|
I ma’ruza mavzulari
|
bet | 14/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университети2. Drayverlarning turlari.
Windowsga mo‘ljallab yozilgan drayverlar odatda uch tipga bo‘linadi: standart, virtual va yuklanuvchi drayverlar.
Standart drayverlar kompyuterning standart qurilmalari uchun xizmat qiladi va ular odatda Windows OS tarkibida “oldindan” mavjud bo‘ladi. Buning ma’nosi shuki, hozirgi vaqtda ko‘pgina OS lar tarkibida standart qurilmalarning drayverlari mujassamlashgan bo‘lib, ular OS bilan birga yuklanadi. Masalan, klaviatura, monitor, modem, sichqoncha va boshqa qurilmalarning turli modellariga tegishli drayverlar OS tarkibidagi standart drayverlar sanaladi.
Virtual drayverlar asosan 32-razryadli rejimda ishlovchi OS lar paydo bo‘lishi munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, ular xotiraning FLAT-modeli asosida ishlaydi. Ba’zi hollarda, ya’ni Windowsning kengaytirilgan rejimi bilan ishlaganda xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish kanali va tizim uzilishlari bilan ishlovchi nostandart kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday qurilmalarni kompyuterga dasturiy jihatdan o‘rnatishda esa asosan virtual drayverlardan foydalaniladi.
Windows uchun multimedia sistemasining paydo bo‘lishi munosabati bilan “yuklanuvchi drayver” deb ataluvchi yangi tipdagi drayverlar yaratildi va iste’molga chiqarildi. Odatda, kengaytirilgan rejimda ishlovchi Windowsda “yuklanuvchi drayverlar” qurilmaga bevosita murojaatni amalga oshirmaydi, balki u faqatgina virtual drayverlarni chaqirishga xizmat ko‘rsatadi, xolos. Masalan, Sound Blaster nomli tovush adapteri nafaqat yuklanuvchi drayver, balki virtual drayver bilan ham birga o‘rnatiladi.
Bajaradigan funksiyasiga qarab, drayverlarni bir nechta nomlar bilan atash mumkin, masalan, minidrayverlar, port-drayverlar, sinfli drayverlar va hk.
Minidrayver (Minidriver) oddiy drayverlarga nisbatan kamroq faoliyatga ega bo‘lib, u qurilmaning apparat xususiyatlarini akslantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Minidrayverlar ishga tushirilganda, ular xuddi DLL-dinamik yuklanuvchi kutubxona singari o‘z faoliyatini amalga oshiradilar. Minidrayverlarga eng aniq misollardan bittasi – bu SCSI port-drayverdir. U ba’zida “SCSI port-drayver uchun minidrayver” deb ham yuritiladi.
Sinfli drayver (Class Driver) to‘liq ravishda qurilmalar sinfini qo‘llab-quvvatlovchi yuqori darajali drayverlardir. Masalan, klaviatura yoki sichqon qurilmalarining drayverlari.
Port-drayver (Port Driver) standart tizimli so‘rovlarga javob beradigan eng quyi darajali drayver sanaladi. Port-drayverlar sinfi drayverlarni apparatura xususiyatlaridan izolyatsiyalaydi va ular ustida bajariladigan amallarni sinxronlashtiradi.
Aslini olganda, hech bo‘lmaganda bitta sinfli drayver bilan belgilangan protokol asosida aloqada bo‘lgan va kontrollyor yoki shinaga ruxsat amallarini sinxronlashtiruvchi har qanday “intellektual boshqaruvchi” yoki shinali adapter vazifasini o‘tovchi qurilma drayverlarini port-drayver deyish mumkin.
Port-drayverlarga misol tariqasida SCSI port-drayver, video port-drayver, parallel port-drayver va boshqalarning nomini keltirish mumkin.
|
| |