Karer transportining asosiy ko‘rinishlari va




Download 66,81 Kb.
bet8/10
Sana20.07.2024
Hajmi66,81 Kb.
#268040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I kon haqida umumiy maʼlumot-fayllar.org

Karer transportining asosiy ko‘rinishlari va
texnologik tavsiflari.
Karerlarda kon massasi va xo‘jalik-texnik yuklarni tashish uchun turli transport vositalaridan foydalaniladi. Temiryo‘l,avtomobil va konveyer ularning asosiylari hisoblanadi.
Muayyan sharoitlar uchun maqbul transport vositasini tanlab olishga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari: qazib olinadigan jinslarning fizik-texnik va kimyoviy xossalari; foydali qazilmaning yotish sharoitlari; kon hududining iqlimi; yuk aylanmasi miqdori va tashish masofasi; yuklash uskunalarining rusumi va parametrlari; karyerning ishlash muddati va boshqalar.
Turli karyer transporti vositalaridan foydalanish samaradorligi ularning texnik va texnologik parametrlari hamda konning kon-texnik yotish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Yillik yuk aylanmasi katta (25 mln. t va undan ham ko‘p) va tashish masofasi uzoq (4 km va undan ham ko‘p) bo’lgan karyerlarda temiryo‘l transportidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Temiryo‘l transporti boshqa karyer transporti ko‘rinishlariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: energiya sarfining kamligi, har qanday tashish masofasida ham istalgan hajmdagi yuk aylanmasini tashish imkoniyatiga ega ekanligi, avtomatik
boshqarish tizimidan foydalanish mumkinligi, har qanday iqlim va kon-texnik sharoitlardagi konlarda ishonchli ishlashi,avtomobil va konveyer transportiga nisbatan 1t. km yuk tashishga sarflanadigan xarajatlarni 4 - 6 barobar kam bo‘lishi va h.k.Biroq, boshqa transport vositalariga nisbatan temiryo‘l transporti katta burilish radiusi (100 – 200 m), qazish fronti uzun bo‘lishi (kamida 600 m) va temiryo‘l ko‘tarilish balandligi-ni 40 - 60% dan oshmasligini talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, karyer o‘lchamlarini (uzunligi va kengligi) katta bo‘lishi va kon-kapital ishlar hajmining ko‘p bo’lishiga olib keladi.
Avtomobil transporti,asosan,yuk aylanmasi kichikroq bo‘lgan (15-20 mln.tonna/yil) karyerlarda qo‘llaniladi. Tashish masofasi esa 4 -5 km dan oshmasligi kerak.
Yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo‘lgan (75 - 180 tonna va undan ham ortiq) avtoag‘dargichlardan foydalanish tufayli yuk aylanmasi 50 - 60 mln.tonna/yil bo‘lgan karyerlarda ham avtotransportdan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Avtotransport temiryo‘1 transportiga nisbatan qator afzalliklarga ega: avtomobil yo‘li trassasining ko‘tarilish balandligi temiryo‘lga nisbatan ancha katta (80 — 100%o) va trassa konstruksiyasi sodda; avtotransport har qanday o‘zgarishlarga tez moslasha oladi va manyovrchan bo‘ladi; kon-kapital ishlarini olib borish intensivligini ta’minlaydi.
Tashish masofasining o‘sishi natijasida avtotransport samaradorligi keskin kamayishi, avtotransport qo‘llanishining iqlimiy sharoitga bog‘liqligi, yuk ko‘tarish qobiliyati katta bo‘lgan avtoag‘dargichlar narxining balandligi va ularni eksplutatsiya qilishda joriy xarajatlarning yuqori bo‘lishi avtotransportning asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
Karerda yumshoq va yaxshi maydalangan (bo‘laklarning maksimal o‘lchami 400 mm gacha bo‘lgan) kon massasini tashishda tasmali konveyrlardan keng foydalaniladi. Chunki konveyr transportining boshqa transport vositalariga nisbatan yuk tashish qiyaligi katta (18-25° gacha) bo‘lishi, shuningdek, tashish jarayonlari uzluksizligi, ularni to‘la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi konveyr transporti samaradorligi yuqori hamda qo‘llanish doirasi keng bo‘lishini ta’minlaydi.
Konveyr transporti yuk aylanmasi 2 mln.tonna/yil va tashish masofasi 4 - 6 km dan 10-15 km gacha bo‘lgan karyerlarda qo’llanilganda yuqori samaradorlikka erishiladi. Hozirgi vaqtda qattiq (qoyasimon) kon jinslarini ham (bo‘laklar o‘lchami 1000 mm gacha bo‘lgan) tashishga mo‘ljallangan maxsus konveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu esa konveyer transporti samaradorligi yanada yuqori bo‘lishi va qo‘llash doirasining kengayishiga imkon yaratadi

Download 66,81 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 66,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Karer transportining asosiy ko‘rinishlari va

Download 66,81 Kb.