|
O‘zbekiston Respublikasida traktorsozlikni rivojlanish bosqichlari
|
bet | 2/12 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241257 |
Bog'liq Kamaz – 5320 avtomobilining oraliq birikmasi, kardanli uzatmasi va yetakchi ko‘priklari texnik loyihasini ishlab chiqishO‘zbekiston Respublikasida traktorsozlikni rivojlanish bosqichlari
O‘zbekiston Respublikasi mutaqillikka erishgandan so‘ng qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mashinasozlikdagi ilmiy-texnik muammolarni xal qilish yo‘llari belgilanib olindi.
Xozirgi davrda Toshkent traktor zavodi (TTZ) O‘rta osiyoda yetuk zavodlardan biri bo‘lib, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishga zamonaviy traktorlar yetkazib bermoqda.
Zavod 1942-43 yillarda 574-Pochta qutisi deb atalib ikkinchi jaxon urushi frontiga maxsulot ishlab chiqargan.
1945…50 yillarda zavod «Tashprodmash» deb atalib oziq-ovqat sanoati va xalq istehmol mollari uchun maxsulot chiqargan.
1950…57 yillari zavod «Tashxlopkomash» deb atalib paxtaga qayta ishlov beruvchi sanoat uchun mashina va mexanizmlar ishlab chiqargan.
1957…69 yillarda zavod «Tashavtomash» deb nomlanib jamoa paxta xom ashyosini kanorsiz tashish uchun 2PTS-4-793A rusumli tirkama, GAZ-51 avtomobillariga extiyot qismlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.
1966…1982 yillarda zavod xozirgi nom «Toshkent traktor zavodi» (TTZ) deb atalgan. Bu yillarda traktorlar ishlab chiqarish surhatini pasaytirmagan xolda paxtachilik modifikatsiyasidagi T-28X4 traktorini, ularga extiyot qismlarini o‘zlashtiradi. 1970 yil birinchi traktor ishlab chiqarilgan, 1977 yil MTZ-80X traktorlarni yig‘ib jixozlash o‘zlashtirilgan.
1982-1996 yillar zavod «Toshkent traktor zavodi» ICHB (ishlab chiqarish birlashmasi) deb nomlangan.
1996 yildan zavod «Toshkent traktor zavodi» DXJ (davlat xissadorlik jamoasi) deb nomlangan. Xozirda ushbu zavodni zamonaviy yuqori sifatli traktorlar ishlab chiqaryapti. Texnik darajasi oshirilgan TTZ-100K.10 (4 g‘ildirakli), TTZ-100K.11 (3 g‘ildirakli) traktorlardan tashqari ko‘rinishi (dizayni) yaxshilangan TTZ-30, TTZ-60, TTZ-80 traktorlari, BU-300 rusumli mini-traktorlar va ularga osma qishloq xo‘jalik qurollari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.O‘zbekiston Respublikasida avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari.
Yengil avtomobil ishlab chiqarish
1992 yil iyun oyida yurtboshimiz I.A.Karimov Koreya Respublikasiga rasmiy tashrif qilib DAEWOO guruxidagi avtomobil zavodlari bilan tanishdi. 1992 yil iyul oyida o‘zbek va janubiy Koreya tomonlari qo‘shma zavod qurilish to‘g‘risida Memorandum imzolashdi.
1993 yil oktyabr oyida Andijon viloyatining Asaka shaxrida qurilish ishlari boshlab yuborildi.
1996 yil mart oyida Damas avtomobillar tayyorlanadigan tizim ishga tushirildi. 1996 yil iyul oyida «UzDEU»ning barcha tizimlari ishga tushirilb O‘zbekistonda
avtomobillarni serili ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. «UzDEU» avtomobil qo‘shma korxonasi Damas, Tiko, Neksiya rusumli zamonaviy avtmobillar chiqara boshladi.
2001 yil avgust oyida Matiz rusumli va 2002 yil avgust oyida Neksiya dons rusumli avtomobillar chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2003 yil avgust oyidan Lasetti rusumli avtomobil chiqarila boshlandi va 2005 yil avgust oyidan Lasetti Xetchbek avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Keyinchalik DAEWOO avtomobil ishlab chiqarish komPaniyasi aktsiyalari AQSHning mashhur General Motors komPaniyasi tomonidan sotib olingandan keyin O‘zbekiston tomoni ushbu komPaniya bilan xamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha bitim imzoladi, «GM O‘zbekiston» qo‘shma korxonasi tashkil qilindi va Kaptiva, Epika, Takuma rusumli avtomobillar, 2010 yil avgust oyidan esa Spark rusumli yengil avtomobil ishlab chiqarila boshladi. 2-jadvalda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni ko‘rsatilgan.
|
| |