Karer transportining o‘ziga xos xususiyatlari




Download 66,81 Kb.
bet7/10
Sana20.07.2024
Hajmi66,81 Kb.
#268040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I kon haqida umumiy maʼlumot-fayllar.org

Karer transportining o‘ziga xos xususiyatlari.
Karer yuk aylanmasi va yuk potoki.
Karer transporti kon massasini (qoplama jins va foydali qazilmalar) kavjoydan to‘-kish punktlariga tashishga mo‘ljallangan bo‘lib,texnologik jarayonlarni o‘zaro bog‘-lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Konlarni qazib olish samaradorligi karyer transportining aniq ishlashiga bog‘liq.
Karer transporti jarayonlari o‘ta mehnat talab bo‘lib, unga sarflanadigan xarajatlar mahsulot tannarxining 45-65% ni ayrim hollarda esa, 60 - 65% ni tashkil qiladi.
Kon ishlarini olib borishning quyidagi maxsus sharoitlari karyer transportining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi:
- qisqa tashish masofasida katta hajmdagi yuklarni transport qilishning markazlashgan (bir tomonlama) yo‘nalishiga ega bo‘lishi;
- transport vositalarini yuklash punkti (kavjoyni) va yukni to‘kish punktlarini doimiy o‘zgarib turishi tufayli transport kommunikatsiyalarini davriy surilib turishi;
- yukni tashish yo‘nalishida transport vositalarining ma’lum balandlikka ko'tarilishi zarurligi;
- tashiladigan kon massasining qattiqligi, zichligi va undagi jins bo’laklarining turli o‘lchamlarga ega bo‘lishi transport uskunalarining pishiq va yuritkichlari quvvati yuqori bo‘lishini talab qiladi.
Vaqt birligi ichida (soat, smena va h.k.) tashilishi lozim bo‘lgan foydali qazilma va qoplama jinslar hajmi (tonna yoki m3) karer yuk aylanmasi deyiladi. Kon ishlari miqyosi bo‘yicha karer yuk aylanmasi miqdori aniqlanadi. Yuk aylanmasining asosiy qismini qoplama jins va foydali qazilmani tashish tashkil qiladi. Xo‘jalik va texnik yuklami tashish minimal miqdorga ega bo‘ladi.
Vaqt bo‘yicha turg‘un tashish yo‘nalishi tavsifiga ega bo‘lgan yuk aylanmasi (yoki uning bir qismi) yuk potoki deyiladi.
Yuk potoklarini shakllantirishda yuklarning sifati (qoplama jins, foydali qazilma va boshqa) va to‘kish punktlari bo‘yicha taqsimlashga harakat qilinadi. Kon ishlarining rivojlanishi natijasida karer yuk aylanmasi va uning alohida yo‘nalishlari o‘zgarib turadi.Harakatlanish prinsipiga ko'ra transport vositalari skilli va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Sikl davomiyligi yuklanish, yuk bilan harakatlanish (to‘kish punkt-larigacha), yukni to‘kish, yuklanish punktiga qaytib kelish va yuqoridagi operatsiyalar o‘rtasidagi qisqacha uzilishlar davomiyligi yig'indisidan tashkil topadi. Siklli tran-sportda (temiryo‘1,avtomobil transporti) yuklanish, yuk bilan harakatlanish, yukni to‘kish va yuksiz harakatlanish operatsiyalari birin-ketin sodir bo‘ladi. Uzluksiz transportda (konveyer, gidravlik transport) esa ushbu operatsiyalar bir vaqtda parallel bajariladi.

Download 66,81 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 66,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Karer transportining o‘ziga xos xususiyatlari

Download 66,81 Kb.