• 1.3. SANOAT ROBOTI VA UNING TUZILMASI
  • I bob. Robotlar va robototexnika to‘G‘risidagi asosiy ma’lumotlar




    Download 499,41 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana01.12.2023
    Hajmi499,41 Kb.
    #109016
    1   2   3
    Bog'liq
    1-Мавзу

    Sanoat robotlarining sinflanishi 
    Sanoat robotlari quyidagi xususiyatlari bo‘yicha sinflanadi: funksional 


    vazifasi; ixtisosligi; yuk ko‘tarish qobiliyati; yuritma turi; manipulyatorlar soni; 
    harakatlanish, joylashtirish usuli; koordinatalar tizimining turi; programmalash usuli 
    v.b. (1.1-chizma). Universal robotlar turli xil operatsiyalarni bajarishga va har xil 
    jihozlar bilan birga ishlashga mo‘ljallangan. 
    Ixtisoslashgan robotlar ma’lum bir aniq operatsiyani bajarishga 
    mo‘ljallangan. Masalan, payvandlash, yig‘ish, bo‘yash operatsiyalari. 
    Maxsus robotlar faqat bir konkret operatsiyani bajaradi. Ma- salan, 
    texnologik jihozning konkret modeliga xizmat qiladi. 
    Robotlar bajaradigan texnologik operatsiyaning turiga qarab, asosiy 
    texnologik operatsiyani bajaruvchi robotlar (masalan, texnologik payvandlash, 
    bo‘yash, yig‘uv operatsiyalari) va yordamchi texnologik operatsiyani (masalan, olib 
    qo‘yish operatsiyasi) amalga oshiradigan robotlarga bo‘linadi. 
    1.3. SANOAT ROBOTI VA UNING TUZILMASI 
    Hozirgi vaqtgacha sanoat robotining umumiy qabul qilingan ta’rifi yo‘q. 
    Turli mamlakatlarda sanoat robotining har xil ta’riflari taklif qilingan. 
    Sanoat roboti deb, ishlab chiqarish jarayonida harakat va boshqaruv 
    funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan bir necha harakatlanish darajasiga ega 
    bo‘lgan manipulyator ko‘rini shidagi ijro qurilmasidan hamda qayta dasturlanuvchi 
    boshqarish qurilmasidan tashkil topgan, odam harakatiga o‘xshash harakatlarni 


    amalga oshiruvchi avtomatik mashinaga aytiladi. 
    Sanoat robotining tuzilma sxemasi 1.2-chizmada kelirilgan. Ishchi organli 
    manipulyator (M) va harakatlanish qurilmasi (HQ) sanoat robotining ijro qurilmasini 
    tashkil etadi va ular sanoat robotining barcha harakat funksiyalarini amalga oshiradi. 
    Sanoat robotining manipulyatori deb, yuritmalardan, ularni boshqaradigan 
    boshqarish tizimidan tashkil topgan ijro quril masiga aytiladi. 
    Sanoat robotining kerakli barcha harakat funksiyalarini bajaruvchi qurilmaga 
    ijro qurilmasi deb aytiladi. Manipulyator umuman ko‘p zvenoli ko‘rinishdagi ishchi 
    qu ril malardan (IQ), ishchi organdan (IO), har bir zvenoning yuritmasidan tashkil 
    topadi. Har bir yuritma o‘z boshqarish konturiga ega. 
    Robot boshqarish qurilmasining boshqarish sig nali yuritmalarni boshqarish 
    qurilmasiga yuboriladi va manipulyatorning ishchi qurilmalarini harakatga 
    keltiriladi. Sanoat robotining ishchi organi manipulyatorning tashkiliy qismi bo‘lib, 
    texnologik operatsiyalovchi yoki yordamchi o‘tishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri bajarishga 
    xizmat qiladi. 
    Manipulyatorning ishchi qurilmasi va ishchi organlari ijro dvigatellaridan, 
    uzatish mexanizmlaridan, korreksiyalovchi zvenolardan va datchiklardan tashkil 
    topadi va manipulyatorning yuritma qurilmalari deb ataladi. 
    Yuritmalarning boshqarish qurilmasi (YBQ) boshqaruv qu- rilmasining 
    signallarini o‘zgartiradi va elektromagnit klapanlar, membranali kuchaytirgichlar va 
    boshqalar ko‘rinishida bo‘ladi. 
    Sanoat robotining harakatlanish qurilmasi ijro qurilmasining tashkiliy qismi 
    bo‘lib, manipulyator yoki robotning umuman harakatlanishini amalga oshiradi. 
    Sanoat robotining boshqarish qurilmasi (BQ) boshqarish programmasi 
    asosida ijro qurilmasiga boshqaruvchi ta’sirlarni shakllantirish va berishga xizmat 
    qiladi. 



    Download 499,41 Kb.
    1   2   3




    Download 499,41 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Robotlar va robototexnika to‘G‘risidagi asosiy ma’lumotlar

    Download 499,41 Kb.
    Pdf ko'rish