik va 
yomonlik haqida gapiradi. Bolalar, yangi va kattalar nutqidan ko‘ra, hikoyani 
yanada osonroq tushunadilar. Shuning uchun, agar kattalar bolaga biror narsani 
tushuntirishga yordam berishsa, uni qo‘llab-quvvatlang. Hikoyalarni o‘qib, so‘zlab 
berish orqali , biz bolaning ichki dunyosini rivojlantiramiz. Ertak xulq-atvori va 
aloqa asoslarini shakllantirishga yordam beradi. Ertaklarni o‘qish uchun bolaning 
xotirjam va yaxshi kayfiyatda bo‘lgan “o‘ng” vaqtini tanlash muhimdir. Ertakni 
qiziqarli o‘qish kerak, bu ko‘proq foyda va ijobiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi. 
Katta yoshlarda yaxshi va yomonni bilish shakli tasavvurga ega emas. Bolalar bu 
shaklda ma’lumotni idrok qila olmaydi, ular tasvirga, o‘yinga muhtojdir. Bolalarni 
tarbiyalashda ertaklarining o‘rni e’tiborsiz qoldirilmaydi. Bola tasvirlarni taqdim 
etib, qahramonlarning ichki dunyosini tushunishni o‘rganadi, ular bilan do‘stlashadi 
va yaxshilik kuchiga ishonadi. Bolalar ertaklarining roli nafaqat yoqimli dam olish 
bilan chegaralanib qolmaydi. Masalan, bolaning tashvishlarini yo‘qotishning bir 
usuli hisoblanadi. Ertaklardan foydalanib, paydo bo‘lgan shaxsning salbiy 
tomonlarini yengib o‘tishga yordam beradi. Farzandingizning tabiatiga qarab, bir 


53 
qator fikrlarni hisobga olishingiz lozim bo‘ladi. Xalq ertakalrida ko‘p asrlik aql-
idrok mavjud. Ko‘pincha afsonalar dahshatli realizmda ayblanadi. Bolada kattalar 
majoziy ko‘rinishda ko‘rgan shafqatsizliklarni sezadi. Agar bola bir necha marta 
televizorda zo‘ravonlik sahnalarini ko‘rgan bo‘lsa, u mo‘jizaviy tarzda ertaklarni his 
qila olmaydi. Bolaga yomonlikka barham berilishinitushuntirish kerak. Ertaklarda 
har doim yaxshilik g‘olib bo‘lishini anglab yetish juda muhimdir. Keyin unga 
hayotning qiyinchiliklarini yengish osonroq bo‘ladi. Sizning ertakka bo‘lgan 
munosabatingiz ham muhimdir. Bolani tarbiyalashda ertak olamini to‘liq ishlatish 
kerak. Bir ertak orqali bolaning “yaxshi” va “yomon” nima ekanligini tushunishi 
osonroqdir. Bola o‘zini o‘zi ijobiy ertak qahramon sifatida taqdim etadi. Ertak 
bolaning to‘liq rivojlanishi uchun eng qulay vositalardan biridir. Agar siz 
bolalarning yosh xususiyatlari bilan bog‘liq ertaklarni to‘g‘ri tanlasangiz, bolaning 
hissiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lasiz. Agar bolaning sevmaydigan va 
sevimli qahramonlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsangiz, bolaning mumkin bo‘lgan 
psixologik muammolarini o‘z vaqtida aniqlashingiz va to‘g‘ilashingiz mumkin. 
Bolaning fantaziyasi ham ijobiy, ham rivojlanishning salbiy tomoniga yo‘naltirilishi 
mumkin. Oddiy hodisalarga ega bo‘lgan ertaklardan boshlash yaxshidir. Ertak ertagi 
bilan mashg‘ulot o‘z-o‘ziga ishonch va o‘z-o‘zini ishontirishga yordam berishi 
kerak.


54 

Download 0,59 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashda xalq

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish