57
XULOSA
Xulosa o‘rnida
shuni aytish mumkinki, o‘ziga xos tarbiya vositasi bolgan
ertaklar bolajonlar uchun juda qiziqarli va qadrlidir. Ertaklar bolaning dunyo
qarashini kengaytrib uning hayotga ongli munosabatini shakllantradi. Bola ertak
orqali yahshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir biridan farqlashni o‘rgatadi
bu tushuncha uning pisixalogiyasida bir umrga muhrlanib voyaga yetganidan keyin
u ezgu ishlarga odatlanadi. Har bir ona, tarbiyachi ertaklarni
bolalarga obrazli va
qiziqarli tarzda aytib berilsa, bolalar hayoti davomida ezgulik, yaxshilik,
insonparvarlik hamda vatanparvarlik tuyg‘usida voyaga yetadi. Bola xatti-
harakatidagi
emotsional buzilishlarni, albatta o‘yinlar, o‘yinchoqlar, bolaning
tasviriy faoliyati, musiqa, teatr va umuman aytganda, san’at yordamida ham
to‘g‘rilasa bo‘ladi. Lekin bolalar uchun eng tushunarli va sevimli usul bu – ertakdir.
To‘g‘ri tanlangan ertak yordamida boladagi ko‘plab muammolar – qo‘rquv, injiqlik
kabilarni yo‘qotish unda qat’iyat va irodani shakllantiradi.
Ertaklarni faqatgina
psixologik terapiyadagina qo‘llamay, balki oila davrasida muntazam qo‘llash
bolalik davridagi eng iliq hislarni bola xotirasida muhrlashga imkon beradi. Ertaklar
bolaning muammolaridan kelib chiqqan holda tuzilishi, ertak terapiyasini o‘tkazish
mobaynida bolaning har bir xatti-harakatiga ahamiyat berib borilishi lozim.Bolaning
individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ertakni qabul qilish darajasini
muntazam kuzatib borish lozim.Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti
yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni
ham nazarda tutadi”,- deb ta’kidlangan. Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘lgan ta’lim-tarbiya
tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning
dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: tarbiya-biz uchun yo hayot-
yo mamot- yo najot-yo halokat-yo saodat-yo falokat masalasidir . Qaysi sohani
olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir
o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni,
millatning
sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini
58
hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri
davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan
davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib
voyaga yetishida MTT tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol
ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q.
MTT tarbiyasini olgan bola bilan MTTga bormagan bolani solishtirganda, ularning
fikrlash darajasi oʻrtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.
Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini
davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni
har tomonlama puxta o‘ylab
amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat
o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, ularning
moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash, yangi MTTlar qurish bo‘yicha davlat
dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga
olinib, nodavlat ta’lim tashkilotlari,
jumladan, nodavlat MTT tarmog‘ini
kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni
shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi.