• Mavzu №3. TEXNIK NAZORAT VA TASHXIS QO‘YUVCHI DASTURIY TA’MINOTLAR Reja
  • 1. Texnik nazorat dasturlari.
  • I ma’ruza mavzulari




    Download 182,05 Kb.
    bet10/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    Savol va topshiriqlar

    1.

    Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish deganda nima tushuniladi?

    2.

    Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatishdan maqsad nma?

    3.

    Texnik xizmat ko‘rsatish qanday yo‘nalishlarda tashkil etiladi?

    4.

    Texnik xizmat ko‘rsatish qanaqa amallarni o‘z ichiga oladi?

    5.

    Kompyuterning texnik holati turlari haqida ma’lumot bering.

    6.

    Kompyuter texnik holatining sifat jihatdan yomonlashuvini anglatuvchi asosiy tushunchalar?

    7.



    Texnik xizmat ko‘rsatish borasida ko‘riladigan barcha chora-tadbirlar qanday guruhlarga ajratiladi?


    Mavzu №3.

    TEXNIK NAZORAT VA TASHXIS QO‘YUVCHI DASTURIY TA’MINOTLAR


    Reja:
    1. Texnik nazorat dasturlari.
    2. Tashxis qo‘yuvchi dasturlar.


    Tayanch tushunchalar: texnik nazorat dasturlari, tashxis, avtomatik nazo­rat, xatoliklarni topish sistemasi, POST, OS tashxis dasturlari.


    1. Texnik nazorat dasturlari.
    Odatda kompyuter ishlashida yuzaga keladigan nosozliklar manbai uch xil bo‘lishi mumkin:
    1. Kompyuter apparat qismidagi nosozliklar.
    2. Kompyuter dasturiy-apparat qismidagi nosozliklar.
    3. Kompyuter dasturiy ta’minotidagi nosozliklar.
    Kompyuter nosozligini aniqlashda muhandislar uchun eng muhim bosqich – bu uning yuqorida keltirilgan manbasini aniqlashdir va shuning o‘zi ishni 80-90% ga yengillashtirishi mum­kin. Nosozlik manbai aniq bo‘lgandagina nazorat va tashxis qo‘yuvchi dasturlarni ishlatish maqsad­ga muvofiq bo‘ladi.
    Nazorat deganda kompyuterning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ishlayotganligini tekshirib borish jarayoni tushuniladi.
    Nazorat qilish mobaynida to‘plangan ma’lumotlar asosida aniq bir xulosa chiqarish jarayo­niga tashxis deb ataladi.
    Umuman olganda, tashxis jarayonini elementar tekshiruv deb ataluvchi alohida-alohida qismlarga ajratish mumkin.
    Tashxis va nazorat jarayonlarini ketma-ketlikda ifolaydigan bo‘lsak, odatda tashxis nazo­ratdan keyin boshlanuvchi jarayon hisoblanadi, chunki tashxis nazorat sxemalari tomonidan hosil qilingan xatolik signallari asosida boshlanadi va quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    1) xatolik turini (uzilishdan yoki mutlaqo ishlamay qolishdan hosil bo‘lgan xatolik) aniq­laydi;
    2) xatolik uzilishdan hosil bo‘lgan bo‘lsa, dasturni qayta ishga tushirib ko‘radi va tahlilni da­vom ettiradi;
    3) biror qurilmaning buzilishi (ishlamay qolishi) natijasida ro‘y bergan xatolik bo‘lsa, uni avtomatik ravishda sistemadan uzib qo‘yib, tahlilni davom ettiradi va barataraf qilish usullari haqida ma’lumot beradi;
    4) har ikkala holatdan kelib chiqqan xatoliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga fayl ko‘rinishida saqlaydi.
    Nazorat mexanizmi odatda mashina ichiga joylashtirilgan bo‘ladi va u avtomatik nazorat deb ataladi.
    Avtomatik nazorat va tashxis jarayoni odatda yagona sistemani tashkil qiladi va bir so‘z bilan “xatoliklarni topish sistemasi” deb yuritiladi.



    Download 182,05 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




    Download 182,05 Kb.