• Issiqlik uzatish 2.1 Asosiy tushunchalar
  • 2.2.YASSI DEVOR ORQALI ISSIQLIK UZATISH
  • I kirish II. Asosiy qism i-bob. Gazlarning issiqlik sig‘imi. Termodinamikaning 1-qonunining gaz va izojarayonlarga tadbiqi




    Download 1,77 Mb.
    bet10/17
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,77 Mb.
    #125401
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    Bog'liq
    Jovliyev Sardor

    Nazorat savollari
    1. Ideal gazning ichki energiyasi nima va u harakatining qanday turlari bilan bog‘langan.
    2. Jismning erkinlik darajasi deb nimaga aytiladi.
    3. Issiqlik sig‘imi deb nimaga aytiladi.
    4. Termodinamikaning birinchi qonuniga ta’rif bering.
    5. Adiabatik jarayon deb qanday jarayonga aytiladi.
    Issiqlik uzatish
    2.1 Asosiy tushunchalar
    Issiqlikning issiq muhitdan (gaz yoki suyuqlik) soviq muhitga ular orasidagi ajratuvchi qattiq devor orqali berilishi issiqlik uzatish deyiladi.
    Oldingi boblarda ko`rib chiqilgan issiqlikning issiqlik o`tkazuvchanlik, konvektsiya va nuriy berilishi sanoatda qo`llaniladigan issiqlik almashinuv qurilmalarida devor orqali issiqlik uzatish jarayonining bir qismi hisoblanadi.
    Issiqlik uzatishga quyidagilarni misol keltirish mumkin: bug’ qozonida tutun gazlaridan suvga issiqlik, qaynatuvchi quvur devori orqali uzatiladi yoki qizitadigan asbob devori orqali issiq suvdan yoki bug’dan xona havosiga issiqlik uzatila­di.
    Bu qurilmalarda issiqlik tashuvchilar o`rtasidagi issiqlik almashinuvi protsessi asosiy ish protsessi hisoblanib, devor issiqlik o`tkazgich bo`lib xizmat qiladi va issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti yuqori bo`lgan materialdan tayyorlanadi.
    Issiqlik yo`qotilishini kamaytirish talab qilinganda devor yaxshi izolyatsiya xususiyatiga ega bo`lgan, ya`ni issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti kam bo`lgan materialdan tayyorlanadi.
    Issiqlik o`tkazishni hisoblashda birlik vaqt ichida ajra­tuvchi devor orqali issiqlik tashuvchilar orasidagi uzatilgan issiqlik miqdori aniqlanadi. Yoki berilgan issiqlik miqdorini issiq muhitdan soviq muhitga uzatish uchun talab qilinadigan sirt yuzasi aniqlanishi mumkin.Bundan tashqari devorlarni konstruktsiyalashda har bir qatlam sirtidagi temperaturalar ham hisoblanadi.
    Devorlar har-xil, ya`ni yassi, tsilindrik, sharsimon, qovurg’asimon va boshqa shakllarda bo`lishi mumkin.
    2.2.YASSI DEVOR ORQALI ISSIQLIK UZATISH

    Temperaturasi t1 bo`lgan issiq muhitdan temperaturasi t2 bo`lgan soviq muhitga qalinligi δ, issiqlik o`tkazuvchanlik ko­effitsienti λ bo`lgan bir qatlamli yassi devor orqali issiqlik uzatish jarayonini ko`rib chiqamiz.

    t

    t1 12

    tdev1

    tdev2


    Q t2
    Qalinligi δ , issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti λ bo`lgan bir qatlamli yassi devor orqali temperaturasi t1 bo`lgan issiq muhitdan temperaturasi t2 bo`lgan soviq muhitga issiqlik uza­tish jarayonini ko`rib chiqamiz. Bunda isituvchi muhitdan isitilayotgan muhitga devor orqali o`tadigan issiqlik oqimi Q va devor sirtlarining tempe­raturalari tdev1 va tdev2 ni aniqlash talab etiladi.
    Issiqlik uzatish murakkab jarayon bo`lib, bunda issiqlik barcha usullarda ya`ni, issiqlik o`tkazuvchanlik, konvektsiya va nurlanish usulida uzatiladi. Bu issiqlik uzatish jarayoni uch qismdan iborat bo`ladi. Birinchi qism - issiqlikni konvektsiya usulida issiq muhitdan devorga berilishi. Konvektsiya bir vaqt­ning o`zida issiqlik o`tkazuvchanlik va nurlanish bilan birga kuzatiladi. Ikkinchi qism - devor orqali issiqlik o`tkazuvchanlik. Uchinchi qism - issiqlikni konvektsiya usulida ikkinchi sirtdan soviq muhitga berilishi. Bu jarayonda ham konvektsiya, issiqlik o`tkazuvchanlik va nurlanish bilan birga kuzatiladi.
    Issiq muhitdan devorga konvektiv issiqlik almashinishi usulida beriladigan issiqlik miqdori N’yuton-Rixman qonuniga ko`ra quyidagi tenglikdan topiladi:
    (2.1)
    bu erda: α1 - issiq muhitdan devor sirtiga issiqlik berish koeffitsienti;
    F - yassi sirt yuzasi;
    Issiqlik o`tkazuvchanlik usulida yassi devor orqali o`tadigan issiqlik oqimi quyidagi tenglikdan topiladi:
    (2.2)
    Devorning ikkinchi sirtidan soviq muhitga issiqlikning kon­vektiv usulda berilishi N’yuton -Rixman formulasiga ko`ra topiladi:
    (2.3)
    bu erda α2- devorning ikkinchi sirtidan soviq muhitga issiqlik be­rish koeffitsienti.
    Barqaror rejimda (2.1), (2.2) va (2.3) tengliklaridagi issiqlik oqimi Q bir xil bo`ladi. Bu uch tenglikni temperaturalar farqiga ko`ra echib quyidagiga ega bo`lamiz:

    Bu tengliklarni bir-biriga qo`shib, to`liq temperatura bosimini olamiz:
    (2.4)
    bundan issiqlik oqimining kattaligini topamiz:
    (2.5)
    yoki issiqlik oqimining zichligi:

    (2.5) tenglikdagi kattalik K harfi bilan belgilanib, Vt/(m2k) da o`lchanadi va issiqlik uzatish koeffitsienti deyiladi.
    (2.6)
    u holda (2.7)

    Hosil qilingan (2.7) tenglik issiqlik uzatishning asosiy tenglamasi deyiladi.


    Issiqlik uzatish koeffitsienti son jihatdan bir birlik devor sirtidan temperaturalari farqi 10 bo`lgan issiq muhitdan soviq muhitga uzatiladigan issiqlik oqimining qiymatiga teng bo`ladi.
    Issiqlik uzatish koeffitsientiga teskari kattalik issiqlik uzatilishining termik qarshiligi deyiladi:
    (2.8)
    bu erda: - tashqi termik qarshilik;
    - devorning ichki termik qarshiligi.
    Ko`p qatlamli yassi devor orqali issiqlik uzatilganda har bir qatlamning termik qarshiligi qo`shib hisoblanadi:

    u holda ko`p qatlamli yassi devor uchun issiqlik uzatish koeffitsienti quyidagi tenglikdan topiladi:
    (2.9)
    Ko`p qatlamli yassi devor uchun (14.7) tenglikka ko`ra issiqlik uzatish tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
    ; ; (2.10)
    YAssi devor sirtidagi temperaturalar quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:

    (2.11)



    Download 1,77 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I kirish II. Asosiy qism i-bob. Gazlarning issiqlik sig‘imi. Termodinamikaning 1-qonunining gaz va izojarayonlarga tadbiqi

    Download 1,77 Mb.