|
ISSIQLIK IZOLYATSIYASINING KRITIK DIAMETRI
|
bet | 12/17 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #125401 |
Bog'liq Jovliyev Sardor2.4 ISSIQLIK IZOLYATSIYASINING KRITIK DIAMETRI
Atrof muhitga issiqlik yo`qotilishini kamaytiradigan, har qanday issiq sirt qoplamasi – issiqlik izolyatsiyasi deyiladi.
Issiqlik izolyatsiyasi sifatida – asbest , po`kak, slyuda, penobeton, jun, shishali momiq va shunga o`xshash boshqa issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti past bo`lgan materiallar ishlatiladi.Aytaylik, tsilindrik devor bir qatlamli izolyatsiya bilan koplangan. Izolyatsiya qalinligi o`zgarganda α1, α2, d1, d2 , λ1, λ2, t1 va t2 o`zgarmas bo`lib, to`liq termik qarshilik quyidagiga teng:
Izolyatsiyaning tashqi diametri d3 ortishi bilan izolyatsiya qatlamining qarshiligi ( ) ham ortadi, lekin bir vaqtda izolyatsiya tashqi sirtining issiqlik berish qarshiligi kamayadi.
Tenglamaning o`ng tomonidagi birinchi kattalikdan d3 bo`yicha hosila olib va Q ga tenglashtirib, quyidagiga ega bo`lamiz.
bundan
(2.19)
Formuladan ko`rinib turibdiki, izolyatsiyaning kritik diametri d kr quvurning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti qanchalik kichik va izolyatsiyaning tashqi sirtidan atrof - muhitga issiqlik berish koeffitsienti α2 qanchalik katta bo`lsa, shunchalik kichik bo`ladi.
Kts dan olingan ikkinchi hosila Q dan katta bo`ladi. SHuning uchun kritik diametrda issiqlik qarshiligi eng kichik, issiqlik oqimi esa eng katta qiymatga erishadi. (2.3-rasm).
q
dizkr e diz >dkr
A B
2.3-расм.
d2 dkr d3 d
(2.19) tenglamaga ko`ra agar izolyatsiyaning tashqi diametri diz= dkr bo`lsa atrof - muhitga issiqlik yo`qotilishi maksimal qiymatga erishadi. K(nuqta) va izolyatsilanmagandagi qiymatiga teng bo`ladi.
Agar d ortsa, lekin dkr dan kichik bo`lsa issiqlik yo`qotilishi ortadi (AK chiziq).
Agar izolyatsiyaning tashqi diametri ortib borsa diz dkr issiqlik yo`qotilishi kamayib boradi (KV).
Demak izolyatsiyaning yaxshi natija berishi uchun kritik diametr –izolyatsiyalanmagan quvur diametridan kichik bo`lishi kerak dkr< d2 yoki izolyatsiya materialining issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti quyidagicha bo`lishi kerak:
(2.20)
|
| |