• Kurs ishning tuzilishi
  • I-bob. Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari va qulayliklari




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/14
    Sana17.11.2023
    Hajmi0,85 Mb.
    #100526
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    “Windows operatsion sistemasi” mavzusini o’qitishda modulli didaktik
    Документ Microsoft Word (2), Biologiya test, @uqituvchiga hujjat MMIBDO, 2-мактаб ЙЎЛ ХАРИТАСИ, 1. Dehqonchilik fanining asosiy vazifasi nimadan iborat -fayllar.org, 12, Axloqning tarkibi va funktsiyalari, 3-seminar mashg‘ulot Mavzu O‘qish darslarida ilmiy–ommabop asar-fayllar.org, 3-Mavzu Har xil janrdagi asarlarni o`qitish metodikasining o`zi-www.hozir.org, O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi t (2), Mavzu mahsulotlarning sifat ko rsatkichlari reja, 1543659101 68502, 1. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl va , Sinfdan tashqari boshlangich bosqich darslarini tashkil etish 2
    Ishning ilmiy-amaliy ahamiyati. Ta’limni kompyuterlashtirish, yangi axborot va 
    pedagogik texnologiyalarni hayotga tatbiq qilishda, informatika umumta’lim fanini 
    o’qitishda yutuqlar bo’lsa-da, yechimini kutayotgan muammolar ham ko’p. 
    Tadqiqot natijasida respublikamiz ta’lim muassasalarida “Umumiy o’rta ta’lim 
    maktablarda informatikaning boshlang’ich mavzulari ya’ni “Windows operatsion 
    sistemasi” mavzusini o’qitishda mavjud kamchiliklar va yutuqlar o’rganildi. 
    Natijada ushbu mavzuni o’qitish, noan’anaviy ta’lim usullarini foydalanishning 
    takomillashtirishi 
    bo’yicha 
    taklif 
    va 
    tavsiyalar 
    berildi. 
    Kurs ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan 
    adabiyotlar ro’yxatlaridan iborat. 
     

     


    I-BOB. Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari va qulayliklari
    1.1. Kompyuterni boshqaruvchi dasturlar haqida.
    Dasturiy taʼminot yoki Software bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani 
    bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. bu hisoblash texnikasi vositalari bilan 
    ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy 
    va 
    hujjatli 
    vositalarni yig‘indisi 
    tushuniladi. 
    Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa 
    chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar 
    toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama software yaʼni „soft“ — yumshoq, „ware“ — 
    „mahsulot“ degan maʼnoni bildiradi. 
    Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli 
    yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda 
    mavjut)), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida 
    maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan 
    : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlassdir). 
    Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. Hisoblash tizimi tarkibi 
    konfigurasiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy 
    vositalari alohida olib o’rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash 
    tizimlari apparat konfigurasiyasi va dasturiy konfigurasiyasi alohida olib 
    o’rganiladi. Bunday bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga 
    egadir, chunki ko’p xollarda alohida olingan masala echimini ham apparat, ham 
    dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin. Apparat ta’minoti. Hisoblash 
    tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfigurasiyani tashkil etuvchi 
    qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua 
    (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni 
    bajarishga zarur bo’lgan apparat konfigurasiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib 
    olish mumkin. Qurilmalarning, markaziy prosessorga (Central Processing UNIT, 
    CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi 
    qurilmalar, qoida bo’yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni 


    odatda periferik qurilmalar ham deb ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq 
    saqlashga mo’ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi. Alohida blok va 
    qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, 
    apparatli interfeys deb ataluvchi o’tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida 
    bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar 
    protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, 
    bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda 
    birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir. 
    Dasturiy ta’minot Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Кompyuter 
    uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi 
    qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog’liqligi yo’qdek ko’rinadi, 
    ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish 
    qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi 
    kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Кompyuterda, 
    dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog’lanishda 
    ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko’rib chiqayotganimizga qaramasdan, 
    ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko’rib chiqish shartli 
    ekanlgini sedan chiqarmaslik kerak. Кompyuterlar va hisoblash tizimlarining 
    dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfigurasiya deb ham ataladi. Dasturlar 
    orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o’zaro aloqa mavjud. 
    Aksariyat ko’pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib 
    ishlaydi. Bunday bog’lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys 
    (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o’zaro aloqa qoidalariga asoslangan 
    bo’lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o’zaro aloqada bo’lgan bir nechta sathlar 
    (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. 
    Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath 
    oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining 
    dasturlarni o’rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatasiya qilish va texnik xizmat 
    ko’rsatishgacha bo’lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. 
    Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning 


    funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti 7 sathiga ega bo’lgan 
    hisoblash tizimi ko’p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy 
    ta’minotni o’rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi. Rasm 1. Asos dasturiy 
    ta’minoti. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir. 
    Bu ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi. 
    Qoida bo’yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va 
    doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va 
    ma’lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida 
    yoziladi va ularni ishlash jarayonida o’zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish 
    vaqtida asos dasturiy vositalarini o’zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX 
    mikrosxemasi o’rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo’lgan doimiy xotira 
    qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda DX mazmunini hisoblash tizimi tarkibida 
    bevosita o’zgartirish mumkin (bunday texnologiya flesh texnologiya deb ataladi), 
    yoki hisoblash tizimidan tashqarida, maxsus programmator deb ataladigan 
    qurilmalarda bajariladi. 
    Tizimli dasturiy ta’minot. Bu sathdagi dastur, kompyuter tizimining boshqa 
    dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan o’zaro bog’lanishni ta’minlaydi, ya’ni 
    bu dasturlar dallollik vazifasini o’taydi. Amaliy dasturiy ta'minot Xizmatchi dasturiy 
    ta'minot Asos dasturiy ta'minot Tizimli dasturiy ta’minot Butun hisoblash tizimining 
    ekspluatasiya (ishlatish) ko’rsatkichlari ish sathining dasturiy ta’minotiga 
    bog’liqdir. Masalan, hisoblash tizimiga yangi qurilma ulash vaqtida boshqa 
    dasturlarni shu qurilma bilan bog’lanishini ta’minlash uchun, tizimli darajada dastur 
    o’rnatilishi kerak. Aniq qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishga javob beruvchi 
    dasturlar qurilma drayverlari deyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta’minoti tarkibiga 
    kiradi. Tizimli sath dasturlarining boshqa sinfi foydalanuvchi bilan bog’lanishga 
    javob beradi.Aynan shu dasturlar yordamida foydalanuvchi, hisoblash tizimiga 
    ma’lumotlarni kiritish, uni boshqarish va natijalarni o’ziga qulay ko’rinishda olish 
    imkoniga ega bo’ladi. Bunday dasturiy vositalar, foydalanuvchi interfeysini 
    ta’minlash vositalari deb ataladi. Кompyuterda ishlash qulaylgi va ish joyi 
    unumdoligi bu vositalar bilan bevosita bog’liqdir. Tizimli satx dasturiy ta’minoti 


    majmuasi kompyuter operatsion tizimi yadrosini tashkil etadi. Operasion tizimning 
    to’liq tushunchasini biz keyingi boblarda ko’rib o’tamiz, bu erda esa biz faqat, agar 
    kompyuter tizimli sath dasturiy ta’minoti bilan jihozlangan bo’lsa, u holda 
    kompyuter yanada yuqori darajadagi dasturni o’rnatishga va eng asosiysi dasturiy 
    vositlarning qurilmalar bilan o’zaro aloqasiga tayyorligini bildiradi. Ya’ni 
    operatsion tizim yadrosi mavjudligi – insonni hisoblash tizimida amaliy ishlarni 
    bajarish imkoniyatining zaruriy shartidir. Xizmatchi dasturiy ta’minot. Bu dasturlar 
    ham asos dasturiy ta’minot bilan, ham tizimli dasturiy ta’minot dasturlari bilan 
    bog’langan. Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham 
    ataladi) kompyuter tizimini tekshirish, sozlash va tuzatishdan iboratdir. Кo’p 
    hollarda ular, tizimli dasturlarning funksiyasini kengaytirishga va yaxshilashga 
    mo’ljallangandir. 
    Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir. Bu 
    ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi. Qoida bo’yicha, asos 
    dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb 
    ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va ma’lumotlar doimiy xotira 
    (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash 
    jarayonida o’zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy 
    vositalarini o’zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o’rniga qayta 
    dasturlash imkoniga ega bo’lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda 
    DX mazmunini hisoblash tizimi tarkibida bevosita o’zgartirish mumkin (bunday 
    texnologiya flesh texnologiya deb ataladi), yoki hisoblash tizimidan tashqarida, 
    maxsus 
    programmator 
    deb 
    ataladigan 
    qurilmalarda 
    bajariladi. 
    Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Кompyuter uchun tuzilgan har 
    dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning 
    qurilmalar bilan xech qanday bog’liqligi yo’qdek ko’rinadi, ya’ni masalan, dastur 
    kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot 
    chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat 
    qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Кompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, 
    doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog’lanishda ishlaydi. 



    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari va qulayliklari

    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish