davri so‘zidan 5 daqiqa ichida AKT sohasiga oid so‘zlarni hosil qilish kerak. Bir
marta olingan harf boshqa ishlatilmaydi, Mumkin bo‘lgan imkoniyatlari.
4-rasm. Anogramma metodi tadbiqi.
2.2 “Puzzle” didaktik interfaol o’yini
Puzzle. Bu o‘yin ham 3-guruhga tegishli bo‘lib, aso¬siy tushunchalar
o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlashga qaratilgan. Mi¬sol sifatida, kompyuterning
texnik ko‘rsatkichlarini belgilovchi kattaliklar va ularning o‘lchov birliklari
orasidagi mosliklarni aniqlash o‘quvchilar guruhlariga topshiriq qilib berilishi
mumkin. Guruhlar ular orasidagi muvofiqlikni tez va to‘g‘ri aniqlashlari lozim.
Pazl (inglizcha puzzle – topishmoq, boshqotirma) – rasmni uning bo`laklari
yordamida tiklashdan iborat bolalar o`yinining nomi. SHunigng uchun bu metod
nomini o`zbek tilida “Bo`laklardan butunni tuz” deb ham atash mumkin.
O`tilgan mavzuga
oid asosiy jumla, formula, teorema, tenglama, chizma
va boshqa
ko`rinishidagi asosiy ma’lumotlar qog`ozga yozilib, so`ng bir nechta bo`laklarga
bo`linib aralashtirib yuboriladi. O`quvchilar bu bo`laklar
ichidan faqat bitta
ma’lumotga
moslarini topib, uni tiklaydilar.
Bu metod o`quvchilarda
ziyraklik, topqirlik, diqqatni to`plash, tahlil va sintez
qilish kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Uni yakka
tartibda ham,
sinfni guruhlarga bo`lib ham o`tkazish mumkin.
5-rasm. Puzzle metodi tadbiqi.