• POST-BIOS dasturi
  • Tashxis qo‘yuvchi dasturlar




    Download 182,05 Kb.
    bet11/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    2. Tashxis qo‘yuvchi dasturlar.
    Bugungi kunda kompyuterlar uchun mo‘ljallangan bir qator tashxis dasturlar mavjud (ular­dan ba’zilari kompyuterlar bilan birga qo‘yiladi) va bu dasturlar kompyuterda yuzaga keladigan xatoliklar va ularning sababini aniqlab foydalanuvchiga oshkor etish funksiyasini bajaradi.
    Bajaradigan funksiyasiga qarab, tashxis dasturlarini quyidagi 4 ta guruhga ajratish mumkin.
    1. POST-BIOS dasturi.
    2. Operatsion sistemaning tashxis dasturlari.
    3. Ishlab chiqaruvchi firmalarning tashxis dasturlari.
    4. Umummaqsadli tashxis dasturlari.


    POST-BIOS dasturi
    POST (Power-On Self Test) dasturining vazifasi kompyuter har bir ishga tushirilganda o‘zini-o‘zi tekshirish tamoyiliga asoslangan. POST dasturi ROM BIOS da saqlanuvchi qism­dasturlar majmuidan iborat bo‘lib, kompyuter ishga tushirilishi bilanoq kompyuterning tegishli komponentlarini tekshirib chiqadi va xatolik mavjud bo‘lsa, uning sababini aniqlab, OS yuklanmas­dan avval bu haqda ma’lumot beradi.
    POST dasturi yordamida kompyuterning asosan quyidagi komponentlari tekshiriladi:
    • mikroprotsessor;


    • ROM mikrosxemalari;


    • tizimli plataning yordamchi elementlari;


    • tezkor xotira qurilmasi;


    • asosiy periferiya qurilmalari.


    Ushbu testlar shu qadar tez va juda sinchkovlik bilan o‘tkaziladiki, bunda topilgan har bir xatolik haqidagi ogohlantirish xabari darhol ekranda namoyon bo‘ladi.


    Tuzatib bo‘lmaydigan holatda topilgan har bir xatoliklar ba’zida fatal xatolik deb ham yuritiladi.
    POST protsedurasi topilgan xatoliklar to‘g‘risidagi xabarni 3 xil ko‘rinishda foydalanuv­chiga uzatishi mumkin:
    • tovushli signallar ko‘rinishida (agar kompyuter to‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, bitta qisqa tovush, aks holda butun qisqa tovushlar seriyasini eshitish mumkin);


    • monitor ekraniga chiqariladigan xabarlar ko‘rinishida (masalan, 1790-Disk 0 Error);


    • xatolikning o‘n oltilik kodlari ko‘rinishida (kompyuter komponentlarida yuzaga keladigan har bir xatolik uchun maxsus kodlar mavjud va POST dasturi yordamida aniqlanadigan bunday xatolik kodlari POST-kodlar deb ataladi).





    Download 182,05 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




    Download 182,05 Kb.