• Kurs ishining vazifasi
  • I kirish II. Asosiy qism i-bob. Gazlarning issiqlik sig‘imi. Termodinamikaning 1-qonunining gaz va izojarayonlarga tadbiqi




    Download 1,77 Mb.
    bet3/17
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,77 Mb.
    #125401
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Jovliyev Sardor

    Kurs ishining predmeti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Issiqlik miqdori, issiqlik uzatish” mavzusini o’qitish metodikasini tahlil qilish usullari.
    Kurs ishining maqsadi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Issiqlik miqdori, issiqlik uzatish” mavzusini o’qitish metodikasini o’rganish.
    Kurs ishining vazifasi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Issiqlik miqdori, issiqlik uzatish” mavzusini o’qitish.


    I-bob . Gazlarning issiqlik sig‘imi. Termodinamikaning 1-qonunining gaz va izojarayonlarga tadbiqi.
    1.1.Termodinamika asoslari.
    Berilgan ideal gazning ichki energiyasi deganda, shu gazni tashkil etuvchi barcha molekulalarning betartib tarzdagi ilgarilanma va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalardagi atomlarning betartib tarzdagi tebranma harakat kinetik va potensial energiyalarning yig‘indisi tushuniladi.
    Bir atomli molekulaning harakati faqat ilgarilanma harakatdan iborat bo‘ladi. Lekin ikki va undan ortiq atomlardan tashkil topgan molekulalar ilgari­lanma harakatdan tashkari aylanma harakatda ham ishtirok etishlari mumkin, shuningdek ular tarkibidagi atomlar esa yana tebranma harakatda ham ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun molekulaning to‘la energiyasi ilgarilanma, aylanma va tebranma harakat energiyalarining yig‘indisidan iborat.
    To‘la energiyani xisoblash uchun erkinlik darajasi tushunchasi bilan tanishib chiqaylik. Jismning fazodagi vaziyatini to‘la ravishda ifodalash uchun zarur bo‘lgan erkli koordinatalar soniga shu jismning erkinlik darajasi deyiladi.
    M oddiy nuqtaning erkinlik darajasi uchga teng ekan. Har qanday atom yoki bir atomli molekula moddiy nuqta deb qaralishi mumkin. Agar molekula bir - biri bilan elastik tarzda bog‘langan N ta atomdan tashkil topgan bo‘lsa, molekulaning berilgan vaqtda fazodagi vaziyatini to‘la aniqlash uchun 3 N ta erkin koordinata zarur bo‘ladi. Ya’ni, bunday molekulaning erkinlik darajasi 3 N ga teng. Lekin shu molekuladagi istalgan ikki atom orasidagi masofa aniq qiymatga ega bo‘lib, u vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, molekulaning erkinlik darajasi 3 N dan bitta kam bo‘ladi. Bunday masofa bir nechta bo‘lsa, 3 N shunday masofalar soniga kam bo‘ladi.

    Download 1,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I kirish II. Asosiy qism i-bob. Gazlarning issiqlik sig‘imi. Termodinamikaning 1-qonunining gaz va izojarayonlarga tadbiqi

    Download 1,77 Mb.