I.2.Qalmoqir konining kon geologik tavsifi




Download 66,81 Kb.
bet2/10
Sana20.07.2024
Hajmi66,81 Kb.
#268040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I kon haqida umumiy maʼlumot-fayllar.org

I.2.Qalmoqir konining kon geologik tavsifi.
Qalmaqir konining geologik strukturasi choʼkindi, magmatik va metomorfik kon jinslaridan tashkil topgan.
Sargʼish qumtoshlar va kulrang oxaktoshlar choʼkindi jinslar tarkibiy qismi xisoblanadi. Magmatik jinslar tarkibini kvarts-porfir, granodiorit-porfir, sionit-porfir va diorit kabi kon jinslari tashkil qiladi. Metomorfik kon jinslari esa, asosan, ikkilamchi kvartsitlar va marmarlashgan magmatik jinslardan tashkil topgan.
Kondagi rudalar granodiorit porfirlar shtokining egzokontakt zonasida yertomir koʼrinishida joylashgan boʼlib, u sionitlar guruhi jinslari bilan alohida kichik (nuqtasimon) boʼlaklarga ajratilgan. Ruda va togʼ jinslari massivi bir-biriga yaqin (zich) darzlar toʼri bilan katta va kichik bloklarga boʼlingan boʼlib, yoriqlar erigan minerallar bilan toʼlgan.
Kon jinslarining qattiqlik koeffitsienti professor M.M. Protoyakonov shkalasi boʼyicha 6-10 dan 14 gacha oʼzgaradi. Sulfit rudalarining zichligi 2,6÷2,8 t/m3, togʼ jinslarining zichligi esa 2,4÷2,6 t/m3. Ruda va togʼ jinslarining koʼpchish koeffitsienti 1,5 ga teng.
Qalmoqir karʼeri kon jinslari portlovchanlik koʼrsatkichi boʼyicha, darzdorlik darajasini hisobga olgan holda uch kategoriyaga boʼlinadi:
I – kategoriya – oson portlaydigan jinslar (kuchli darzdor sienitlar, ikkilamchi jarayonlar natijasida oʼzgargan granodiorit-porfirlar) M.M.Protodyakonov shkalasi boʼyicha bu jinslarning qattiqlik koeffitsienti 6-8 ni tashkil qiladi.
II – kategoriya oʼrtacha portlovchan jinslar (mayda va oʼrtacha darzdor sulfid rudalar, ikkilamchi granodiorit – porfirlar, oʼzgargan sienitlar kvartslangan sienit-dioritlar, sienitlar va sienit-dioritlar hamda rudalangan sulfidlardan tashkil topgan ikkilamchi kvartsitlar). Bularning qattiqlik koeffitsienti 8-12 ga teng.
III – kategoriya – qiyin portlaydigan jinslar (zichligi yuqori, siyrak darzlikka ega boʼlgan yirik blokli ikkilamchi kvartsitlar), qattiqlik koeffitsienti 10-14.
Qalmoqir koni Nakpay-soy va Olmaliqsoy daryolarining suv ayirish joyiga joylashgan. Yer osti suvlarining statistik satxi 710-660 m balandlik belgisiga toʼgʼri keladi. Grunt suvlarining satxi fasllar boʼyicha oʼzgaruvchan boʼlib, yozda pasayadi, bahor va kuzda koʼtariladi. Oʼzgarish ampletudasi 4-6 m ni tashkil qiladi. Yer osti suvlari bosimsiz va kichik oqimga ega boʼlib, Nakpay-soy hamda Olmaliqsoy daryolari yuqori qismiga joylashgan darzdor ruda zonalari orqali sizilib ularga quyiladi.
Karerning +700 m balandlik belgisidan pastga joylashgan jinslar butunlay suvdor boʼlib, undan yuqoriga joylashgan jinslar suvdorlik darajasi kichik. Chunki ularning suvdorligi, asosan, atmosfera yogʼinlari natijasida sodir boʼladi. Barcha yer osti suvlari jinslardagi yoriqlar boʼylab sizilib, karʼerga oqib tushadi.
Kaer jinslarining umumiy suvdorlik darajasi 65-68% ni tashkil qiladi.
Qalmoqir koni uchta karьer bilan qazib olinadi: Konni ochish, Sharqiy va Markaziy karьerlar, amalda esa har uchchala karьer bitta karьer hisoblanadi. Ochish va foydali qazilmani qazib olish ishlari hozirgi vaqtda 27 ta pogʼonada olib boriladi. Ulardan 18 tasining balandligi loyiha boʼyicha – 15 m, 9 tasiniki esa – 22,5 m. Pogʼonalarning qiyalik burchagi 70-800.
Portlatilishi lozim boʼlgan kon jinslari portlovchanligi boʼyicha, yuqorida qayd qilingan uch kategoriyaga boʼlinadi va har bir kategoriya boʼyicha yil davomida portlatiladigan jinslar xajmi quyidagicha:
I – kategoriya – 6 mln.m3
II – kategoriya – 5 mln.m3
III – kategoriya – 5 mln.m3
Transheyalar sharoitida – 1 mln.m3.
Karьerda transportli qazish tizimi qoʼllanadi va qoplama jinslar tashqi otvalga tashiladi. Kon massasini tashish asosan temir yoʼl transportida, qisman esa avtotransport yordamida amalga oshiriladi. Bunda katta ilashish kuchiga ega boʼlgan elektrovozlar, yuk koʼtarish qobiliyati 105 tonnali dumpkarlar, 75 va 110 tonnali BelАZ rusumli avtoagʼdargichlardan foydalaniladi. Qazib olingan kon massasi dumpkar va avtooagʼdargichlarga 20 dan ortiq EKG-8I, EKG-5U, EKG-12,5, EKG-15 rusumli, choʼmich xajmi 4 dan 15 m3 gacha boʼlgan ekskavatorlar bilan yuklanadi.
Skvajinalar SBSh-250 MN-32 rusumli burgʼilash stanoklari bilan burgʼulanadi.
Portlatish yordamida kon massivini maydalash usuli sifatida asosan, vertikal skvajina zaryadlari usuli qabul qilingan. Skvajina zaryadlarini portlatish detonatsiya piligi va elektrik usullarda amalga oshiriladi.
Portlatish ishlari – skvajinalarni portlovchi moddalar bilan zaryadlash va ularni tiqinlash ishlari zaryadlash mashinalari yordamida bajariladi.
Karerda qoʼllanayotgan ekskavatorlar choʼmichining oʼlchamlariga nisbatan portlatilgan kon massasidagi kondittsion bloklarning maksimal oʼlchami 1500 mm dan oshmasligi lozim (MOF ga oʼrnatilgan tegirmonning qabul qilish panjarasi boʼyicha). Portlatilgan kon massasidagi nokondittsion (nogobarit) boʼlaklarning miqdori 1,5-2,0 % ni tashkil qiladi. Nogobaritlarni ikkilamchi maydalash, asosan, ustquyma portlovchi modda zaryadlari yordamida bajariladi.
Qolmaqir karьeri uzluksiz yillik rejimda ishlaydi. Sutkalik ish rejimi ham uzluksiz – 12 soatlik ish smenada kon ishlari bajariladi. Portlatish uchastkasi 5 ish kunlik xafta boʼyicha uzlukli rejimda faoliyat yuritadi. Portlatish ishlari xaftada bir marta (payshanba kuni soat 1400 – 1600 da) bir necha gorizontlarda bajariladi.



Download 66,81 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 66,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.2.Qalmoqir konining kon geologik tavsifi

Download 66,81 Kb.