|
Ideal gaz ichki energiyasi.Issiqlik miqdori
|
bet | 5/17 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #125401 |
Bog'liq Jovliyev Sardor1.3.Ideal gaz ichki energiyasi.Issiqlik miqdori.
Ideal gazning ichki energiyasi shu gazni tashkil etuvchi molekulalarning erkinlik darajasiga va gazning haroratiga bog‘liq.Issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayonida bir sistemadan ikkinchi sistemaga uzatilgan energiyani issiqlik miqdori deb ataladi. Issiqlik miqdori va energiya bir xil birliklarda o‘lchanadi. Mexanik harakat energiyasi issiqlik harakati energiyasiga aylanishi va aksincha bo‘lishi mumkin. Masalan, ma’lum balandlikdan tashlab yuborilgan jism Er sirtiga tushib unga absolyut noelastik tarzda urilsin. Urilish jarayonida jismning kinetik energiyasi to‘la ravishda ichki energiyaga aylanadi. Natijada jism va Er sirtining urilishda ishtirok etayotgan qismining haroratlari ortadi. Ya’ni, mexanik energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Issiqlik energiyasining mexanik energiyaga aylanishini esa quyidagi misolda qurish mumkin. Juda osonlik bilan sirpana oladigan porshenli silindrlik idish ichidagi gazga issiqlik miqdori berilsa, uning harorati ko‘tarila boshlaydi va (1.3) munosabatga asosan, gazni tashkil etuvchi har bir molekulaning ilgarilanma harakati natijasida erishgan kinetik energiyasi orta boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida gazning idish devoriga ko‘rsatayotgan bosimini ortishiga olib keladi. Natijada porshen yuqoriga ko‘tarilib, mexanik ish bajariladi (1.1-rasm).
1.1-rasm 1.2-rasm
Bajarilayotgan ish porshenning potensial energiyasiga aylana boradi. Porshenni yuzi S, gazning idish devoriga ko‘rsatayotgan bosimi P bo‘lsa, porshenga ta’sir etayotgan ko‘taruvchi kuch F= PS buladi. Gazning porshenni dh balandlikka ko‘tarishdagi bajargan elementar ishi.
(1.4)
bunda dV - porshenni dx balandlikka kutarilishi natijasida gaz hajmining o‘zgarishi, gaz hajmining kengayayotgan xoli uchun dV musbat ishorada buladi. Gazning harorati qandaydir usul bilan sovitilsa yoki muvozanatda turgan porshen ustiga biror yuk qo‘yilsa, porshen pastga tusha boshlaydi, gaz hajmi kichraya boradi. Bunday xolda bajarilgan ish manfiy ishorali buladi. Demak, gazning tashqi jismlar ustida bajargan ishi musbat va tashqi kuchlarning gaz ustida bajargan ishi esa manfiy ishorali ekan.
Elementar bajarilgan ish son jihatdan 1.3-rasmda shtrixlangan yuzaga teng. Sistemaning 1 holatdan 2 xolatga o‘tishidagi bajarilgan to‘la ish 1-2 chizig‘i ostidagi yuzaga teng, ya’ni
(1.5)
|
| |