• Microsot kompaniyasi 1975yil t.t. Mavjud asturiy ta’minot bilan muvofiqlik Virusga sezgirlik
  • I-bob. Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari va qulayliklari




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/14
    Sana17.11.2023
    Hajmi0,85 Mb.
    #100526
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    “Windows operatsion sistemasi” mavzusini o’qitishda modulli didaktik

    Plus, Minus, Qiziq metodi. Ushbu interfaol usul o’quvchilarni berilgan mavzuga 
    nisbatan tahliliy yondashish, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy 
    mohiyatini o’zlashtirish malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan. Metod orqali 
    mavzuda bayon etilgan tushunchalarni ustunlarga bo’lingan holatda anglab olish 
    judayam oson va qiziqarli. Zamonaviy dars o’tish texnologiyalari bugungi kunda 
    oddiy so’z bilan dars jarayonini olib borishni yoqlamaydi sababi so’zlagan bilan 
    o’quvchilarning eslab qolishlari qiyin . buni jamoa bo’lib bajarganlarida esa 
    judayam quvnoq va qiziqarli dars o’tishini ta’minlash mumkin. 
    Quyida Plus, Minus, Qiziq metodini “Windows operatsion sistemasi” mavzusiga 
    tadbiq qilamiz: 
     
    PLUS 
     
    MINUS 
     
    QIZIQ 


     
    Universal grafika 
    Yopiq kod 
    Windowsning dastlabki nomi 
    Interface Manager bo’lgan 
     
    Yagona interfeys 
    Resursga yuqori 
    talab 
    Microsot kompaniyasi 1975yil 
    t.t. 
     
    Mavjud asturiy ta’minot 
    bilan muvofiqlik 
    Virusga 
    sezgirlik 
    Bir vaqtda bir nechta fayllar 
    nomini o’zgartirish mumkin. 
     
    Ko’p oynalilik 
    Asoschilari: Bill Geyts, Paul 
    Allen 
    Operativ xotiradan to’liq 
    foydalanish 
     
     
     
    Ko’plab ilovalarga moslik. 
     
    Ma’lumotlar almashinuvi 
     
    Bepul va ehtiyotkor yangilash 
    6-rasm. Plua, Minus, Qiziq metodi tadbiqi. 
    Sinkveyn metodi. Sinkveyn- bu ma’lum qoidalarga asosan tuzilgan 5 ta satrdan 
    iborat she’rdir. 
    1-satr - mavzu nomi 


    2-satr – bu mavzuni ikki qator sifat bilan aniqlash 
    3-satr – bu mavzu doirasidagi faoliyatni ko’rsatuvchi 3ta fe’l 
    4-satr – muallifning mavzuga munosabatini bildiruvchi 4ta so’zdan iborat 
    bo’lgan jumla 
    5-satr – mavzu yakuni, ixtiyoriy so’z bo’laklarida ifodalangan birinchi so’z 
    sinonimi. 
    Sinkveynni tuzish ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o’rganilayotgan mavzuga o’z 
    munosabatini bildirish, u yoki bu nuqtai nazar to’g’risida aniq fikrlarni bildiradi. 
    1.OT – Windows 
    2.IKKITA SIFAT – Tezkor, ko’p oynali 
    3. UCHTA FE’L – Saqlaydi, uzatadi, qayta ishlaydi 
    4. TO’RT SO’ZDAN IBORAT JUMLA – Dasturiy ta’minot asosida ishlaydi 
    5. OTNING SINONIMI – Operatsion tizim 
    Qisqacha bo’lsada dars o’tishning noan’anaviy, faollashtiruvchi yo’llariga 
    to’xtaylik. Amaliy mashq – mavzuda bayon qilingan nazariy bilim, qoida, formulani 
    amalda, mashqlar ishlash jarayonida qo’llay olish ko’nikmasi (uquvi )ga ega bo’lish 
    maqsadida tashkil qilinadi. Matematik darslarning deyarli hammasida amaliyot bilan 
    bog’liq mashqlar bajariladi. 
    Mustaqil ishlash – ma’lum mavzular guruhi (bloki) tugagach, ularni bir 
    tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga mustaqil amaliy ish, 
    faoliyat bilan shug’ullanish, darslik, masalalar to’plami bilan ishlash ko’nikmalarini 
    hosil qilish. Masalan, mustaqil ish algebraic kasrlar ustida to’rt amalgam oid bo’lishi 
    mumkin. Mustaqil ish yozilgan varaq har bir o’quvchiga alohida berilishi mumkin. 
    Uni muallim avvaldan tayyorlab qo’yadi. O’quvchilarning juft-juft muloqotda 
    bo’lishi – biror mavzuga oid masalani hal etishda o’quvchi o’zining qilayotgan ishini 
    yonida o’tirgan (u bilan juftlikda bo’lgan) o’quvchiga tushuntiradi. Masalan, 
    juftlikdagi biro’quvchi masalaning sharti va savolini tahlil qilishdan uni to’la 
    yechishga olib boruvch barcha ishlarni, mulohazalarni o’rtog’iga tushuntiradi. U o’z 
    navbatida, masalaning yechilishini birinchi o’quvchiga tushuntiradi ya’ni juftlikdagi 
    o’quvchilar navbatma-navbat o’qituvchi vazifasini (rolini) bajaradilar. 


    O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash orqali o’rgatish – bunda sinfdagi 
    o’quvchilar guruhlarga ajratildi. Har bir guruhda 5-6 tadan o’quvchi bo’lishi 
    mumkun. Guruhlarga vazifa aniq va ravshan qo’yilishi kerak. Guruhdagi 
    o’quvchilar qo’yilgan vazifa bo’yicha fikr-mulohazalarini o’rtaga tashlab, umumiy 
    bir fikrga keladilar. Bu fikrni guruh nomidan biror o’quvchi sinfga taqdim etadi. 
    O’qituvchi guruhlarni faolyatini izohlaydi va baholaydi. Bunday ishlashda 
    o’quvchilar: bir-birlarini o’rganadilar, har bir guruhni nuqtai nazarini, fikrini hurmat 
    qilishga; o’z fikirlari, mulohazalarini asoslashga, ko’pchilikka etkaza olishga 
    o’rganadilar. 
    O’qituvchi 
    mavzu, 
    topshiriqlar 
    ro’yxatini 
    avvaldan 
    tuzib 
    qo’yadi. 
    Rolli o’yinlar- mavzuga mos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo’lib ijro etish. 
    Ssenariy shunday tuzilishi kerakki, sahnadagi ijrochilarning bilim olishlariga
    ko’nikmalarini egallashlariga yordam bersin. O’qituvchi qaysi mavzularni 
    sahnalashtirish uchun qulayligini har tomonlama o’ylab ko’radi; ular ro’yxatni 
    tuzadi 
    va 
    a’lochi 
    o’quvchilar 
    birlashib 
    ssenariy 
    yozadi. 
    Matematik diktantlar – o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat shakllaridan 
    biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular majmuasiga oid 
    va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani aniqlanadi. Tanlovlar 
    – 
    ma’lum 
    bir 
    mavzular 
    guruhi 
    bo’yicha 
    olingan 
    bilimlarni, 
    ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savol javoblar 
    musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu bo’yicha 
    yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi. Konferensiyalar – har 
    chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq nazoratning bir turi deb qarasa 
    bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan ishlarini sinfga ma’ruza 
    shaklida taqdim etadilar. Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir 
    sinfdan bir nechta maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab 
    informatika koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun. 
    [5]
     



    Download 0,85 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari va qulayliklari

    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish