|
I kirish II. Asosiy qism i-bob. Gazlarning issiqlik sig‘imi. Termodinamikaning 1-qonunining gaz va izojarayonlarga tadbiqi
|
bet | 2/17 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #125401 |
Bog'liq Jovliyev SardorKurs ishining dolzarbligi:ХХI asrning fan va texnika tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan bir davrda kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Shu sababli, ushbu kurs ishining dolzarbligi ham o’rta umumta’lim maktablarida fizika o’qitishda jumladan ish va termodinamika qonunlariga oid mavzularni o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan, kompyuterlardan foydalanishga qaratilgan. Bunday pedagogik texnologiya asosida o’qitish o’quv jarayonini jadallashtirish, o’quvchida ilmga qiziqishini oshirish, ular ijodiy faoliyatini o’stirish, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtirish kabi masalalarni hal etishga qaratilgan. Chunki turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o’z mehnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar. Kompyuter yordamida ajoyib mo’jizalar yaratilayotgani sir bo’lmay qoldi. Kelajakni uningsiz tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan-kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylandi. Bundan ko’rinadiki, hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan o’quvchini tayyorlashda zamonaviy o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion usullardan foydalana bilishi, innovatsion texnologiyalar tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi, innovatsion texnologiyalarni ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni va rolini, innovatsion texnologiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash prinsiplarini, o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo’llarini bilishi lozim.
Kurs ishining obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Issiqlik miqdori, issiqlik uzatish” mavzusini o’qitish metodikasi mavzusi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I kirish II. Asosiy qism i-bob. Gazlarning issiqlik sig‘imi. Termodinamikaning 1-qonunining gaz va izojarayonlarga tadbiqi
|