“Windows operatsion sistemasi” mavzusida dars ishlanma




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana17.11.2023
Hajmi0,85 Mb.
#100526
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
“Windows operatsion sistemasi” mavzusini o’qitishda modulli didaktik

 


3.2 “Windows operatsion sistemasi” mavzusida dars ishlanma 
Mavzu: Windows operatsion sistemasi 
 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 
 Defragmentatsiyalash degani qanday ma’noni bildiradi? 
 Flesh xotira va flesh diskni kompyuterdan uzishdan avval qanday amalni 
bajarish kerak? 
 Qaysi tashqi xotira vositasidan ma`lumotlarni o`chirib bo`lmaydi? 
Mavzu: Windows operatsion sistemasi 
 Jadvalning chap ustundagi tashqi xotira vositalarini qanday qurilmalar 
yordamida kompyuterga ulanishini aniqlang: 
1. DVD-R 
A. Sistema biloki 
2. CD-R 
B. Diskavot 
3. Flesh disk 
C. USB port 
4. Vinchester 
D. DVD-ROM 
5. Egiluvchan magnit disk 
E. CD- ROM 
 1995- yilning sentabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab 
chiqilgan WINDOWS 95 birinchi grafik operatsion sistema bo'ldi. 
Umuman, WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar berishi 
sababli uni grafik qobiq-dastur emas, grafik muhit deyish qabul qilingan. 
 "WINDOW" inglizcha so'z bo'lib, o'zbek tiliga "oyna", "lavha", "darcha" 
deb, "WINDOWS" so'zi esa "oynalar", "lavhalar", "darchalar" deb tarjima 
qilinadi. 
WINDOWS Operatsion Sistemasining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: 
 ko'p masalaligi - bir paytning o'zida bir necha dastur va oynalar bilan 
ishlash mumkin ; 


 yagona dastur interfeysi – WINDOWS OS muhitida bir dasturda 
tayyorlangan ma'lumotlarni boshqa dasturlarga olib o'tish imkoniyati 
mavjud; 
 yagona foydalanuvchi interfeysi (WINDOWS OSdagi bir dasturni 
o'zlashtirib olgandan keyin, bosh dastur interfeysini o'rganish oson. Biz 
qancha ko'p dasturda ishlashni o'rgansak, keyingi dasturlarni o'rganishimiz 
shunchalik osonlashadi); 
 yagona qurilma-dastur interfeysi (WINDOWS muhiti turli qurilma va 
dasturlarni bir-biriga mosligini ta'minlaydi. Bulardan tashqari, WINDOWS 
muhiti boshqa, masalan, MS DOS, operatsion sistemalarida yaratilgan 
dasturlardan ham foydalanish imkoniyatini beradi). 
WINDOWS OS yuklanganda uning asosiy foydalanuvchi interfeysi - 
ishchi stoli ochiladi. Unda WINDOWS obyektlari va boshqaruv elementlari 
joylashgan. 
Windowsning ba'zi imkoniyatlari quyidagilardir. 
Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va 
dastur ta'minotiga bog`liqsizligini ta'minlaydi. 
Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya'ni 
turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi 
dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin. 
Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOS ning barcha 
amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi. 
Ko`p masalaliligi – Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan 
ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor 
xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham 
to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning 
o`zi ta'minlaydi 
Ma'lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma'lumot almashish 
imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki 
DDE (Dinamic Data Exchange - ma'lumotlarning dinamik almashinuvi, 


ya'ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking 
Emboding - dastur ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan holda 
foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. 
Windows Menyulari. 
Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi Menyu bilan ishlashi mumkin: 
– OS ning asosiy Menyusi; 
– barcha obyektlarning kontekst Menyulari; 
– dastur Menyulari; 
dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining 
boshqaruvchi Menyusi. 
Menyu - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyrug`lar majmuidir. 
Asosiy Menyu (Start menu) 
Pusk (Start) tugmasi bosilganda, ekranda Windowsning ish boshlashi uchun kerak 
bo`ladigan asosiy Menyusi ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, 
tizim parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma'lumotlarni olish va 
boshqa amallarni bajarish mumkin. 
Zaversheniye raboti [Shut down - Windows ishini tugallash]. 
Windowsdan chiqish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
– Masalalar panelining chap burchagiga joylashgan Pusk tugmasi bosiladi. 
Ochilgan Menyudan Zaversheniye raboti - Ishni tugallash buyrug`i tanlanadi 
Ushbu muloqot oynasida Viklyuchit kompyuter (Kompyuterni o`chirish) satrini 
belgilaymiz. Da (Ha) tugmasida sichqonchani bitta bosib, va teper mojno 
viklyuchit kompyuter - endi kompyuterni o`chirish mumkin so`zlari chiqqandan 
keyingina kompyuterni o`chirish mumkin. Aks holda Windowsdan 
noto`g`ri chiqilgan bo`ladi va natijada turli noxushliklar paydo bo`lishi mumkin. 

Download 0,85 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Windows operatsion sistemasi” mavzusida dars ishlanma

Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish