• Termos yasash qoidalari
  • V. O`quvchilarni rag`batlantirish va baholash ( 2 daqiqa) Golib guruh aniqlanadi va darsda faol qatnashgan oquvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa .
  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)




    Download 1,77 Mb.
    bet15/17
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,77 Mb.
    #125401
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Jovliyev Sardor

    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
    Yangi mavzuni mustahkamlashda o'quvchilarga tajriba ko'rsatilib beriladi. Bunda laboratoriya jihozlari menzurka, termometr, issiq va sovuq suv kerak bo'ladi. Tajribada menzurkaga issiq suv solinadi, massasi va harorati o'lchanadi. Keyingi sovuq suvni ham xuddi shunday tartibda o'lchab olinadi. Bu yerda issiqlik miqdorlarini yuqoridagi formula asosida topish o'quvchilarga vazifa qilib beriladi.
    Mavzuni mustahkamlash maqsadida o'quvchilarga loyiha ishi uchun termos yasash topshirig'i beriladi. Bunda o'quvchilarga birinchi navbatda termos tuzilishi haqida, uning vazifasi haqida tushuncha beriladi.
    Termos yasash qoidalari:
    1) shisha idish oling;
    2) shisha idishni alyuminiy folga bilan o'rang;
    3) ustidan porolon materialini shisha idishga moslab qirqib oling va o'rang, yopishqoq lenta(skoch) bilan birlashtiring;
    4) keyin esa yana ustidan yopishqoq lenta ( izolenta) bilan o'rab chiqiladi.
    5) termos tayyor.
    V. O`quvchilarni rag`batlantirish va baholash ( 2 daqiqa)
    G'olib guruh aniqlanadi va darsda faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.
    VI. Uyga vazifa . Mavzuni o’qib konspektlashtirib darslikdagi mashqni ishlab kelish, amaliy topshiriqni bajarish ( 1 daqiqa).

    XULOSA

    Pedagogik texnologiyalar masalalari muammolarini o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha pedagogik texnologiya-bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan kompyuter, masofali o’qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi-bu o’qituvchi va talaba-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz. Ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’qituvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bersa, o’qituvchi esa ularning bunday faolliklari uchun imkoniyat va sharoit yarata oladi. O’qish jarayonning asosi xisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor ya’ni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya-bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’qituvchi-o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda.


    Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish holatining sifat ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi.

    Download 1,77 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)

    Download 1,77 Mb.