• Misol ko`rib chiqamiz.
  • ISSIQLIK UZATISHNI JADALLASHTIRISH




    Download 1,77 Mb.
    bet13/17
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,77 Mb.
    #125401
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Jovliyev Sardor

    2.5 ISSIQLIK UZATISHNI JADALLASHTIRISH

    Issiqlik qurilmalarini amalda ishlatish issiq muhitdan soviq muhitga issiqlik uzatilishini yaxshilash sharoitlarini talab qiladi. Bu sharoit asosan issiqlik uzatish koeffitsientiga bog’liq.


    Barcha issiqlik uzatish termik qarshiliklari nisbatlarining tahlili issiqlik uzatish jarayonini tadqiqot qilish va issiqlik oqimi qiymatini sezilarli o`zgartirish imkonini beradi.
    Issiqlik uzatishni jadallashtirishni ikki usulini ko`rib chiqamiz:
    a) issiqlik berish koeffitsienti K ni oshirish hisobiga.
    Issiqlik uzatishning asosiy tenglamasi:

    devorning termik qarshiligi juda kichik deb faraz qilamiz, ya`ni




    hamma vaqt K< αmin. Demak, katta qiymatga ega bo`lgan α ni (ya`ni α1 birinchi holda, α2 ikkinchi holda) o`zgartirish issiqlik uzatish koeffitsientini deyarli o`zgartirmaydi.
    Issiqlik berish koeffitsientini oshirish uchun, ya`ni issiqlik berishni jadallashtirish uchun kichik kiyatga ega bo`lgan α ni oshirish zarur bo`ladi. Agar α1  α2 bo`lsa, K qiymatini istalgan α ni hisobiga oshirish mumkin.
    Misol ko`rib chiqamiz.
    Bug’ qozoni o`txonasidagi gazlardan devorga issiqlik berish koeffitsienti α1=30 , devordan qaynayotgan suvga issiqlik berish koeffitsienti α2=5000 , po`lat devorning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti λ=50 qalinligi δ=20 mm. Devor yassi deb faraz qilamiz. U holda:

    Agar issiqlik uzatish koeffitsientini oshirish uchun devordan suvga issiqlik berish sharoiti yaxshilansa (α2 qiymati oshirilsa) yoki issiqlik o`tkazuvchanligi yaxshirok bo`lgan yupqa devor ishlatilsa K ni sezilarli o`zgartirib bo`lmaydi. Agar o`txona gazlaridan devorga issiqlik berish yaxshilansa (α1 qiymati oshirilsa) K qiymati ham sezilarli oshadi.
    Faraz qilaylik α2=10000 ga oshdi, u holda:

    yoki α1=60 oshdi, u holda:

    Demak kichkina qiymatga ega bo`lgan α ni oshirish natijasida K ham ancha oshdi va uning qiymati kichik α qiymatidan ham kam bo`ldi.
    b) Devorni qavariqsimon qilish hisobiga.
    tenglikdan barcha sirtlar uchun termik qarshilikni quyidagicha yozish mumkin:
    (2.21)
    Belgilash kiritamiz.
    (2.22)
    (14.21) tenglik tahlilidan ko`rinadiki qavariqsimon sirt yuzasini quyidagi qiymatgacha oshirish ma`noga ega:

    Qavariqsimon devorlar texnikada issiqlik berishni jadallashtirish maqsadida issiqlik almashinuvi qurilmalarida keng ishlatiladi.
    Masalan isitish asboblarini (radiator, konvektor) tashqi sirti qavariqsimon qilinadi, chunki sirtdan havoga issiqlik berish koeffitsienti (α2=2-60 ) issiq suvdan devorga issiqlik berish koeffitsientidan (α1=2500 - 6000 ) ancha kichik.
    SINOV SAVOLLARI:

    1. Issiqlik uzatish nima ?

    2. Yassi devor orqali issiqlik uzatish.

    3. Silindrik devor orqali issiklik uzatish.

    4. Issiqlik uzatish koeffitsienti.

    5. Issiqlik uzatish qarshiligi.

    6. Izolyatsiya materiallari.

    7. Issiqlik uzatishni jadallashtirish.

    8. Kûp qatlamli yassi devor orqali issiqlik uzatish.

    9. Issiqlik uzatish koeffitsientini aniqlash.

    10. Issiqlik izolyatsiyasining kritik diametri.


    Download 1,77 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ISSIQLIK UZATISHNI JADALLASHTIRISH

    Download 1,77 Mb.