• 3)rivojlantiruvchi maqsadi
  • Kompetensiya
  • II.O’tilganlarni takrorlash ( 10 daqiqa)
  • III-bob.UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA “ISSIQLIK MIQDORI” MAVZUSINI O’QITISH




    Download 1,77 Mb.
    bet14/17
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,77 Mb.
    #125401
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Jovliyev Sardor

    III-bob.UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA “ISSIQLIK MIQDORI” MAVZUSINI O’QITISH.


    Mavzu: Issiqlik miqdori.
    Darsning maqsadi:
    1)ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga Issiqlik miqdori haqida tushuncha berish;
    2)tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni vatanimiz fiziklarining fizika sohasida erishilgan yutuqlar orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
    3)rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o’rgatish, issiqlik miqdori va unga doir masala yechishni o’rganish.
    Ta’lim usuli va yo’li: Bellashuv, o’qituvchi bayoni, mustaqil fikrlash, amaliy ish, o'yinlar, munozara, umumlashtirish.
    Kompetensiya:Axborotlar bilan ishlash
    Dars jihozi: tarqatma materiallar, formula va kattaliklar yozilgan ko’rgazmalar, plakatlar,darslik.
    I.Tashkiliy qism ( 2 daqiqa).
    a) tozalikka e’tibor berish;
    b) salomlashish ;
    c) davomatni aniqlash;
    d) o'quvchilarni guruhlarga bo'lish.
    II.O’tilganlarni takrorlash ( 10 daqiqa)
    Ichki energiya haqidagi tushunchalarni "Raketa o'yini" metodi orqali umumlashtirish va so’rash. "Fizika ingliz tilida" metodi.

    III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa)
    Issiqlik almashinuvi jarayonida jism olgan yoki yo'qotgan ichki energiya miqdorini belgilovchi fizik kattalik issiqlik miqdori deyiladi.
    Issiqlik miqdori Q harfi bilan belgilanadi. Birligi XBSda joul qabul qilingan.
    Oziq - ovqat mahsulotlarining energiya miqdorini kaloriyalarda hisoblash qabul qilingan.
    Bunda 1 kaloriya~4,2 joul.
    Massasi 1 kg bo'lgan moddaning temperaturasini 1°C ga o'zgartirish uchun kerak bo'lgan issiqlik miqdorini tavsiflovchi fizik kattalikka moddaning solishtirma issiqlik sig'imi deyiladi.
    Solishtirma issiqlik sig'imi c harfi bilan belgilanadi. Solishtirma issiqlik sig'imining birligi qilib Xalqaro birliklar sistema(SI)da [ c ]= J/kg×°C qabul qilingan.
    Issiqlik almashinuvi jarayonida agar issiqlik yo'qolmasa, issiq jism chiqargan issiqlik miqdori sovuq jism tomonidan olgan issiqlik miqdoriga teng bo'ladi.
    Issiqlik uzatilish jarayonida jismning temperaturasi t1 qiymatdan t2 qiymatga o'zgargan bo'lsa, jism olgan yoki yo'qotgan issiqlik miqdori quyidagi formulaga ko'ra hisoblanadi:
    Q=cm(t2-t1)
    bu yerda m -jism massasi, c-proporsionallik koeffitsienti bo'lib, unga moddaning solishtirma issiqlik sig'imi deyiladi, t1 - jismning boshlang'ich temperaturasi, t2- jismning oxirgi temperaturasi.

    Download 1,77 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III-bob.UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA “ISSIQLIK MIQDORI” MAVZUSINI O’QITISH

    Download 1,77 Mb.