|
TSILINDRIK DEVOR ORQALI ISSIQLIK UZATISH
|
bet | 11/17 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #125401 |
Bog'liq Jovliyev Sardor2.3 TSILINDRIK DEVOR ORQALI ISSIQLIK UZATISH
Issiq muhitdan soviq muhitga tsilindrik devor orqali uzatilayotgan issiqlik miqdori yassi devor uchun topilgan uslubda topiladi.
Aytaylik, diametri uzunligidan juda kichik bo`lgan quvur ichidan issiq suyuqlik yoki gaz o`zgarmas t1 temperaturada harakat kilsin. quvur atrofidagi soviq muhitning temperaturasi o`zgarmas va t2 ga teng bo`lsin (2.2-rasm).
2
2.2-расм.
Quvur devori bir qatlamli bo`lib, issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti λ, ichki diametri d1 tashqi diametri d2 ga teng. Issiq muhitning devorga issiqlik berish koeffitsienti α1 va devor sirtidan soviq muhitga issiqlik berish koeffitsienti α2. Devor sirtlarining noma`lum temperaturalari tdev1 va tdev2.
Barqaror rejimda issiq muhitdan devor sirtiga beriladigan, devor orqali o`tadigan va devor sirtidan soviq muhitga beriladigan issiqlik oqimi o`zgarmas va bir-biriga teng bo`ladi. U holda issiqlik oqimi uchun quyidagi uchta tenglikni yozishimiz mumkin:
(2.12)
Bu tengliklar sistemasini temperaturalar farqiga ko`ra echib va qo`shib quyidagi tenglikni hosil qilamiz:
(2.13)
bu erda:
chiziqli issiqlik uzatish koeffitsienti deyiladi va birligi [ ] bo`ladi.
TSilindrik devor orqali uzatilayotgan issiqlik oqimining zichligi:
CHiziqli issiqlik uzatish koeffitsientining son qiymati 1 m uzunlikdagi quvurdan temperaturalari farqi 10 bo`lgan issiq muhitdan soviq muhitga uzatiladigan issiqlik oqimining qiymatiga teng bo`ladi. SHuning uchun (14.12) tenglikni quyidagicha yozishimiz kerak:
(2.14)
Ko`p qatlamli tsilindrik devor orqali issiqlik uzatilganda , issiqlik oqimi quyidagi tenglikdan topiladi:
(2.15)
Devorning ichki yoki tashqi sirtiga qaratilgan issiqlik oqimining zichligi quyidagi tenglamalar yordamida topiladi:
CHiziqli issiqlik uzatish koeffitsientiga teskari bo`lgan 1/Kts kattalik, tsilindrik devor orqali umumiy chiziqli termik qarshilik deyiladi:
(2.16)
bu erda: tashqi termik qarshilik;
ko`p qatlamli tsilindrik devorning ichki termik qarshiligi;
Rts – ning birligi
Ichki sirtning temperaturasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(2.17)
Tashqi sirtning temperaturasi:
(2.18)
|
| |